islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Oliy ma'had

Муаллиф:

Тошкент ислом институти талабалари Алишер Навоий номидаги давлат адабиёт музейига ташриф буюрди

Бугун 9 феврал Алишер Навоий таваллудининг 583 йиллиги муносабати билан Тошкент ислом институти талабалари А.Мирзамиддинов ҳамроҳлигида Биринчи ташаббус доирасида Алишер Навоий номидаги давлат адабиёт музейига ташриф буюрди...- ТИИ ўқитувчиси А.Мирзамиддинов

Hazrat Mir Alisher Navoiy (9 fevral 1441 yil – 3 yanvar 1501 yil)

Hazratning asl ismi Nizomiddin Mir Alisher bo‘lgan. U 9-fevral 1441-yil Hirotda(hozirgi Afg‘onistondagi shahar nomi) tug‘ilib, shu yerda umrining asosiy qismini o‘tkazgan. Navoiyning otasi G‘iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin bo‘lgan. She’r zavqi va iste’dodi erta uyg‘ongan. Bolalikdanoq yosh Alisher Farididdin Attorning „Mantiqut-tayr“ asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir iste’dodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy e’tirofini qozongan...- TII "Tillar" kafedrasi katta o‘qituvchisi Faxriddin Yernazarov

Alisher Navoiyning davlat boshqaruvi bo‘yicha qarashlari

Ulug‘ mutafakkir Mir Alisher Navoiy ijodining shunday bir qirrasi borki, bu – uning davlat arbobi, temuriylar saroyining dongdor vakili sifatida bildirgan ijtimoiy-falsafiy fikrlari bo‘lib, bu haqda ba’zi o‘rinlarda fikr yuritilgan...- TII jtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Badiyev Shukurjon

Тошкент ислом институтида Алишер Навоий қаламига мансуб асарлар тақдимоти бўлиб ўтди

Навоий “Хамса” асари ва кўплаб девонларни ёзган. Бундан ташқари қатор илмий асарлари ҳам бор. 9 февраль – Алишер Навоий таваллудининг 583 йиллиги муносабати  билан Тошкент ислом институти Ахборот-ресурс марказида талабалар учун мутафаккир қаламига мансуб асарлар тақдимоти бўлиб ўтди. Мазкур тақдимотда талабалар “Ҳайрат ул-Аброр” (Яхши кишиларнинг ҳайратланиши), “Фарҳод ва Ширин”, “Сабъаи сайёр” (Етти сайёра), “Лайли ва Мажнун”, “Садди Искандарий” (Искандар девори), “Маҳбуб ул-қулуб”, “Лисон ут-тайр” каби асрлар билан яқинда танишиб, ўзлари учун қизиқарли бўлган маълумотларни олдилар...- Ахборот-ресурс маркази мудири Абдулазиз Кадиров

Din va dunyo ilmlarini birlashtirgan zot – Alisher Navoiy

Alisher Navoiy (1441-1501) — buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi. To‘liq ismi Nizomiddin Mir Alisher. U chig‘atoy tilida (eski o‘zbek tilida) ham, fors tilida ham (fors tilidagi asarlarda) Navoiy taxallusi bilan she’rlar yozgan. U G‘arbda Chig‘atoy adabiyoti nomi bilan mashhur bo‘lgan o‘zbek adabiyotidagi eng yirik siymodir. Hamma turkiy xalqlar adabiyotida esa undan kattaroq shaxs yo‘q...- Toshkent islom instituti modul ta'lim tizimi talabasi, Uchqo‘rg‘on tuman “Muhammad Zarif” jome masjidi imom xatibi Shuhratillo Isroilov
1 146 147 148 149 150 1 547