Abu Amr Hafs ibn Sulaymon ibn al-Mug'iyra al-Kufiy al-Bazzoz hijriy 90-yil, milodiy 709-yilda tavallud topgan. Hafs ibn Sulaymon Kufa shahrida tavallud topgan va o‘sha yerda yashagan. Bu davrda Kufa shahri ilm-ma'rifat markazlaridan bo‘lib, turli ilmlarda ko'plab olimlar yetishib chiqqan. Jumladan Abu Hanifa r.a, Ja'far as-Sodiq kabi yirik kufalik olimlar bilan zamondosh edi...- Toshkent islom instituti talabasi Islom A’zam
Poykand Buxoro va Amudaryo orasida joylashgan. Bu shahar hozirda mavjud emas. “Aqolim” (Iqlimlar) kitobi sohibi Abu Ishoq Al Forisiy shunday deydi: Movarounnahrning barcha shaharlarida ekinzorlar va qishloqlar mavjud. Lekin Poykand bulardan xoli bo'lgan. Shunga qaramasdan Poykand o’zining karvonsaroylari bilan mashhur. Ularning soni mingga yaqin. Movarounnahrning boshqa barcha shaharlarida bu sondagi karvonsaroylar bolmagan...- Toshkent islom instituti talabasi Abdurrohman Mansur
Muntasir madrasasi Abbosiylar saltanati davrida 1233-yilda Bag‘dodda Abbosiylar xalifasi Al-Mustansir Billah tomonidan asos solingan qadimiy maktab bo‘lib, muhim ilmiy va madaniy markaz bo‘lgan. Bag‘dodning Rusafa tarafida joylashgan. “Muntasir madrasasi” Nizomiyya madrasasi yonidagi “Xalifalik saroyi” yonida, Dajla daryosi sohiliga qaragan 4836 kvadrat metr maydonda qurilgan. Madrasa oʻrtasida Mustansiriya madrasasi joylashgan katta favvora bor edi...- Toshkent islom instituti talabasi Dosmatov Kamoliddin
Iskandariya kutubxonasi yoki yangi Iskandariya kutubxonasi - Misrning Iskandariya shahrida O’rta er dengizi bo’yida joylashgan kutubxona va madaniy markaz. Kutubxona qadimgi davrlarda vayron qilingan Iskandariya kutubxonasining taxmin qilingan joyida qurilgan...- Toshkent islom instituti talabasi Muhammadsharif
Ibn Rushd Ispaniyaning Kordova shahrida yuridik va davlat xizmatida uzoq va hurmatga sazovor bo‘lgan oilada tug‘ilgan. Uning bobosi, nufuzli Abdul-Valid Muhammad (vaf. 1126) Almoraviylar sulolasi davrida Kordovaning bosh qozisi boʻlib, oʻzining umrini huquq metodologiyasi va turli yuridik maktablar taʼlimotiga bag’ishlagan. Ibn Rushdning otasi Abdulqosim Ahmad, garchi bobosidek hurmatga sazovor boʻlmasa-da, 1146-yilda Almoraviylar Almohodlar sulolasi tomonidan quvib chiqarilgunga qadar bir xil lavozimda ishlagan...- Toshkent islom instituti talabasi Boqijonov Muhammadamin