islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Iyul 9, 2025

Day

Najmiddin Kubro – Kubroviya tariqatining asoschisi

Shayx Najmiddin Kubro haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz? Hazrat Abdurahmon Jomiyning “Nafahotul uns” asarida yozilishicha: “Ahmad yoshligidan ilmga qiziqib, Islom asoslari shariat ilmlarini juda tez o‘zlashtirib, o‘zidagi qobiliyati asosida Xorazmning mana-man degan ulamolaridan o‘zib ketadi va ilmiy bahslarda barchani olqishiga sazovar bo‘ladi. Shu bois u “Tammatul Kubaro”, yani ulamolarning yetugi, ulug‘vori va ilm balosi degan laqabni oladi. Buning yoniga “Najmiddin”-“dinning yulduzi” degan martabali unvon qo‘shilib, Ahmad ibn Umar shundan keyin Najmiddin Kubro nomi bilan mashhur bo‘ladi” – deyilgan. XII-XIII asr tasavvufining eng yorqin va eng buyuk namoyandalaridan biri bo’lmish ulug‘ mutafakkir olim Najmiddin Kubro-buyuk zotlardan biri bo‘lgan. Shayx Najmiddin Kubro (1145-1221) – buyuk olim, shoir, tasavvuf ta’limotining asoschilaridan biri, valiylarning murabbiysi va o‘z ona Vatannining vatanparvari, mard, botir o‘g‘lonlaridan biri edi. Bu zot mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashgan. Nadmiddin Kubroning holatlari shunday ekanki, u kishi ba’zan birdan jo‘shib, o‘zga kayfiyatga kirib, vujudlari balqib ketar ekan, ba’zida esa o‘ychan, g’oyat kamgap bo’lib qolar ekanlar. Ba’zan xushchaqchaq va ochiq chehra bilan suhbatga berilar, g‘oyat nozik did va o‘tkir so‘zlar bilan muridlar qalbiga olovli cho‘g‘ tashlar, turli ishoralar, harakatlar va ruhiy karomatlar orqali atrofdagilarni hayratga solar ekan. Ahmad ibn Umar yoshligidan ilmga qiziqqan, qobiliyatli inson bo‘lgan. U shariat ilmlarini puxta egallab, yigitlik pallasida tengqurlari bilan bo‘lgan barcha bahslarda hamisha g‘olib chiqqani uchun uni “Tamattul-Kubro” deb atashgan. Bu buyuk zot arab va fors tillarida tasavvufga oid she’rlar va risolalar yozgan. Shayx Najmiddin Kubro odamlarni ezgulikka, ilmga, sahovat va mardlikka da’vat qilgan. Shayx Najmiddin Kubroning hayoti katta saboq, ulkan maktabdir. Hazrat Najmiddin Kubro o‘z ta’limotida inson omilini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu zot inson tafakkuri kuchiga yuksak baho berib shunday deydi:“Valiylik inson bolasiga azaldan nasibadir, chunki odam Allohning suygan mahluqi, Parvardigor odamga ong-aql bergan, botiniy nur bergan, uni barcha mavjudotdan afzal qilib yaratgan”. Taxminan 1145 yilda Najmiddin Kubro Xiva shahrida dunyoga keldi. Bu zotning asl ismi Ahmad ibn Umar ibn Muhammad al–Xevakiy al-Xorazmiydir. Otasi Umar, onasi Bibi Hojar (hozirda qabri Xiva yaqinidagi “Sayot” qishlog‘ida) bo‘lgan. “Najmiddin”, “Kubro”, “Abuljannob”, “Valiytarosh” so‘zlari bul zotga berilgan laqab, unvon va kuniyatdir. Shayx bag‘oyat zukko, salobatli, haybatli kishi bo‘lgan. Kechalari aksar bedor o‘tirib, ibodat qilib, surunkali ro‘za tutishni odat qilib, ilhomli damlarda xonaqoh hovlisini kezib xushnud sayr etar ekan. Bu zot 25 yildan ortiq umrini ilm olishga bag‘ishlaydi. U Xorazmga qaytgach, katta xonaqoh qurdirib Kubraviya ta’limotiga asos soladi. Uning qo‘li ostida yuzlab odamlar tarbiyalanib tahsil olishadi. Najmiddin Kubro odamlarni ezgulikka, ilmga, sahovat va mardlikka da’vat etgan. Najmiddin Kubro tarixda buyuk allomagina emas, balki o’z Vatanining ozodligi uchun mislsiz mardlik namunalarini ko’rsatgan milliy qahramon sifatida ham nom qoldirgandir. Najmiddin Kubro qalbida ruhiy ma’naviy kamolatga, g‘ayb asrori, karomat va kashfu hol ilmi hisoblanmish tasavvuf ta’limotiga ishtiyoq zo‘r edi. Shu sababdan bu zot shariat ilmlarini o‘rganish bilan birga tariqatdan ham xabardor bo‘lishga intilib, shayxlar, darveshlar suhbatida bo‘ladi, xonaqolarda xilvat o‘ltirib, riyozat bilan mashg‘ul bo’ladi. “Abuljannob” so‘zi esa Najmiddin Kubroning kuniyatidir. “Kuniyat”-arablarda hurmat yuzasidan beriladigan laqabdir. Abdurahmon Jomiy hazratlari yozadilarki:“Najmiddin Kubro Iskandariyada muhaddis ulamolardan hadis ilmini o‘rganib qaytayotganida, yo‘lda bir kecha hazrati Payg’ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vassalamni tushida ko‘radi va ul zotga murojaat qilib,“menga kuniyat bag‘ishlang”,...