Markaziy Osiyoda tasavvuf harakati islom ma’naviyatining rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Bu zamin tarix davomida ko‘plab ulug‘ mutasavviflarni yetishtirdi. Ularning orasida Shayx Najmiddin Kubro alohida o‘rin egallaydi. U yuksak darajadagi mutasavvif, islom falsafasi va ruhiy tarbiyaning yetuk nazariyotchisi, ko‘plab muridlar yetishtirgan buyuk murshid bo‘lgan. - Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.PARPIYEV