Qadimiy kent sanalgan Poykent Buxorodan 50 km janubi-g‘arbda, Jondor va Qorako‘l tumanlari tutashgan hududda, Zarafshon daryosining quyi oqimida Movarounnahr muzofotining janubiy qismida joylashgan. Buxoro azal-azaldan ko‘hna tamaddun beshigi, ilk sivilizatsiya o‘choqlaridan biri bo‘lib kelgan. Sayohatchilarning esdaliklarida «mo‘jizalar va ertaklar shahri» deya tilga olinadi. Bunday e’tiroflar unga boy tarixi, har qanday odamni ham hayratga sola oladigan betakror obidalari va osor-u atiqalari, qadimiy shahar qo‘rg‘onlari uchun berilgan bo‘lsa, ajab emas...- Toshkent islom instituti talabasi Abdurrohman Mansur
Имом Аъзам бир куни от устида султонлардек дабдаба билан кетиб борардилар. Ўзлари ҳам чиройли зийнатланиб олган эдилар. У кишининг зийнатланишлари фахр ва кибр учун эмасди. У зот уламоларга қарата “Саллаларингизни каттароқ қилинглар, токи кўрганлар сизларнинг олим эканлигингизни билишсин”- деб айтардилар. Бу билан у зот илм ва илм аҳлини улуғлардилар...- Тошкент ислом институти талабаси Файзуллаев Сулаймон
Hozirgi kunda dunyo hamjamiyati atrofda bo‘layotgan tahlikali vaziyatlardan sarosimada ekani hech bir oqil insonga sir emas. E’tibor beradigan bo‘lsak, internet va axborot vositalari o‘z rivojlanish cho‘qqisiga chiqqanidan beri dunyo bir hovli kabi bo‘lib qoldi va bu hovlida xabarlar yetkazish va uni qabul qilish ham juda yengil tusga kirdi. Mana shunday xabarlar yomg‘iri ostida har kuni turli xil urushlar boshlangani, bir necha yillardan beri davom etib kelayotgan urushlarning tafsilotlari, davlatlar o‘rtasida keskinlik vujudga kelayotgani haqidagi ma’lumotlar ham kam emas, balki o‘z soni borasida peshqadam bo‘lib turibdi...- Toshkent islom instituti talabasi Yaxshiboyev Muhammadsaid
Tinchlik oliy ne’mat, inson hayotining ajralmas qismi hisoblanadi. Bugungi kunda bizlarni xotirjamlik, beparvolik va loqaydlikka berilmaslikka undaydi. Tinchlik va osoyishtalik tepasida rahbarlarimiz bor, xavotir qilishimiz kerak emas, degan fikrlarga bormasdan, tinchlik- bu ulug‘ ne’mat ekani va uning qadriga yetish, unga shukrona aytish va hammani shunga chorlash lozim bo‘ladi...- Toshkent islom instituti talabasi Sadriddin Abdukarimov
Imom Ramazon Butiy rohimahulloh aytadilar: "Mahallamizda bir ichkilikka berilgan odam bor edi, haqiqatda koʻp ichardi, biror marta masjidga kelganini, namoz oʻqiganini birov koʻrmagan. Bir kuni men uni masjidda birinchi safda koʻrib qoldim...- Toshkent islom instituti talabasi Ne'matxanov Alixon