islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Тавсия этамиз

Бўлимлар

Zamonni ayblamaylik

Zamonni ayblash, so‘kish, haqorat qilish qabih ish bo‘lib, Islom shariati bu ishni qilishdan qaytaradi. Zamonni so‘kish dastlab dahriylardan so‘ngra, e’tiqodda bularga muvofiq bo‘lgan arab mushriklari, Allohni inkor etuvchi kimsalardan sodir bo‘lardi. Dahriylarning e’tiqodicha har o‘ttiz olti ming yilda barcha narsa o‘z asl holatiga qaytadi ya’ni, bizni faqat zamon o‘ldiradi va zamon tiriltiradi, faqat zamongina butun mavjudotni boshqaradi der edilar...- Toshkent islom instituti o'qituvchisi Axadov Inomjon

Hazrat Mir Alisher Navoiy (9 fevral 1441 yil – 3 yanvar 1501 yil)

Hazratning asl ismi Nizomiddin Mir Alisher bo‘lgan. U 9-fevral 1441-yil Hirotda(hozirgi Afg‘onistondagi shahar nomi) tug‘ilib, shu yerda umrining asosiy qismini o‘tkazgan. Navoiyning otasi G‘iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin bo‘lgan. She’r zavqi va iste’dodi erta uyg‘ongan. Bolalikdanoq yosh Alisher Farididdin Attorning „Mantiqut-tayr“ asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir iste’dodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy e’tirofini qozongan...- TII "Tillar" kafedrasi katta o‘qituvchisi Faxriddin Yernazarov

Alisher Navoiyning davlat boshqaruvi bo‘yicha qarashlari

Ulug‘ mutafakkir Mir Alisher Navoiy ijodining shunday bir qirrasi borki, bu – uning davlat arbobi, temuriylar saroyining dongdor vakili sifatida bildirgan ijtimoiy-falsafiy fikrlari bo‘lib, bu haqda ba’zi o‘rinlarda fikr yuritilgan...- TII jtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Badiyev Shukurjon

Din va dunyo ilmlarini birlashtirgan zot – Alisher Navoiy

Alisher Navoiy (1441-1501) — buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi. To‘liq ismi Nizomiddin Mir Alisher. U chig‘atoy tilida (eski o‘zbek tilida) ham, fors tilida ham (fors tilidagi asarlarda) Navoiy taxallusi bilan she’rlar yozgan. U G‘arbda Chig‘atoy adabiyoti nomi bilan mashhur bo‘lgan o‘zbek adabiyotidagi eng yirik siymodir. Hamma turkiy xalqlar adabiyotida esa undan kattaroq shaxs yo‘q...- Toshkent islom instituti modul ta'lim tizimi talabasi, Uchqo‘rg‘on tuman “Muhammad Zarif” jome masjidi imom xatibi Shuhratillo Isroilov

Алишер Навоий – таълим-тарбия жонкуяри

Буюк ўзбек шоири ва мутафаккири, атоқли давлат ва жамоат арбоби, таълим-тарбия ва илм-фан, маънавият ва маданият, она тилимиз ва адабиётимиз ҳомийси бўлган Алишер Навоий ҳазратлари – халқимиз маънавий дунёсининг шаклланишига ғоят кучли ва самарали таъсир кўрсатган улуғ аждодларимиздан ҳисобланади. Ул зотнинг бебаҳо ижодий-илмий мероси нафақат халқимиз, балки жаҳон адабиёти тарихида, миллий маданиятимиз ва адабий-эстетик тафаккуримиз ривожида алоҳида ўрин тутади...- ТИИ модуъ таълим тизими талабаси, Янгийўл туман «Имом Султон» жоме масжиди имом хатиби Одилжон Нарзуллаев
1 12 13 14 15 16 60