Мазкур мақолада ислом фиқҳи нуқтаи назаридан бозордаги нархларни сунъий равишда белгиллаш, товарларни ушлаб туриш орқали нархни кўтариш (иҳтикор) амалиёти шариатда қандай баҳоланишига оид масалалар таҳлил қилинади. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг ҳадислари ва саҳобалар ривоятлари асосида нарх белгилаш ва эҳтикорнинг шариатдаги ҳукми, ижтимоий оқибатлари ҳамда замонавий хатарлари очиб берилган. Ислом иқтисодий тизими адолат, ўзаро розилик ва зулмсиз муомала асосига қурилган. Бозор иқтисодиётида муҳим тушунчалардан бири – нарх белгилаш ҳуқуқидир. Шариатда бу масала шунчаки иқтисодий восита эмас, балки ахлоқий ва илоҳий қоида билан чамбарчас боғланган. Нархни сунъий равишда чегаралаш ёки тижорат молини ушлаб туриб нархни кўтариш – шариатда қораланган ишлардан ҳисобланади. Бу мақолада мазкур ҳолатларга Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васалламнинг муносабати, уламолар фатволари ва ижтимоий оқибатлари таҳлил этилади. «Нархни чегаралаш» деганда масъул шахс ёки тараф томонидан нархни чегаралаб қўйиш тушунилади. «Иҳтикор» деганда эса, турли йўллар билан бир хил савдо молини эгаллаб олиб нархни оширишга уриниш айтилади. Анас р.а.дан ривоят қилинади: «Одамлар: «Эй Аллоҳнинг Расули, нарх кўтарилиб кетди бизга нархни белгилаб беринг» дейишди. Шунда Расулуллоҳ с.а.в.: «Албатта, Аллоҳнинг ўзи нархни белгиловчи, тутувчи, кенг қилувчи ва ризқ берувчидир. Мен эса сиздан бирортангиз ҳам мендан на қон ва на молда зулм, даъво қилмаганингиз ҳолимда Аллоҳга рўбаро бўлишни хоҳлайман» дедилар». Сунан эгалари ривоят қилдилар. Қимматчилик кўпчиликни ташвишга солиб қўяди. Чунки бу ҳолат барчага зарар келтираётган бўлиб кўринади. Ҳамма бу ҳолатдан чиқиш йўлини истайди. Энг осон, энг содда ва ҳаммага «ялт» этиб кўринадиган чора бозорда нархни чегаралаб қўйиш бўлиб, кўринади. Нима учун Пайғамбар с.а.в. бу ишни қилмадилар? Ҳатто баъзи саҳобалар бу таклифни қилганларида ҳам маъқул кўрмадилар. Чунки Пайғамбар с.а.в. ҳеч бир нарсага юзаки қарамасдилар. Нархни чегаралаш вақтинча фойда бергани билан алдамчиликдир, кейин эса зарар бўлиши турган гап. Сўнгра тожирлар ўз фаолиятларини тўхтатадилар. Бу ҳол эса эл юртга бошқа томондан ризқ келишини маън қилади. Шунинг учун ҳам қанчадан-қанча бой давлатлар хонавайрон бўлади. Фақирилк ва мискинликка рўбарў бўлади. Сотувчи ўз молини ўз ихтиёри ила ўзи хоҳлаган нархда сотса, яхши бўлади. Олувчи ўз ихтиёри ила ўзи рози бўлиб, хоҳлаган нархга олса, яхши бўлади. Муҳими, ўзаро розилик бўлиши керак. Яхши ва сифатли нарсанинг нархи баланд бўлади. Ёмон ва сифатсиз нарсанинг нархи эса паст бўлади. Ҳаммаси бозор кўтаришига қараб бўлади. Шунинг учун ҳам ҳар бир киши бозор яхши кўтарадиган молни етиштиришга, олиб келишга қизиқади. Ҳамма шунга урингандан кейин юртда доимий ва ҳақиқий серобчилик, арзончилик ҳукм сурадиган бўлади. Муаммар р.а.дан ривоят қилинади: «Набий с.а.в.: «Ким эҳтикор қилса, ўша хатокордир» дедилар». Муслим, Абу Довуд, Термизий ривоят қилдилар. «Иҳтикор» луғатда ушлаб туриш маъносини англатади. Шариатда эса сотиб олинган нарсани нархини ошириш учун қасддан сотмай ушлаб туришга «иҳтикор» деб айтилади. Уламоларимиз халқ оммасининг эҳтиёжи кўпроқ тушадиган нарсалар, хусусан, озиқ-овқатнинг эҳтикорига алоҳида, бошқа нарсанинг эҳтикорига алоҳида қараганлар. Биринчиси мутлоқ мумкин эмас десалар, иккинчисини қимматчилик вақтида мумкин эмас деганлар. Иҳтикор ҳақида жуда кўп ҳадислар ривоят қилинган. Абдуллоҳ ибни Умар р.а.дан ривоят қилинган ҳадиси шарифда Пайғамбаримиз с.а.в.: «Ким таомни 40 кеча эҳтикор қилса, батаҳқиқ у Аллоҳдан воз кечган ва Аллоҳ ундан воз кечган бўлади. Қайси юртнинг аҳлидан бир киши оч ётган бўлса, батаҳқиқ, улар Аллоҳнинг зиммасидан тушган бўлурлар» деганлар. Баъзилар шу ҳадисга суяниб эҳтикор фақат таомда бўлади дейдилар. Лекин жумҳур...
“Bizning qanday buyuk va shonli o‘tmishimiz, qanday ulug‘ ajdodlarimiz borligini yahshi bilamiz va bu bilan hamisha fahrlanamiz. Biz hali yurtimizni, uning o‘ziga xos tarixi, madaniyati, ulug‘ olimu ulamolarini, bebaho ma’naviy merosimizni to‘liq o‘rganganimiz yoq”. (Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti) Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon (1908.10.01-Toshkent shahri-1982.22.12) – muftiy, taniqli diniy arbob va ma’rifatparvar olim bo‘lgan. Shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon (Boboxonov), o‘z davrining yetakchi din arbobi, mintaqa musulmonlarining muftisi edi. O‘n ikki yoshida Qur’on xofizi bo‘lgan. 1943 yili tashkil etilgan O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy nazoratiga otalari Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon rais, Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon esa ma’sul kotib va O‘zbekiston qozisi etib saylanishdi. U kishidagi katta tashkilotchilik, din qayg’usida jon kuydirish, musulmonlar ishi uchun fidoyilik hislatlarini ayniqsa jo‘sh urdirib yubordi. Shundan keyin Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon butun umrini Alloh taoloning dini hizmatiga bag‘ishladi, yurt musulmonlari manfaatini qattiq turib himoya qildi, xalqni ma’rifatli qilish ishining boshida turdi. Ziyovuddinxon qorining Islom dini sofligi, musulmonlar birdamligi, mamlakatimizda Islom dinini turli bid’at va xurofatlardan tozalash, dindorlar o‘rtasidagi ixtilofligi holatlarga barham berish borasidagi xizmatlarini hozirgacha yaxshi eslashadi. Uning hayoti va ijodi islom dinini targ‘ib qilish, diniy ta’limni rivojlantirish va xalqaro diniy aloqalarni mustahkamlashga bag‘ishlangan. Futuhiy taxallusi bilan sheʼrlar ham yozgan. Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon xalqlar oʻrtasida tinchlikni saqlash, yer yuzida doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlash ishiga katta hissa qoʻshgan yetakchi din arbobi edi. Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutini tashkil etdi va unga bevosita rahbarlik qildi. Bu zot arab va rus tillarini juda yahshi bilgan. 1908-yil 8-yanvarda Ziyovuddin ibn Eshon Boboxon Toshkent shahrida tugʻilgan. Dastlab otasi Eshon Boboxon ibn Abdumajidxon qoʻlida, keyin Toshkentdagi Baroqxon, Koʻkaldosh madrasalarida tahsil olgan (1923-1931). 1947-1948-yillarda Qohira shahridagi al-Azhar universitetining shayxlaridan -Abdulloh Fuqqoiy Hofiz Tiyjoniylardan dars olib tugatgan. Keyin Ziyovuddin ibn Eshon Boboxon Makka va Madina shaharlariga borib bilim olib qaytgan (1947). Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi tashkiliy qoʻmitasida bosh kotib (1942), boshqarma raisining oʻrinbosari (1943-1957), 1957-yilda Eshon Boboxon vafotidan keyin Markaziy Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasining raisi etib saylangan (1957-1982). Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutini tashkil etdi (1969) va unga bevosita rahbarlik qildi. Hazrat Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxonning saʼy-harakati bilan Buxoro shahrida Mir Arab madrasasi faoliyati qayta tiklandi (1945). Sobiq Sovet Ittifoqi va bir qancha musulmon mamlakatlarida oʻtkazilgan yirik xalqaro diniy anjumanlarning tashkilotchisi yoki faol ishtirokchisi sifatida turli xalqlar va dinlar oʻrtasida hamkorlik oʻrnatilishiga harakat qildi. Masjidlar boʻyicha Butunjahon oliy kengashi aʼzosi etib saylandi (Makka shahri, 1976). Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon diniy merosni keng targʻib va tashviq qilishdan tashqari ilmiy, adabiy faoliyat bilan ham shugʻullangan. Ibn Sinoning gigiyenaga oid kitobini oʻzbek va rus tillariga tarjima qilgan. Hazrat Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxonning “Diyorimizda islom va musulmonlar” asari (1979, rus tilida) da islom dinining mohiyati ochib berilgan, islom barcha zamon va xalqlar uchun salohiyatli din ekanligi, uning tamoyillari hamma yaxshi niyatli kishilarning orzu-umidlari bilan hamohang ekanligi koʻrsatilgan. Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon xalqlar oʻrtasida tinchlikni saqlash, yer yuzida doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlash ishiga katta hissa qoʻshganligi uchun Iordaniya, Suriya, Marokash va MAPning oliy ordenlari bilan taqdirlangan. 1998-yil tavalludining 90 yilligiga bagʻishlab Toshkent shahrida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi 2023-yil 27-iyunda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy darajali Imom Buxoriy ordeni bilan mukofotlangan. Otalari Eshon Boboxon hazratlarining vafotidan keyin, 1957 yili shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, muftiy vazifasiga yakdillik bilan saylandi. Shundan keyin uning yangi masjidlar...
Abu-l-Hasan Ali ibn Muhammad ibn Abdulkarim al-Pazdaviy (milodiy 1010–1089 yillar atrofida) Markaziy Osiyo musulmon ilm-fani tarixida yuksak o‘ringa ega bo‘lgan fiqhshunos, usuliy va hanafiy olimlaridan biridir. U “Fakhr al-Islām” — ya’ni “Islom faxri” laqabi bilan mashhur bo‘lgan. Tug‘ilgan joyi: Pazda qishlog‘i (Nasaf yaqinida) U umrining asosiy qismini ilm bilan Samarqandda o‘tkazgan. Asosiy qism. Pazdaviy Hanafiy fiqhi va usul ilmlarini chuqur o‘rgangan hamda o‘z asarlari bilan bu mazhabni mustahkamlashda muhim rol o‘ynagan. Ayniqsa, “Usul al-Pazdaviy” (to‘liq nomi *Kanz al-Usul fi Usul al-Fiqh*) nomli asari orqali u Hanafiy usul ilmining asosiy manbalaridan birini yaratdi. Bu asar keyinchalik ko‘plab olimlar tomonidan sharh qilingan, eng mashhurlaridan biri — “Kashf al-Asrār” Abu al-Barakāt al-Nasafiy (vafoti: hijriy 710 / milodiy 1310 y.) U mashhur hanafiy faqih va mutakallim (kalom ilmi ulamosi) bo‘lib, Movarounnahrda (asosan Samarqand va Nasaf hududlarida) ilmiy faoliyat yuritgan. “Kashf al-Asrār” — bu Abu-l-Hasan al-Pazdaviyning mashhur “Usul al-Pazdaviy” asariga yozilgan sharh hisoblanadi. Xulosa. U hanafiy usul ilmini chuqur tahlil qilib, murakkab fiqhiy masalalarga aniqlik kiritadi. Bu asar keyinchalik hanafiy madrasalarida asosiy o‘quv qo‘llanmasiga aylangan. Pazdaviy o‘z zamonasining ilg‘or ulamolari qatoridan bo‘lib, nafaqat fiqh va usulda, balki kalom, mantıq va tafsir sohalarida ham chuqur bilimga ega bo‘lgan. Uning ilmiy maktabi ko‘plab shogirdlarni yetishtirgan, ular esa keyinchalik Hanafiy mazhabining yanada rivojlanishiga xizmat qilgan. Bazdaviy ijodining afzalligi shundaki, u murakkab masalalarni ham aniq, lo‘nda va hujjatlar bilan asoslab bayon qiladi. Uning ilmiy merosi hanuzgacha madrasalarda, islomiy universitetlarda o‘rganiladi. Abu-l-Hasan al-Pazdaviy o‘zining asarlari bilan Hanafiy mazhabining tarixiy taraqqiyotida muhim o‘rin egallagan. TII talabasi Gʻoʻziev Kamoliddin 146