“Shayxul islom” Sufyon Savriy rohmatullohi alayhi hadis toʻplamiga ega buyuk muhaddis, hofizlar imomi, mujtahid faqih, oʻz zamonida olim-u zohidlar toji sifatida tanilgan zotdir. Sufyon ibn Saʼid Savriy rohmatullohi alayhining toʻliq ismi: Sufyon ibn Saʼid ibn Masruq ibn Habib al-Kufiy. U zotning kunyasi Abu Abdulloh boʻlib, 97/716-yilda Kufada tugʻilgan. Ilmiy faoliyati mobaynida Nishopur va Makka shaharlariga safar qilgan, ulamolaridan ilm olgan va hadis eshitgan. Ulomolar tomonidan u zot haqida koʻplab maqtovli soʻzlar aytilgan: Tarixi Bagʻdod kitobida Abu Hanifa rohmatullohi alayhining shunday deganlari haqida maʼlumotlar bor: “Ibrohim (Naʼxaiy) vafot topsa insonlar qanday tushkunlikga tushsalar, Sufyon vafot topsa ham shunday tushkunlikga tushgan boʻlar edilar”. - Toshkent islom instituti magistratura bosqichi talabasi Qosimjon OBIDOV