islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
#40_oyat

Tag

Inson hayotining qiymati

Said ota onasiz o’sdi. Uni tarbiya qilgan bobosi o’z hududining eng ko’zga ko’ringan o’qimishli va faol kishilaridan edi. Atrofdagi barcha Saidning o’ta aqlli ekanligini tan olardi. Maktabda o’qib yurgan paytlarida uni yozgan hikoyalari va she’rlaridan ustozlari lol qolar, bu ijodiy ishlarni bolani yoshiga moslab biroz soddalashtirish kerak deya ta’kidlashar edi. Yuqori sinfda o’qiyotganida esa informatika  fanidan bir necha dasturlar ixtiro qilgani barchani hayratga soldi... - O.Ahmad va M.Abdulqayum

Odam go’shti (6-oyat)

Oqila ismi jismiga mos qiz. Uning tarbiyasi va odobida oilasining ahamiyati katta. Keksa bobosi har doim nabiralarining tarbiyasi va xulqi uchun o’zi jon kuydiradi. Bu oilada barcha nabiralarning qiziqish va iqtidorlari inobatga olinadi. Oqilaning akasi quruvchi bo’lishni xohlaydi, uning qizqishlarini barcha hurmat qiladi va mashhur quruvchi bo’lishiga ishonadilar. Oqila esa shifokor bo’lishni, o’zgalarga qiyin vaqtda ko’mak berishni istaydi... - O.Ahmad va M.Abdulqayum

Yaxshilik yo’lida hamkorlik (5-oyat)

Erta bahor. Asr vaqti. Havo salqin. Quyosh gohida iliqqina nur sochadi. Gohida esa bulutlar ortiga kirib ketadiyu go’yoki chelaklab ko’z yosh to’kadi. Zum o’tmasdan huddi arazlari tarqab ketgan go’dakdek bulutlar ortidan chiqib yana nur tarata boshlaydi. Bu safar quyosh nurlari ta’sirida ko’kda  kamalak ham jilva qiladi. Tog’  yon bag’ridagi qishloqda esa doimgidek hayot qaynaydi. Ushbu qishloqning eng oldi yigitlari Zokir va Nazarbek har kuni birga maktabga qatnaydilar. - O.Ahmad va M.Abdulqayum

Ne’matlardan so’ralish bor (4-oyat)

Tun. Atrof qorong’u. Kichkina ixcham hovlining peshayvonini  lippillab turgan birgina xira chiroq yoritib turibdi. Mo’jazgina gulzorga ekilgan anvoyi gullarning hidi atrofni qamrab olgan. Rohila aya bugun kunduzi  gulzorga oqizib qo’ygan suvning jildiragan tovushi tun sukunatini buzmoqda. Rohila aya hufton namozini avvalgi vaqtida ado etib erta uxlashga odatlangan. Bu oilaning yagona erkatoy farzandi Erkin esa haliyam bedor... - O.Ahmad va M.Abdulqayum

Salomning fazilati (3-oyat)

Abbos bugun yangi maktabga ko’chdi. U bunday holatlarga ko’nikkan. Otasining kasbi taqozosidan tez-tez turli shaharlarga ko’chib yuradilar. Abbos turfa sinfdoshlarni, turlicha qo’shnilarni ko’raverib o’rganib ketgan... - O.Ahmad va M.Abdulqayum
1 2