islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

“Shayxulislom” kim?

Ulamolar urfida shayxulislom deb fatvo beradigan, insonlar orasidagi mushkilot, tortishuv va nizolarni yechib beradigan kishiga nisbatan ishlatilgan. Shayxulislom deb bir necha ulamolarga laqab (qiladigan ishiga kõra) berilgan.
Shayx Abdul Fattoh abu Ğudda aytadilar: “Shayxulislom laqabi Usmoniy xalifalar davrida (har bir) diniy imomlik vazifasini bajargan kishiga nisbatan ishlatilib eng katta olim esa musulmonlar sultoni huzurida bõlgan. Shu ma’noda shayxulislom vazifiy laqab deyish mumkin. Shuni ham bilib qõyish kerakki, sobiq olimlar esa bu laqabni Qu’ron va sunnat ilmlarida, fazilat-u namunalikda yuqori darajaga yetgan, ilmu din ishlarida musulmonlar murojaat qiladigan kishiga nisbatan aytishgan. Shayxulislom laqabi shu ma’noda muhaddis, tarix ilmi olimlari, rijol(rivoyat olimlarini töliq ismi keltirilgan kitoblar) va tarjimai hol kitoblarida kelgan”.
“Usulul ifto va a’dabuhu” ga ta’liq yozgan Muhammad Horun ibn Muhibbur Rohman aytadilar: “Hozirgi kunda shayxulislom deb Muhammad Taqiy Usmoniyga ishlatiladi. U (zot) bunga eng munosib olimlardandirlar. Bunga yozgan kitoblari dalolat qilib turibdi. U kitoblarni õqib zavqini tortib kõring! Zero zavqini tortmagan kishi buni bilmaydi”.

Alloh taolo foydali ilm va amal bersin!

Toshkent islom instituti

404-guruh talabasi

Turdibayev Anasxon

371942cookie-check“Shayxulislom” kim?

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: