Poykand Buxoro va Amudaryo orasida joylashgan. Bu shahar hozirda mavjud emas.
“Aqolim” (Iqlimlar) kitobi sohibi Abu Ishoq Al Forisiy shunday deydi: Movarounnahrning barcha shaharlarida ekinzorlar va qishloqlar mavjud. Lekin Poykand bulardan xoli bo’lgan. Shunga qaramasdan Poykand o’zining karvonsaroylari bilan mashhur. Ularning soni mingga yaqin. Movarounnahrning boshqa barcha shaharlarida bu sondagi karvonsaroylar bolmagan.
Shaharning devor va to’siqlari mustahkam, masjidlari nozik me’moriy uslub bilan qurilgan, mehroblari noodatiy bezaklar bilan bezatilgan. Qolgan shaharlarda bunga o’xhshah masjid va mehroblar uchramagan.
Bu shahar ko’plab ulamolarni yetishtirgan, jumladan,
Abu Ahmad Muhammad Ibn Yusuf Poykandiy. Bu zot Imom Buxoriy, Ahmad Ibn Hanbaldek ulamolarning ustozidir.
Hofiz Abu Fazl Ahmad Ibn Aliy Ibn Umar Poykandiy 1021-yil vafot etgan. 400 dan ortiq asarlar sohibi.
Ismoil Ibn Hamdavayh Abu Said Poykandiy 886-yil vafot etgan
Muhammad Ibn Salom Poykandiy 839-yilda vafot etgan.
Abdulloh Ibn Maslama Al Qa’nabiy 836-yilda vafot etgan.
Shihobiddin Abu Abdulloh Al Hamaviyning
“Shaharlar to’plami” kitobidan.
Toshkent islom instituti talabasi
Abdurrohman Mansur