islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Fors ko‘rfazi mintaqasidagi siyosiy jarayonlar

Oʻtgan asrning 80-90-yillarida Yaqin va Oʻrta Sharqda yuz berayotgan siyosiy jarayon nazoratini qoʻldan boy bergan AQSh voqeaning kelajakda qanday tus olishi mumkinligini oldindan koʻra olmadi. Shuningdek, Fors koʻrfazidagi monarxiya tuzumi ancha xavotirli boʻlib koʻrindi. Ular uchun shaxsiy xavfsizlik yangicha gʻoya kasb eta boshladi. Yaqin va Oʻrta Sharqda oʻrnatilgan geosiyosiy shartlar Arab monarxiyasida boʻlgani kabi koʻplab qudratli davlatlar ham mintaqadagi bir qator muammolarga duch keldi va toʻlaligicha ham Yaqin Sharq ham Oʻrta Sharqda va Fors koʻrfazi mintaqasi miqyosida oʻzlarining tashqi siyosatida yangi strategik kontseptsiya qabul qilishga majbur boʻldilar. Koʻrfaz hududidagi iqtisodiy hamda siyosiy manfaatlarda asosan ikki biri-biriga qarshi turuvchi lagerlar toʻqnash keladilar. Bular: Eron bir tomondan boʻlsa, Iroq, Saudiya Arabistoni hamda Quvayt ikkinchi tomondan hududdagi boshqa davlatlar ham koʻrfazning siyosiy faoliyatida turli darajada ishtirok etadilar. Xususan, bir tomondan Ummon va BAA, ikkinchi tomondan Saudiya Arabistoni va Quvayt oʻrtasida biror marta ham siyosiy, BAA va Eron, Qatar hamda Bahrayn oʻrtasida esa hududiy qarama-qarshiliklar kelib chiqmagan. Tashqi siyosiy yondashuv nuqtai nazaridan qaralsa Fors koʻrfazidagi davlatlarni, ularning etnik, ijtimoiy hamda geografik oʻziga xosligini hisobga olgan holda gʻarbcha va anti gʻarbcha tuzumdagi guruhlarga boʻlish mumkin.

Koʻrfazdagi siyosiy jarayonlar rivojida tashqi omil sifatida Gʻarb, toʻgʻrirogʻi Gʻarb nomidan AQSh ta’sir etadi. XX asrning 80-yillarida Fors koʻrfazida qudratli davlatlar manfaatlari toʻqnash keladi, oʻshanda Eron-Iroq urushi boʻlib oʻtadi, shuningdek, bu davrda Eron islom respublikasi va Saudiya Arabistoni oʻrtasida siyosiy qarama-qarshiliklar kelib chiqishi, oxir oqibat koʻrfazga AQSh harbiylarini kirishiga olib keldi. Vaqt oʻtgani sari davlatlararo qarama-qarshilik tugamasdan balki oʻzaro nizolar yanada rivojlandi. Davlatlararo nizolarning uzoq davom etishida neft dollari muhim omil hisoblanadi. Vashington nuqtai-nazaridan Eron Islom Respublikasining Gʻarbga qarshi qarashlari butun Fors koʻrfazining umumiy barqarorligiga raxna soladi. Eron, AQShning mintaqadagi asosiy siyosiy tendentsiyani keng qamrovli nazoratiga qarshi turuvchi kuch sifatida namoyon boʻldi. Eronning AQShga nisbatan siyosiy qarshiligi oxir oqibat koʻrfazda yangi urush boshlanish xavfini soladi. Fors koʻrfazining geosiyosiy va strategik mavqei haqida koʻplab Gʻarb yozuvchilari oʻz diqqatlarini jalb etarkanlar “yigirmanchi asrning 70-yillariga qadar Arab, Sharqi va Eron-Amerika hamda Gʻarbiy Yevropa neft kompaniyalari uchun “oltin asr” boʻlib xizmat qildi” – deb yozadilar. Neft-gaz sanoatining rivojlanishi ularga eng koʻp foyda keltirdi va buning yordamida ular oʻzlarining neft strategiyasini belgilab oldilar . Fors koʻrfazidagi keskin vaziyat sekin asta yoʻlga qoʻyilmoqda. Mintaqadagi mamlakatlarning oʻzaro turli qarashlari va nizolari bartaraf etilmoqda. Yuqorida keltirilgan fikrlarni jamlab shunday xulosaga kelish mumkin, Fors koʻrfazining geosiyosiy ahamiyati, uning joʻgʻrofiy qulay erda joylashganligi va bu jihat mazkur mintaqaning jahon kommunikatsiya tizimida tutgan ahamiyati bilan belgilanadi. Fors koʻrfazining geostrategik ahamiyati shundaki, u tabiiy boyliklar va energiya resurslariga boy hisoblanadi, ayni paytda jahon bozorida bunga ehtiyoj juda katta hisoblanadi. Shu sababli Fors koʻrfazidagi Arab davlatlari, shuningdek Eron mavqei oʻta baland hisoblanadi. AQSh, Buyuk Britaniya, Rossiya kabi koʻplab qudratli davlatlar koʻrfaz hududidagi davlatlar bilan hamkorlik qilish uchun kurashadilar. Bu esa oʻz navbatida global miqyosda dunyoda iqtisodiy, siyosiy peshqadamlikni qoʻlga kiritishga yordam beradi.

Fors koʻrfaziga nisbatan AQShning qiziqishi boisi shundaki, uning iqtisodiyoti ushbu mintaqadan olib ketilayotgan neftga bevosita bogʻliq. AQShning ushbu mintaqaga olib borayotgan siyosati keng miqyosda dunyoda hukumronlikni qoʻlga kiritishga qaratilgan. AQSh, Fors koʻrfazi butun Osiyo siyosatida oʻta muhim ahamiyat kasb etgani bois, bu yerga oʻz harbiy kuchlarini joylashga harakat qiladi. Ushbu mintaqada Vashington tomonidan nafaqat iqtisodiy balki harbiy strategik aspekt sifatida qaraladi. Negaki ushbu mintaqa ikki okean va uch qit’a oraligʻida joylashgan, bu esa AQShga butun Yevrosiyo hamda harbiy jihatdan qudratli Rossiyani nazorat qilishda oʻta qulay omil hisoblanadi.

 

“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi stajyor-

o‘qituvchisi Badiyev Shukurjon

410750cookie-checkFors ko‘rfazi mintaqasidagi siyosiy jarayonlar

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: