Bir ko’lda uch baliq yashardi. Bir kuni u yerga odamlar kelishdi. Baliqlarni ko’rib:
– Borib qarmoq olib kelsak, baliq tutardik, – deb qarmoqqa ketdilar.
Buni baliqlar tushunishdi va darhol ichlaridagi eng aqllilari dengiz tomon yo’l oldi. Qolgan ikki baliq esa, unga achingancha kuyundilar:
– Sen yarim yo’lga yetmasdan o’lib ketasan, bunday qilma!
Aqlli baliq ularga quloq solmay yo’lida davom etdi.
Uzoq mashaqqat va qiyinchiliklardan so’ng dengizga yetib keldi. Ortda qolgan ikki baliq esa, qarmoq tashlangan odamlar tutqunida qolishdi. Ketiga tushilgan ikkinchi baliq o’zicha o’yladi:
– Agar o’zimni o’lgan kabi ko’rsatsam, qutulib qolishim mumkin.
Qornini yuqori qilib, suv ustiga qalqib chiqdi va qimirlamay yotdi. Baliqchilar uni ko’rib oh-voh qildilar: “Qanday ajoyib baliq, afsus, o’lib qolibdi”, deya tutib qirg’oqqa otdilar. U baliq esa asta suvga sho’ng’igancha berkinib oldi.
Baliqchilar uchinchi baliqning ketiga tushdilar. Uzoq vaqt uni quvib yurib va nihoyat, tutdilar. Qornini yorib qizib turgan tovada qizartirdilar. U aqlli baliqqa qo’shilib dengiz tomon yo’l olgani uchun ming pushaymon edi, ammo g’isht qolibdan ko’chgan edi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Alloh bizga musibat berishdan oldin, u haqida ogohlantiradi. Lekin biz bu ogohlantirishlarni sezmaymiz. Yani bu ogohlantirishlar insonlar vositasida bo’lishi mumkin. Qalb orqali bo’ishi mumkin. Nima bo’lganda ham insonlar sen uchun joy kuydirib dining yo’lida senga manfaatli biror nasihat aytsalar quloq sol. Agar senga notanish ish oldidan chiqsang uni kattalar bilan yoki sendan ko’ra tajribali insonlar bilan maslahat qil. Allohdan esa har doim amalingni xayrli bo’ishini so’ra.
Toshkent islom instituti talabasi
Abdurahim To’raqulov