islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Asabiylashish o’qishga salbiy ta’sir ko’rsatadi

Yoshlar orasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish hamda jismonan va ma’nan barkamol avlodni voyaga yetkazish maqsadida Toshkent islom instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti Nozima Ibragimova tomonidan talaba qizlar uchun “Maqsadni to’g’ri qo’yish va bu maqsadlarga erishish usullari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirga ko‘p yillik tajribaga ega psixolog, O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi o’qituvchisi Yulduz Dosjanova taklif etildi.

“Tillar” kafedrasi o’qituvchisi Saodat Valiyeva, “Tahfizul Qur’on” kafedrasi o’qituvchisi Nigora Usmonova, “Aqoid va fiqhiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Hafiza Zoirova hamda talaba qizlar ishtirok etdilar.

Talabalarga psixologning vazifasi, qachon va qaysi muammolar yuzaga kelganda psixologga murojaat etish kerakligi to‘g‘risida ma’lumot berildi. Talaba qizlarga savollar berilib, savollar natijalari muhokama qilindi.

Y.Dosjanova, jahlni jilovlay bilmaslik asablarning zo‘riqishiga olib kelishi va natijada yoshlarning do‘stlari, o‘qituvchi va ota-onalari o‘rtasidagi munosabatlarda muammolar yuzaga kelishi, bu esa ularning sog‘ligi bilan birga o‘qishiga ham jiddiy xavf solishi tushuntirdi va psixologik maslahatlar berdi.

 

TII Matbuot xizmati xodimasi Sh.Qudratova

423580cookie-checkAsabiylashish o’qishga salbiy ta’sir ko’rsatadi

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: