islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

7 Aprel-Butunjahon salomatlik kuni

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1950 yildan beri Butunjahon salomatlik kuni – har yili 7 aprel kuni turli mavzularga bag’ishlangan holda nishonlab kelinadi. Bu yilgi yani 2023  yildagi  tadbir shiori- Salomatlik barcha uchun deb nomlanadi.  Shuningdek, 2023 yil 7 aprel Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti  (World Health Organization (WHO) o’zining 75 yilligini ham nishonlaydi.

Shunday qilib, barchasi qanday boshlangan edi? 1948 yil 7 aprel sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha  BMT assambleyasining birinchi yig‘ilishida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ga asos solingan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti – Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning sog‘liqni saqlash sohasiga ixtisoslashgan nufuzli muassasasi bo‘lib, uning tarkibiga hozirda 194 ta a’zo davlat kiradi.

Bosh qarorgohi Shveysariyaning Jeneva shahrida joylashgan JSST 6 ta mintaqaviy va 150 ta mamlakatda o‘z vakolatxonalariga ega. JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tashkilotning Yevropa mintaqasidagi vakolatxonasi tizimiga kiradi. O‘zbekiston 1992 yil 25 may kuni JSSTga a’zo bo‘lgan. JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi 1993 yilda Toshkentda o‘z faoliyatini boshlagan.

 Butunjahoh salomatlik kunining asosiy maqsadi yur yuzining har bir kishisini hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar bilan salomatlik va sog’liqni saqlash muammolariga, insonlarning farovon hayot kechirishiga e’tiborini tortish va jalb qilishdan iborat.

JSST va O‘zbekiston sog‘liqni saqlashning ko‘plab muhim masalalarida yaqindan hamkorlik qilib qilib kelmoqda. Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga BMTning yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhi (YUNIATF) mukofoti topshirilgan.

Butunjahon salomatlik kuni – bu insonlarning salomatligi va farovonligi muhofazasi yo‘lida birgalikda chora-tadbirlar o‘tkazish maqsadida, sayyoramizda istiqomat qiluvchi har bir aholining e’tiborini salomatlik va sog‘liqni saqlash muammolariga jalb qilishga qaratilgan global kompaniyadir.

Butunjahon salomatlik kunini nishonlash bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlar JSSTning boshchiligida tashkillashtiriladi.

Mamlakatimizning yangilanayotgan Konstitutsiyasida har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega ekanligi alohida keltirilib o’tilgan. Sog’liqni saqlash vazirligi tizimida yuzlab tibbiyot birlashmalari, kasalxona, poliklinika va vrachlik punktlari aholiga keng va malakali xizmat ko’rsatib kelmoqda.

Toshkent islom instituti “Tillar” kafedrasi

  katta o’qituvchisi  Dilshod Nasirov tayyorladi

385420cookie-check7 Aprel-Butunjahon salomatlik kuni

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: