Hadis roviylaridan birinchisi Imom Buxoriy rohimahullohning ustozi Abdulloh ibn Maslamadir. U kishi ko’proq Qa’nabiy deb zikr etiladi.
Bu kishi mashhur muhaddislardan bo’lib, siqa roviy sanaladi. Avvalda o’zlari yashaydigan joydagi eng bebosh, ya’ni barcha nojoiz ishlarga mubtalo, dindan uzoq, xohlagan ishini qilishdan tap tortmaydigan odam bo’lgan ekanlar. Biroq keyinchalik bu kishiga Alloh taolo tarafidan ajib bir lutf bo’ldi. U zamonda “Amirul mu’miniyn fil hadis”(Hadis borasida mo’minlar amiri) nomi bilan shuhrat qozongan Sho’ba ibn Hajjoj rohmatullohi alayh ham yashar edi. Sho’baning dars halqalariga dunyoning turli taraflaridan hadis o’rganish uchun nihoyatda ko’p kishilar kelishardi…- Toshkent islom instituti talabasi Abbosxonov Muhriddin





