islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Blog

FARZAND TARBIYASIDA DINIY-MAʼRIFIY QADRIYATLARNING O‘RNI

Oila – insoniyat sivilizatsiyasining asosi, jamiyatning birlamchi hujayrasidir. Barcha dinlar va milliy urf-odatlar oilani muqaddas birlashma sifatida eʼzozlagan. Xususan, Islom dini oila mustahkamligiga katta e’tibor qaratgan. Chunki oila jamiyat asosi va hayot davomchisi bo‘lgan farzandlar kamol topadigan tarbiya maskanidir. Shu ma’noda qachon oilalar salohiyatli bo‘lsa, bunday oilalardan tashkil topgan jamiyat ham salohiyatli bo‘ladi. Shuning uchun dinimiz oilaga iymon, muhabbat, ta’lim-tarbiya va baxtli hayot sari yo‘llovchi maskan sifatida qarashni vojib qilgan.

Payg‘ambar ﷺ zikr qilinganlarida salaf solihlarning odobi

Olamlarga rahmat boʻlgan Rasulining ummati boʻlishga bizni musharraf qilgan Alloh Taologa hamdu sanolar boʻlsin.

Alloh taoloning eng suyukli bandasi boʻlgan, bashariyat hidoyati uchun jonlarini fido qilgan Rasululloh sallollohu alayhi vasallamga salovatu durudlar boʻlsin. Bizga Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning ilmiy omonatlarini mukammal tarzda yetkazgan, nafaqat ilmni balki odobni ham meros qilib olgan butun islom ulamolariga Alloh taoloning nuri yog‘ilsin.

МЕН УНАҚА ЭМАСМАН…

Оқшом тушгач, атроф ғира-шира бўлиб, ҳатто яқинингиздаги инсонни ҳам таний олмай қоласиз. Қоронғулик чўкиши билан осмонда ой кўрина бошлайди. Зулматни ҳайдаш илинжида жон-жаҳди билан ҳаракат қилган ой гоҳида кучсизланиб, чарчаб қолгандек туюлади. Мана шу хайрли ишда тонг ойнинг кўмагига ошиқади ва улар биргалашиб тунни ёритадилар. Ниҳоят, қуёш чиқиб, ўз нурларини сочгач, тун кунга айланади. Офтобнинг нури бутун оламни мунаввар қилади.

Бироқ, қаро тунларда қолиб кетган қалблар ҳам бундан ёришармикан? Уларнинг ҳам вужудлари равшанлашиб, инсофлари уйғонармикин?

Jannat va Jahannam qarshisida “uxlab” qolmaylik!

Imom Termiziy “Sunani Termiziy” asarlarida Jannat va Jahannam haqidagi  bir qancha hadislarni rivoyat qilib, barcha insonlarni ogohlikka chaqiruvchi quyidagi hadisni keltiradilar:
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Men do‘zax kabisini ko‘rmadim, undan qochuvchisi uxlab yotadi. Jannat kabisini ham ko‘rmadim, uni talab qiluvchisi ham uxlab yotadi”, dedilar”.

Ushbu hadis insonni ogohlikka, g‘aflatdan uyg‘onishga chaqiruvchi kuchli da’vatdir. Inson do‘zax kabi dahshatli azobdan qochishi lozim bo‘lgan holda aksariyat hollarda g‘aflatda bo‘lib, bu haqiqatni unutadi. Shuningdek, jannat kabi buyuk ne’matga erishish uchun harakat qilish o‘rniga loqaydlik va beparvolikka berilib ketadi.