Til bu inson o‘zining ongi va qalbidagi ma’nolarni o‘zgalarga yetkazishda foydalanadigan eng qulay vositadir. Misol uchun kimdir sizdan biror narsani berib turishingizni so‘radi, iltimos qildi va siz u insonga so‘ragan narsasini, hatto ortig‘i bilan berishga tayyorsiz deylik. Endi siz ichingizdagi shu ma’noni so‘rovchiga yetkazishingiz uchun bir qancha so‘zlar, jumlalar va uslublardan foydalanishingiz kerak bo‘ladi.





