islom-instituti@mail.ru         71-227-42-37
#Maqolalar

Tag

26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni tarixi

26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni (International Day Against Drug Abuse and Illicit Trafficking) butun dunyo bo'ylab giyohvand moddalarni suiiste'mol qilish va ularning noqonuniy savdosiga qarshi kurashishga bag'ishlangan xalqaro sana hisoblanadi.

Zayd ibn Sobit roziyallohu anhuning Qur’on jamlanishida tutgan o‘rni

Zayd ibn Sobit roziyallohu anhuning Qur’onni yaxlit mushaf holatiga keltirilishida qilgan xizmatlari beqiyosdir. Zayd ibn Sobit ibn Zahhoq Ansoriy Alhazrajiy roziyallohu anhuning kunyasi Abu Sa’iddir. Rasullulloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga hijrat qilib kelganlarida u zot o‘n bir yoshda bo‘lib, qarindosh urug‘lari bilan birgalikda musulmon bo‘lgan edi.

Aslida, bu – Islomdir!

Islom – faqatgina ibodatlar majmuasi emas. U – ruhni tarbiyalovchi, qalbga sayqal beruvchi va inson hayotining har bir lahzasini ezgulik bilan bezatuvchi ilohiy nizomdir. Haqiqiy musulmonlik goʻzal xulqda, har bir amal va soʻzning oʻlchovli hamda hikmatli boʻlishida namoyon boʻladi. Zero, Islom shunday hidoyatdirki: U tilni shirin va muloyim qiladi, soʻzning salmogʻini oʻrgatadi. Inson oʻz nutqini nazorat qilishi, odamlarga faqat yaxshi va yoqimli gaplarni soʻzlashi uchun Robbimiz: “Odamlarga yaxshi soʻzlar aytingiz” deya xitob qildi.

Har bir bola mehr va e’tiborga munosib

1-iyun kuni dunyoning ko‘plab mamlakatlarida nishonlanadigan Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bolalarning huquqlari, sog‘ligi, ta’limi va farovonligini himoya qilishga bag‘ishlangan xalqaro sana hisoblanadi. Bu kun bolalarning jamiyatdagi o‘rni va ularning huquqlarini ta’minlash zarurligini eslatib turadi.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni-quvonchga toʻla katta bayram

“1-iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” hisoblanadi. Bu sananing kelib chiqish tarixi 1925-yildan boshlanadi. Zikr qilingan yilda turli davlatlar ishtirokida Yevropa qit’asidagi Shvetsiyaning Jeneva shahrida ilk marotaba bolalar farovonligiga bag‘ishlab xalqaro anjuman o‘tkazildi. Anjumanda ishtirokchi mamlakatlar bolalar kuni sifatida alohida sanani tanlashga kelishib olishdi. Ammo alohida sana taklif qilinmagan edi, hamma mamlakatga o‘z madaniyatiga mos sanani tanlashi tavsiya qilingan edi. Bu sana 1925-yilda  Butunjahon anjumanida ta'sis etilgan bo'lsa ham, oradan 25 yil oʻtib, 1950-yildan boshlab 1-iyun kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) rasmiy homiyligida butun dunyoda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlanib kelinadi.
1 2 3 49