islom-instituti@mail.ru         71-227-42-37
#Maqolalar

Tag

URUSH YILLARIDA O‘ZBEKISTON XALQINING FIDOYILIGI VA SABR-TOQATI

Ba’zan tarix sahifalarini varaqlarkanmiz, oddiy raqamlar ortida qanday taqdirlar, qanday iztiroblar va qanday buyuk jasoratlar yashiringanini unutib qo‘yamiz. Ikkinchi jahon urushi ham shunday sinovlarning eng dahshatlilaridan biri bo‘lib, millionlab insonlar taqdirini o‘zgartirdi. Bu urush faqat frontdagi janglar emas, balki insonlarning yuragidan o‘tgan og‘ir dard, sabr va matonat tarixidir.

Til o‘rganishda tarjima nazariyasining o‘rni

Tarjima san’atiga oid qarashlar insoniyat muloqotga ehtiyoj sezgan ilk davrlardayoq shakllana boshlagan. Tarixga nazar tashlasak, har bir tarjimon o‘z faoliyati davomida muayyan tamoyillar va shaxsiy qarashlariga tayanib ish ko‘rganini ko‘ramiz. IX asrning birinchi yarmida xalifa Ma’mun ar-Rashid tomonidan Bag‘dodda tashkil etilgan “Bayt ul-hikma” (Donishmandlar uyi) akademiyasi tarjimonlik faoliyatini tizimli asosga qo‘ygan ilk yirik ilmiy markazlardan biridir. Bu yerda yunon, fors, yahudiy, sanskrit va suryoniy tillaridan ko‘plab ilmiy, falsafiy hamda axloqiy asarlar arab tiliga o‘girilib, sharhlar bilan boyitilgan holda Islom olamiga tarqatilgan.

FARZAND TARBIYASIDA DINIY-MAʼRIFIY QADRIYATLARNING O‘RNI

Oila – insoniyat sivilizatsiyasining asosi, jamiyatning birlamchi hujayrasidir. Barcha dinlar va milliy urf-odatlar oilani muqaddas birlashma sifatida eʼzozlagan. Xususan, Islom dini oila mustahkamligiga katta e’tibor qaratgan. Chunki oila jamiyat asosi va hayot davomchisi bo‘lgan farzandlar kamol topadigan tarbiya maskanidir. Shu ma’noda qachon oilalar salohiyatli bo‘lsa, bunday oilalardan tashkil topgan jamiyat ham salohiyatli bo‘ladi. Shuning uchun dinimiz oilaga iymon, muhabbat, ta’lim-tarbiya va baxtli hayot sari yo‘llovchi maskan sifatida qarashni vojib qilgan.

Payg‘ambar ﷺ zikr qilinganlarida salaf solihlarning odobi

Olamlarga rahmat boʻlgan Rasulining ummati boʻlishga bizni musharraf qilgan Alloh Taologa hamdu sanolar boʻlsin. Alloh taoloning eng suyukli bandasi boʻlgan, bashariyat hidoyati uchun jonlarini fido qilgan Rasululloh sallollohu alayhi vasallamga salovatu durudlar boʻlsin. Bizga Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning ilmiy omonatlarini mukammal tarzda yetkazgan, nafaqat ilmni balki odobni ham meros qilib olgan butun islom ulamolariga Alloh taoloning nuri yog‘ilsin.

Xarakter o’zgaradi(mi)?

Ko‘pchilikdan: "Fe’lim shunaqa, o‘zgartira olmayman", "Sut bilan kirgan jon bilan chiqadi" degan gaplarni eshitamiz. Xo‘sh, chindan ham insonning xarakteri tug‘ma va o‘zgarmasmi? Yoki biz o‘zimizni qayta tarbiyalashga qodirmizmi?
1 2 3 4 5 49