Til bu inson o‘zining ongi va qalbidagi ma’nolarni o‘zgalarga yetkazishda foydalanadigan eng qulay vositadir. Misol uchun kimdir sizdan biror narsani berib turishingizni so‘radi, iltimos qildi va siz u insonga so‘ragan narsasini, hatto ortig‘i bilan berishga tayyorsiz deylik. Endi siz ichingizdagi shu ma’noni so‘rovchiga yetkazishingiz uchun bir qancha so‘zlar, jumlalar va uslublardan foydalanishingiz kerak bo‘ladi.
Islom ta’limotida kasallik faqat jismoniy holat emas, balki tarbiya, poklanish va ilohiy rahmatning bir ko‘rinishi sifatida talqin qilinadi. Muhammad sollallohu alayhi va sallam kasallikka duchor bo‘lgan kishilarga tasalli berar, uni yomonlashdan qaytarar va bu holatning ma’naviy hikmatlarini bayon qilib berar edilar. Quyidagi rivoyat ham aynan shu haqiqatni ochib beradi.
Zahiriddin Muhammad Boburning lirik merosi — bu shunchaki she’riy to‘plam emas, balki buyuk bir hukmdorning musofirlikda chekkan ruhiy iztiroblari, vatan ishqida yongan qalbining chin dostonidir. Uning ijodida vatan sog‘inchi va g‘urbat mavzusi bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, bu tuyg‘ular shoir hayotining so‘nggi damigacha unga hamroh bo‘lgan. Zahiriddin Muhammad Bobur dunyo tarixida ham shohlik, ham shoirlik rutbasini birdek yuksak darajaga ko‘targan nodir shaxslardan biridir. Biroq uning taqdiri ziddiyatlarga boy: u Hindistonda ulkan saltanat barpo etdi, mislsiz boylikka ega bo‘ldi, ammo ko‘ngli hamisha ona yurti — Movarounnahr sori talpindi. Bobur ijodidagi vatan mavzusi uning shaxsiy fojeasi va ruhiy qiyofasining eng yorqin ko‘zgusidir. - Toshkent islom instituti talabasi Biloliddin IBROHIMJONOV
Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti — bu nafaqat bir hukmdorning tarixi, balki inson irodasi, matonati va yuksak tafakkurining jonli dostonidir.1483-yilning 14-fevralida Andijon zaminida tug‘ilgan bu zotning hayot yo‘li Temuriylar saltanatining inqirozga yuz tutgan davriga to‘g‘ri keldi. - Toshkent islom instituti talabasi Biloliddin IBROHIMJONOV
O‘zbek xalqi tarixida shunday buyuk shaxslar borki, ularning nomi nafaqat bir xalq yoki bir hudud bilan, balki butun jahon sivilizatsiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ana shunday ulug‘ siymolardan biri — Zahiriddin Muhammad Boburdir. Bobur shaxsi o‘zida bir necha fazilatlarni mujassam etgan noyob tarixiy hodisadir: u zabardast sarkarda, dono davlat arbobi, nozik didli shoir, iste’dodli yozuvchi, tarixchi va geograf olim sifatida mashhurdir. Uning hayoti tinimsiz kurashlar, siyosiy to‘qnashuvlar, g‘alaba va mag‘lubiyatlar, hijrat va safarlardan iborat bo‘lsa-da, u har qanday vaziyatda ham ilm va ijodni tark etmagan. - Toshkent islom instituti talabasi Komiljon ABDUJALILIY