islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
#Maqolalar

Tag

Payg‘ambar ﷺ zikr qilinganlarida salaf solihlarning odobi

Olamlarga rahmat boʻlgan Rasulining ummati boʻlishga bizni musharraf qilgan Alloh Taologa hamdu sanolar boʻlsin. Alloh taoloning eng suyukli bandasi boʻlgan, bashariyat hidoyati uchun jonlarini fido qilgan Rasululloh sallollohu alayhi vasallamga salovatu durudlar boʻlsin. Bizga Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning ilmiy omonatlarini mukammal tarzda yetkazgan, nafaqat ilmni balki odobni ham meros qilib olgan butun islom ulamolariga Alloh taoloning nuri yog‘ilsin.

Xarakter o’zgaradi(mi)?

Ko‘pchilikdan: "Fe’lim shunaqa, o‘zgartira olmayman", "Sut bilan kirgan jon bilan chiqadi" degan gaplarni eshitamiz. Xo‘sh, chindan ham insonning xarakteri tug‘ma va o‘zgarmasmi? Yoki biz o‘zimizni qayta tarbiyalashga qodirmizmi?

Jannat va Jahannam qarshisida “uxlab” qolmaylik!

Imom Termiziy “Sunani Termiziy” asarlarida Jannat va Jahannam haqidagi  bir qancha hadislarni rivoyat qilib, barcha insonlarni ogohlikka chaqiruvchi quyidagi hadisni keltiradilar: Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Men do‘zax kabisini ko‘rmadim, undan qochuvchisi uxlab yotadi. Jannat kabisini ham ko‘rmadim, uni talab qiluvchisi ham uxlab yotadi”, dedilar”. Ushbu hadis insonni ogohlikka, g‘aflatdan uyg‘onishga chaqiruvchi kuchli da’vatdir. Inson do‘zax kabi dahshatli azobdan qochishi lozim bo‘lgan holda aksariyat hollarda g‘aflatda bo‘lib, bu haqiqatni unutadi. Shuningdek, jannat kabi buyuk ne’matga erishish uchun harakat qilish o‘rniga loqaydlik va beparvolikka berilib ketadi.

AHKOM HADISLARIGA OID TASNIFOTLAR VA ULARNING ILMIY-METODIK TAHLILI

Ahkom hadislari jamlangan kitoblar ikki qismga bo‘linadi: Birinchi qism – faqat ahkom hadislarini oʻz ichiga olgan kitoblar. Ikkinchi qism – ahkom hadislarini va boshqa mavzudagi hadislarni birgalikda jamlagan kitoblar.

INGLIZ TILINI OʻRGANISHDA INTERFAOL USULLARNING AFZALLIGI

Xalqimizda “til bilgan, el bilar”, “tilga eʼtibor - elga eʼtibor” degan hikmatli maqollar mavjud. Dunyodagi qaysi bir xalqni olmaylik, uning oʻz oʻrni, mavqei, milliyligi va tarixiy rivojlanish yoʻli bor. Xalqning madaniy-maʼnaviy boyligi, aql-idroki, tafakkuri hamda ilmiy va tarixiy boyliklari uning tilida oʻz ifodasini topadi. Til - ilm oʻrganish kalitidir. Tillarni puxta bilish - katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Shuning uchun ham dono xalqimiz “ish bilganga bir tanga, til bilganga ming tanga” deb bejiz aytishmagan. Hozirgi davrda ham ishni, ham chet tillarini bilish shart deb oʻylaymiz. Shunday ekan, har doim oʻqish va oʻrganishdan toʻxtamanglar.
1 2 3 4 47