Islom aqidasida “avliyo” va “karomat” tushunchalari alohida o‘rin tutadi. Qur’oni karimda Alloh taolo O‘zining do‘stlari – valiylarining dunyoda ham, oxiratda ham xavf-xatar va mahzunlikdan omon bo‘lishini xabar beradi. Ulamolarning izohlariga ko‘ra, avliyolar Allohga iymon va taqvo bilan yaqin bo‘lgan, doimo ibodat va zikr bilan band bo‘lgan solih kishilardir. - Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti 403-guruh talabasi Saydillayeva Jannnatxon