islom-instituti@mail.ru         71-227-42-37
#Maqolalar

Tag

ISLOMDA QASAM VA NAZRNING MOHIYATI HAMDA ULAR ORASIDAGI FARQLAR

Dinimiz musulmon insonning har bir so‘zini ahamiyatli deb biladi. Kundalik hayot va o‘zaro muomalalardan tortib, hatto Robbi bilan bo‘lgan ahdlashuvlarni ham tartibga solib bergan Islom insonlarga oson qilingan dindir. Qasam va nazr ahd hisoblanadi. Alloh taolo qasam va ahdga vafo qilish muhim ish ekani bois Qur’oni karimda bir necha oyatlarni nozil qilgan.

Rasullulloh sallallohu alayhi vasallamga yaqinlashtiruvchi amal

Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Menga juma kuni va juma kechasi salovat aytishni ko‘paytiringlar. Kim menga bir salovat aytsa, Alloh unga o‘nta salovat aytadi, deganlar”. (Imom Bayhaqiy rivoyati) Nabiy ssllallohu alayhi  vasallamga salovat aytish Qur’on orqali ham, hadislar bilan ham buyurilgan amaldir. Nabiy ssllallohu alayhi vasallamga Alloh taolo, farishtalar va payg‘ambarlar ham salovat aytishadi. Biz mo‘minlar ham salovat aytishga buyurilganmiz. Bu, nafaqat Alloh oldidagi bandalik vazifamiz, balki iki olam saodatini ko‘rsatgan ikki olam Sarvari oldidagi ummatlik tashakkurimizdir!

SHAYTONGA TEMIRDAN HAM SHIDDATLIROQ AMAL

Ishorai sabboba namozda tashahhud duosining “Laa ilaaha illalloh” kalimasini aytish chog‘ida o‘ng qo‘l ko‘rsatkich barmog‘ini yuqoriga ko‘tarishga aytiladi. Arab tilida ko‘rsatkich barmoq “sabboba” deyilgani uchun ushbu amal shunday nomlangan. Mazkur kalima nafiy, ya’ni inkor va isbotni o‘z ichiga olgani kabi, barmoq ishorasi ham shu ma’nolarni ifodalashi lozim.

NABIY SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMGA SALOVAT AYTISHNING VOJIBLIGI

Ibn Sa’d Tilmisoniy o‘zlarining "Mafoxiru ahli mufaxxor" kitoblarida bunday deydilar: "Agar Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovat aytishni tark qiluvchi, Ramazon haqini va ota-onaga yaxshilik qilishni tark qiluvchi insonlarni uqubat borasida birlashtirib turgan ma’no nima?", deyilsa, javob quyidagicha bo‘ladi: uqubatning bir xil ekanligi gunoh mohiyatining bir ekanligidan kelib chiqadi. Chunki yuqorida zikr qilingan uch holatda ham tark qilinayotgan narsa bitta u Alloh taborak va taoloni ulug‘lashdir. Buning bayoni shuki... Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovat aytishga kelsak, u Allohdan Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ulug‘lanishini va darajalari yuksaltirilishini so‘rashdir. Bu ham aslida Alloh taborak va taoloni ulug‘lashdir. Qur’oni karimda bunday marhamat qilinadi: Batafsil... TII katta o‘qituvchisi Nilufar SAIDAKBAROVA, 203-guruh talabasi  Yoqutxon TOJIYEVA.

Arablar nega bunday deydi? (1-qism)

Til bu inson o‘zining ongi va qalbidagi ma’nolarni o‘zgalarga yetkazishda foydalanadigan eng qulay vositadir. Misol uchun kimdir sizdan biror narsani berib turishingizni so‘radi, iltimos qildi va siz u insonga so‘ragan narsasini, hatto ortig‘i bilan berishga tayyorsiz deylik. Endi siz ichingizdagi shu ma’noni so‘rovchiga yetkazishingiz uchun bir qancha so‘zlar, jumlalar va uslublardan foydalanishingiz kerak bo‘ladi.
1 3 4 5 6 7 49