Talabalar jamiyatning eng faol qatlamidir. Ular ilm-fan, madaniyat, ma’naviyat va ijtimoiy hayot rivojida muhim rol o‘ynaydi. Xalqaro talabalar kuni shuni yodga soladiki, yosh avlod – kelajakning yetakchisi, jamiyatning o‘sish va taraqqiyot manbai. Shu bois, talabalarning ilmiy izlanishlarini rag‘batlantirish, ularni ijtimoiy va madaniy faoliyatga jalb etish, shaxsiy va kasbiy rivojlanishlariga imkon yaratish muhimdir. - TII xodimi BAHRIDDIN JO‘RABEK O‘G‘LI
Diniy bag‘rikenglik masalasi zamonaviy xalqaro munosabatlarning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biridir. Globallashuv sharoitida turli din va e’tiqod vakillarining bir hududda, hatto bir davlat doirasida yashashi, ularning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash masalasini nafaqat ichki siyosatda, balki tashqi siyosatda ham ustuvor vazifa qilib qo‘ymoqda.
Har bir ilmning paydo boʻlishi va rivojlanishiga olib keladigan ijtimoiy sabablar mavjud bo‘lib, bu jarayonni anglash - uning metodologiyasi, vositalari, maqsadlari va intilishlarini yaxshi tushunishga yordam beradi. Diniy ilmlar tatbiqida hadis ilmi o‘ziga xos zaruriy oʻrin egallaydi. Hadis ilmi – rivoyatlar va ularning ishonchliligini baholashga qaratilgan ilmiy texnik bazaga ega bo‘lib, uni keyingi avlodlarga yetkazish vositasi sifatida rivoyat alohidalik kasb etadi. Oʻtmishdagi va hozirgi xalqlarning tarixi, mazhablar va dinlar, faylasuflarning nazariyalari, olimlarning tajribalari va ixtirolari bizga rivoyat va naql orqali yetib kelgan. - "Qur'on ilmlari" kafedrasi o'qituvchi-stajyori Muxammadxon YASHNAROV
Ibn Sino bobomiz kim bo‘lgan? Shifokorlar fikricha, u buyuk tabib boʻlgan. Matematiklar uni mashhur astronom va matematik deb biladi. Adabiyotshunoslar esa uni shoir va yozuvshi boʻlganini ta’kidlaydilar. Uni geologlar geologiya, musiqachilar musiqa nazariyotchisi, faylasuflar esa buyuk donishmand sifatida bilishadi. Ularning hammasi ham haq. - “Тillar“ kafedrasi katta oqituvchisi Faxriddin Yernazarov
Inson hayoti tafsilotlardan iborat. Ba’zan oddiy ko‘ringan amallar orqasida yuksak hikmatlar yashiringan bo‘ladi. Ana shunday amallardan biri – Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sut ichgandan so‘ng og‘izlarini suv bilan chayganlaridir. Bu holat bizga faqat bir sunnat emas, balki poklik, hushyorlik va tafakkur darsi hamdir. - Toshkent islom instituti 3-kurs talabasi Ruqayya YUSUFIY