Islom dini insoniyatga rahmat sifatida nozil qilingan ilohiy taʼlimot bo‘lib, uning asosiy maqsadi — insonning eʼtiqodi, axloqi, huquqi va jamiyatdagi munosabatlarini adolat asosida tartibga solishdir. Ushbu maqolada Qurʼoni karim, sunnat, fiqh manbalari hamda tarixiy tajriba asosida Islomda boshqa din vakillariga munosabat masalasi keng yoritiladi. - Toshkent islom instituti talabasi Abduqodir QODIRALIYEV
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2010-yil 20-oktabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, har yili fevral oyining birinchi haftasi “Dinlararo hamjihatlik haftaligi” hamda 2020-yil 21-dekabrdagi rezolyutsiyaga binoan har yilning 4-fevral sanasi “Xalqaro insoniy birodarlik kuni” deb e’lon qilingan. Ma’lumki, 2019-yil 3-fevral kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida Insoniy birodarlik bo‘yicha anjumanda Rim Papasi Fransisk va Al-Azhar shayxi Ahmad Toyyib o‘rtasida “Insoniy birodarlik – xalqaro tinchlik va hamjihatlik omili” nomli hujjat imzolangan. Hujjat imzolanishi natijasida BMT tomonidan 4-fevral – Xalqaro insoniy birodarlik kuni deb e’lon qilindi. Bu kunni BMTga a’zo davlatlarda ilm-fan, diniy yetakchilar va jamoatchilik faollari ishtirokida keng nishonlash belgilangan. - “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Sh.BADIYEV