Usmon ibn Hunayf roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Bir ko‘zi ojiz (ko‘r) kishi Nabiy sollallohu alayhi va sallamning oldilariga kelib, “Menga shifo berishini so‘rab, Allohga duo qiling” dedi. Shunda Rosululloh sollallohu alayhi va sallam: “Agar xohlasang duo qilaman va agar xohlasang sabr qilgin va mana shu sen uchun yaxshisidir” dedilar. Ko‘zi ojiz kishi esa “Duo qila qoling” dedi. - Toshkent islom instituti bitiruvchisi Mirabbos YOROV
Hozirgi kunimizda ham ayollarga doir zamonaviy fiqhiy masalalar atroflicha ko‘p. Dunyoda aloqa vositalarining rivojlanishi, globallashuv, moda olami va shu kabi boshqa omillar sababli ayollar o‘rtasida axborotlar almashinib, ularning birlari boshqalari bilan muloqotlashib, ularning orasida boshqalarga taqlid kabi harakatlar ham avj olib bormoqda. - Toshkent islom instituti 403- guruh talabasi Nodira MUROTOVA
Qur’on va hadis nuri o‘n to‘rt asrdirki, insoniyatni ilmga, tafakkurga va hidoyatga chorlab kelmoqda. Ilm-fanning turli sohalari birin-ketin kashf etayotgan haqiqatlar esa vahiy yog‘dusining nechog‘lik chuqur va abadiy ekanini yana bir bor yoritib bermoqda. Yer yuzining eng sirli, eng chuqur va eng jim dunyosi – okean tubi. Uning zulmat bag‘rida inson ko‘zi hech qachon o‘zicha kuzata olmaydigan ulkan kuchlar yashirin. Qorong‘u tubda ba’zan yorqin chiroqdek qizil nurlar porlaydi, bug‘, gaz pufakchalari ko‘tariladi va go‘yo suvning o‘zidan olov alangalanayotgandek manzara yuzaga keladi. Bu manzarani ko‘rgan kishi beixtiyor hayratga cho‘madi - Toshkent islom instituti talabasi Munavvaraxon ISLOMIDDIN QIZI
Bugungi globallashuv davrida jamiyat taraqqiyoti, davlat boshqaruvi samaradorligi va fuqarolarning farovon hayoti bevosita korrupsiyaga qarshi kurash tizimining qanchalik puxta yo‘lga qo‘yilganiga bog‘liq. Korrupsiya ijtimoiy adolatni yemiruvchi, qonun ustuvorligiga putur yetkazuvchi va fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchini susaytiruvchi eng xavfli illatlardan biridir. Shu bois antikorrupsion muhitni shakllantirish nafaqat huquqiy zarurat, balki ijtimoiy kelajakning mustahkam asosi hisoblanadi. Antikorrupsion muhit — bu jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat, ochiqlik, shaffoflik va qonun ustuvorligi tamoyillariga asoslangan ijtimoiy-axloqiy makondir. - Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sh.Badiyev
Korrupsiya — bu davlat mansabdorlari yoki boshqa vakolatli shaxslar o‘z vakolatlaridan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanishdir. U pora olish-berish, mansabni suiiste’mol qilish, tanish-bilishchilik orqali resurslarni noto‘g‘ri taqsimlash kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. - Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimi Bahriddin PARPIYEV