Imom Buxoriydan keyingi hadis ilmining bilimdoni, fiqhdan ham yaxshi xabardor boʻlgan – Muslim ibn Hajjoj 817 yoki 821 yil (hijriy 202, 204,209) Nishopurda tug’ilgan. Yoshligida koʻp mamlakatlarga safar qilgan, jumladan, Hijoz, Misr, Suriya, Iroqda boʻlgan. Ulamolarning qayd etishlaricha, u 300 mingdan ziyod hadisni oʻrganib chiqib, ulardan 12 mingtasini ishonchli (sahih) deb topgan va oʻzining «as-Sahih» («Sahihi Muslim») asariga kiritgan. Toʻplam musannaf shaklida tuzilgan…- Toshkent islom instituti talabasi Malikov Ma’rufjon





