islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Blog

Исломда ватанпарварлик тушунчаси

Ислом дини инсон ҳаётининг барча жабҳаларини қамраб олган мукаммал диндир. У фақат ибодатлар мажмуаси бўлиб қолмасдан, балки инсоннинг жамиятдаги ўрни, оиласига, халқига ва Ватанига бўлган муносабатини ҳам аниқ белгилаб беради. Ана шундай юксак тушунчалардан бири – ватанпарварликдир. Ватанни ҳимоя қилиш, ўз халқи, оиласи ва юрти осойишталигини асраш – эркак кишининг мардлиги, йигитлигини синаб кўрадиган шарафли […]

Инсонларга меҳр муҳаббатли бўлиш, ислом одобидир

Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг даврларида бир қора аёл масжидни супуриб юрар эди.  У вафот қилганида саҳобалар унинг вафотини унча катта бўлмаган бир иш деб, ўзлари жаноза намозини ўқиб кўмишди. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам унинг вафот этганини эшитгач саҳобаларга дедилар:

-Унинг вафот этганини менга айтсангиз бўлмасмиди? Унинг қабрини менга кўрсатинг! –
ТИИ Модуль таълим тизими талабаси, Тўрақўрғон туман “Исҳоқхон тўра” жоме масжиди имом-хатиби Жаъфархон СУФИЕВ

Mantiq ilmi nima uchun muhim?

Shu o‘rinda “mantiq ilmini o‘rganish kerak emas”, deyuvchilar tomonidan aytilgan bir shubha va uning javobini zikr qilib o‘tsak.
Ular: “Islomning avvalgi asrlarida mantiq ilmi mavjud bo‘lmagan, shunday bo‘lsa-da, mujtahid ulamolarimiz mantiq ilmiga ehtiyoj sezmagan holda dalillar, ta’riflar, ularning shartlari va turlari to‘g‘risidagi barcha ma’lumotni bilganlar. Demak, mantiq ilmini o‘rganish kerak emas”, deya zikr qiladilar.

Ushbu shubhaga quyidagicha javob beriladi: “Ha, u zotlar mantiq ilmini o‘rganmaganlar. Ammo, o‘zingiz aytganingizdek, ular biz nazarda tutayotgan ilmlar, ma’lumotlar, ta’rif va dalillarning qanday ekanligi, qanday bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida barcha ma’lumotlarga ega bo‘lganlar. Biz “mantiq ilmini o‘rganish kerak”, degan gapimiz bilan, ana shu ma’lumotlarni bilishni nazarda tutayapmiz”.

Bu xuddi nahv ilmiga o‘xshaydi. Ma’lumki,…

Qanday qilib olov suv ostida o‘chmaydi?

Qur’on va hadis nuri o‘n to‘rt asrdirki, insoniyatni ilmga, tafakkurga va hidoyatga chorlab kelmoqda. Ilm-fanning turli sohalari birin-ketin kashf etayotgan haqiqatlar esa vahiy yog‘dusining nechog‘lik chuqur va abadiy ekanini yana bir bor yoritib bermoqda.

Yer yuzining eng sirli, eng chuqur va eng jim dunyosi – okean tubi. Uning zulmat bag‘rida inson ko‘zi hech qachon o‘zicha kuzata olmaydigan ulkan kuchlar yashirin. Qorong‘u tubda ba’zan yorqin chiroqdek qizil nurlar porlaydi, bug‘, gaz pufakchalari ko‘tariladi va go‘yo suvning o‘zidan olov alangalanayotgandek manzara yuzaga keladi. Bu manzarani ko‘rgan kishi beixtiyor hayratga cho‘madi – Toshkent islom instituti talabasi Munavvaraxon ISLOMIDDIN QIZI

ANTIKORRUPSION MUHIT – IJTIMOIY KELAJAK ASOSI

Bugungi globallashuv davrida jamiyat taraqqiyoti, davlat boshqaruvi samaradorligi va fuqarolarning farovon hayoti bevosita korrupsiyaga qarshi kurash tizimining qanchalik puxta yo‘lga qo‘yilganiga bog‘liq. Korrupsiya ijtimoiy adolatni yemiruvchi, qonun ustuvorligiga putur yetkazuvchi va fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchini susaytiruvchi eng xavfli illatlardan biridir. Shu bois antikorrupsion muhitni shakllantirish nafaqat huquqiy zarurat, balki ijtimoiy kelajakning mustahkam asosi hisoblanadi.

Antikorrupsion muhit — bu jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat, ochiqlik, shaffoflik va qonun ustuvorligi tamoyillariga asoslangan ijtimoiy-axloqiy makondir. –

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sh.Badiyev