Zahiriddin Muhammad Bobur – buyuk shoir, davlat arbobi va ilm-ma’rifat homiysi sifatida islomiy madaniyat va adabiyot rivojiga katta hissa qo‘shgan tarixiy shaxslardan biridir. U nafaqat Movarounnahr va Hindistonda o‘z saltanatini barpo etgan, balki o‘zining ijodi bilan ham islomiy qadriyatlarni aks ettirgan. - 303- guruh talabasi Qodirova Mehrinoz
Alisher Navoiy o‘zbek adabiyoti va madaniyatining buyuk namoyandalaridan biri bo‘lib, Sharq Uyg‘onish davrining eng yirik shoir va mutafakkirlaridan sanaladi. Uning ijodi nafaqat adabiyot, balki tilshunoslik, falsafa, tasavvuf va siyosat sohalarida ham muhim ahamiyat kasb etadi. - Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi xodimi R.Oltinboyev
Sharq adabiyotida hali hech kimga hazrat Navoiychalik ko‘p g‘azal yozishlik nasib qilmagan. Bu faqatgina sonda emas, balki ularning mohiyatida ham o‘z aksini topgan. Bu haqida Abdurahmon Jomiy “Bahoriston” asarida shunday yozadi: “Turkiy tilda hech kim Navoiydek koʻp va xoʻp sheʼr aytmagan hamda nazm gavharlarini sochmagan edi”. - 203-guruh talabasi Toshboyeva Madina