islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Iyun 3, 2024

Day

Emotsional intellektnining sog’liqqa ta’siri

Sog’lik o’zi nima? Sog’lik bu jismoniy, ruhiy va hissiy jihatdan barokatga erishishni anglatadi. Ya’ni sog’lik tushunchasi faqat tanaga emas, ruhiyat va hislarimizga ham tegishli. Biz bir butunlikda ham jisman, ham ruhan ham emotsional jihatdan o’zimizni yaxshi his qilsakkina, sog’lommiz deyishimiz mumkin. Chunki bizning tanamiz, hislarimiz va ruhiyatimiz bir-biriga chambarchas bog’liq. Miyangizdagi har qanday his yoki o’y tanangizdagi qaysidir gormon ko’proq yoki kamroq ishlab chiqarilishiga sabab bo’ladi... - TII 4-kurs talabasi Saidakbarxo’jayeva Halima

Hanafiy mazhabining rivojlanish bosqichlari

Mazhab so‘zi lug‘atda yo‘l, yo‘nalish ma’nolarini anglatsa, istelohda shar’iy dalillardan fatvolar chiqarishda maxsus usul va qoidalarga tayanib ish ko‘rgan mujtahidning yo‘liga aytiladi. Ma’lumki, Islom olamining ahli sunna toifasi ichida to‘rtta fiqhiy mazhablar mavjud. Ular: Hanafiy, Molikiy, Shofe’iy va Hanbaliy mazhablaridir. Darvoqe, bu mazhablar kelib chiqishidan oldin ham turli mazhablar mavjud bo‘lib, u mazhablar muayyan bir shaxs nomi bilan emas balki, shahar va mintaqa aholisi nomi bilan atalgan. Masalan, Madinaliklar mazhabi, Makkaliklar mazhabi va hokazo. O‘z navbatida mazkur shahar yoki mintaqa aholisi o‘sha yerdagi ulamolarning fatvolariga amal qilishar edi...- Toshkent islom instituti talabasi G‘ofurjanov Muhammadnabi