islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Iyun 2, 2025

Day

MUHADDISNING KUYOVI VA SHOGIRDI ALLOMA IBNI KASIR

U kishi imom, hofiz, muhaddis, tarixchi bo‘lib, asl ismi Ismoil ibn Umar ibn Kasir ad-Dimashqiy ash-Shofiiy, kunyalari esa Abulfidodir. 700-hijriy, milodiy 1301 yilda Shomdagi Busro viloyatining Mijdal qishlog‘ida tavallud topgan. Tafsir ilmiga oid mo’tabar kitob yozgani uchun ulamolar tomonidan Imoduddin dеya sharaflangan. Alloma Ibn Kasir ilmli, dindor oilada o‘sdi. Ibn Kasirning oilasi haqida aniq va keng manbalar saqlanib qolmagan. Biroq, mavjud tarixiy manbalarga ko‘ra, uning oilasi va shaxsiy hayoti haqida quyidagi ma’lumotlar bor. Ibn Kasirning otasi Shayx Umar ibn Kasir bo‘lib, u fiqh va islomiy ilmlar bilan shug‘ullangan. Imom Ibn Kasirning otasi voiz Shihobiddin vafot etganligi sababli, katta akasi qo‘lida tarbiyalangan. Ibn Kasir o‘z qaramog‘ida o‘sgan ukasi haqida: “U bizga birodar, bizga mehribon hamroh edi”, dedi. Imom Ibn Kasir hijriy sakkizinchi asrning ko‘plab voqealariga guvoh bo‘lgan. O’sha davrda hukmronlik Mamluk davlati bo’lib, VIII asrda sodir bo’lgan voqealar orasida tatarlarning islom davlatiga hujumi, ocharchilikning tarqalishi va ularning islom davlatiga o’tishi, epidemiya va kasalliklarning tarqalishi bor. Bu voqealar millionlab odamlarning hayotiga zomin bo’ldi va bir asrda bir necha urushlar sodir bo’ldi. Ulardan eng ko‘zga ko‘ringanlari musulmonlar va salibchilar o‘rtasidagi urush , shahzoda va vazirlar o‘rtasida davlatga qarshi fisq va fitnalarning tarqalishi edi. Bu davrni o’rab olgan barcha urushlar, fitnalar va kasalliklarga qaramay, u hali ham maktablarning tarqalishi va yozuvning gullab-yashnashi bilan ifodalangan ilmiy faoliyat davri edi. Ibn Kasir o‘sib-ulg‘aygan uy din uyi edi. Otasi va`zgo`y bo’lgan va bu Ibn Kasirning rahimahullohning o`sib ulg`ayishida kata ta’sir qilgan. Ibn Kasirning otasi Ibn Kasir to‘rt yoshida, boshqa bir rivoyatda esa yetti yoshida vafot etgani aytiladi. Uning vafotidan keyin uning oilasi Damashq shahriga ko’chib o’tdi va uning oilasi Al-Nuriya maktabi yoniga joylashdi. Bo‘lajak olimning oilasini amakilari Abdulvahhob o‘z himoyasiga oldi va akasining oilasining tinchligi va farovonligi uchun bor kuch va g‘ayratini ayamadi. Kеyinchalik mazkur amakilari haqida Ibn Kasir shunday dеb eslagan: “Bir tug‘ishgan amakim bor edilar. Bizga o‘ta mеhribon va g‘amxo‘r edi. U kishi 750-hijriyda vafot etgan. Ilk ilmni ushbu amakimning qo‘llarida olganman. Amakimdan qiyin ilmlarni ham osonlik bilan Alloh nasib etganicha oldim”[1]. Imom Ibn Kasir yoshligida “Ahkam al-tanbih” nomli kitob yozgan. Shayx Al-Burhon bu kitobdan qoyil qolgan va uni maqtagan. Ibn al-Imod rahimahulloh Ibn Kasirni ta’riflar ekan, deydi: “U juda hushyor, kamdan-kam unutuvchan va yaxshi tushunar edi. “At-Tanbih” kitobini va Ibn al-Hojibning “Muxtasarini” yod oldi, so’ng hadisga murojaat qildi, uning matnlarini va rivoyatlarini eshitdi”. Imom al-Buxoriyning “As-Sahih”, Imom Muslimning “Al -Jomi’ as-Sahih”, Bayhaqiyning “Sunan al-Kubra”sining ba’zilari, u hali hayotining cho‘qqisida bo‘lganida Musnadi Shofi’iyni va boshqa hadis kitoblarini eshitgan. Imom Ibn Kasir islom ilmlarining bir nechasi bo`yicha ustunlik qilgan . Jumladan, fiqh, tafsir, grammatika, hadis va boshqalar. Ibn Kasir juda yoshligida otasidan ayrilgan, shuning uchun uning ta’lim olishi va tarbiyasi ustozlari va katta akasi tomonidan davom ettirilgan. Ibn Kasirning ustozi va qaynotasi. Ibn Kasir o‘zining mashhur ustozlaridan biri bo‘lgan Al-Mizzining qizi bilan turmush qurgan. Al-Mizzi hadis ilmining ulkan allomalaridan biri bo‘lib, “Tahzib al-Kamal” asari bilan mashhur. Ibn Kasir ustozi Al-Mizzining ta’sirida ilmiy faoliyatini rivojlantirgan va uning qizi bilan nikohlanishi bu ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlagan. Ibn Kasirning farzandlari haqida tarixiy manbalarda ko‘p ma’lumot uchramaydi. Biroq, uning oilasi...

Энг савобли амал

Касалнинг кўнглини кўтариш суннат амалдир. Сиз беморга таскин ва тасалли беришда давом этинг. Албатта соғайиб кетиши ва Аллоҳ хоҳласа ҳали кўп яшаши ҳақида гапириб кўнглини кўтаринг. Расули акрам алайҳиссалом шундай марҳамат қилганлар: إذا دَخَلْتُمْ عَلَى الْمَرِيض فَنَفِّسُوا لَهُ فِي أَجَلِه فَإِنَّ ذَلِكَ لايَرُدُّ شَيْئًا وَيُطَيِّب نَفْسَهُ “Бемор ҳузурига кирганингизда унинг ажали ҳақида тасалли беринг. Бу албатта қазони қайтармайди, лекин унинг кўнглини хуш қилади” (Имом Термизий ривояти). Ушбу ҳадисдаги “Унинг ажали ҳақида тасалли беринг” дегани беморга умри иншоаллоҳ узун бўлиши, ҳали кўп яшаши ва бу дарддан албатта фориғ бўлиб, тузалиб кетиши ҳақида таъкидлаб, кўнглини кўтаринг, деган маъноларни англатади. Шунингдек, беморга кўрган заҳматлари гуноҳлари учун каффорат бўлишини ҳам эслатиш марғуб амал саналади. Имом Бухорий ривоят қилишларича, Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васаллам бемор зиёрат қилсалар: “لابأس، طهور إن شاءالله” “Лаа баъс, тоҳур иншоаллоҳ”, яъни “Зарари йўқ (тузалиб кетасиз), иншоаллоҳ, бу касаллик туфайли гуноҳларингиз ювилади”,– деб айтардилар. Шу билан бирга, бемор дўстингиз Аллоҳ таолодан яхши гумонда бўлишига, ундан тузалиб кетишини сўраб дуо қилиши кераклигини айтинг. Аллоҳ таоло бандасига берган ҳар қандай касаллик ёки мусибат беҳикмат бўлмаслиги, агар сабр қилса, банда жуда катта ажрларга эга бўлишини айтиб, унинг имонини мустаҳкамланг. Бу борада қуйидаги ҳадиси шарифни ҳам эслатиб ўтиш фойдадан холий эмас: عَنْ جَابِرٍ رضي الله عنه، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: يَوَدُّ أَهْلُ الْعَافِيَةِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ حِينَ يُعْطَى أَهْلُ الْبَلَاءِ الثَّوَابَ لَوْ أَنَّ جُلُودَهُمْ كَانَتْ قُرِضَتْ فِي الدُّنْيَا بِالْمَقَارِيضِ. رَوَى التِّرْمِذِيُّ هَذِهِ السَّبْعَةَ. Жобир розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: “Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Қиёмат куни мусибат аҳлига савоб берилган пайтда офият аҳли дунёда терилари қайчи билан қийилган бўлишини орзу қиладилар”, дедилар (Имом Термизий ривоятлари). Энг афсусланарли ҳолат ҳақли кишиларга эътиборсиз бўлинади.  Имом Аҳмад роҳимаҳуллоҳ ўзининг “Муснад”ида саҳобий Абдуллоҳ ибн Азҳар розияллоҳу анҳудан ҳадис келтиради:  “Ҳунайн жангида Холид ибн Валид розияллоҳу анҳу жароҳатланди. Аллоҳ таоло кофирларни мағлуб қилганидан сўнг Набий саллоллоҳу алайҳи ва саллам мусулмон аскарлари ичида юриб Холид розияллоҳу анҳуни қидирдилар: – Холидни ким кўрди? Менга Холид ётган жойни кўрсатинглар!  Биз Набий саллоллоҳу алайҳи ва салламга Холид ётган жойни кўрсатдик. У зот Холиднинг олдига бориб унинг жароҳатига ўзлари қарадилар!”.  Катталигингиздан сал пастроқ тушинг. Камтарроқ бўлаверинг. Бирор ишчингиз бемор бўлса уни бориб кўринг. Бу ишингиз билан унинг қалбига эга бўласиз.  Бир мискин яқинини йўқотса унга ҳамдард бўлинг. Бу билан унинг кўнглини оласиз.  Бирор ишчингиз кўринмай қолса уни суриштиринг. Бундан у саодат туяди.  Тўғри, биз инсонлар учун эмас, Аллоҳ учун амал қиламиз. Аммо ўша Аллоҳ кўнгил олишни Ўзининг шариатида ибодат даражасига кўтарган! Беморни зиёрат қилиш мусулмоннинг мусулмон биродари зиммасидаги ҳақларидан биридир. Беморни зиёрат қилмоқчи бўлган киши қуйидаги одоблар билан одобланиши лозим бўлади. -Эзгу ният қилиш; -Бемор зиёратини ортга сурмаслик; -Ёш бола бемор бўлса ҳам кўргани бориш; -Ғайридин беморни ҳам кўргани бориш жоиз; -Ҳушсиз бўлган беморни кўргани бориш; -Енгил дард билан оғриган беморни ҳам кўргани бориш; -Бемор зиёратига пиёда бориш. Зеро, унинг савоби кўпроқдир. -Беморга ноқулайлик туғдирмайдиган вақтда бориш; -Беморнинг яқинларидан беморнинг соғлиғи ҳақида сўраб туриш; -Беморнинг бош тарафида ўтириш; -Бемордан аҳволи қандайлигини сўраш; -Беморга касалликнинг савоблари ҳақида хушхабар бериш; -Беморга тақдирга рози бўлиш ва сабрли бўлиш лозимлигини эслатиш; -Беморни ғазабланишдан ва касалликни сўкишдан қайтариш; -Беморнинг аъзоларига қўлни...

Nikohdagi muvofiqlik: Islomiy va zamonaviy qarashlar

Nikoh — Islomda eng muqaddas rishtalardan biridir. U faqatgina ikki insonning o‘zaro shaxsiy ittifoqi bo‘lib qolmay, balki jamiyatning axloqiy va ijtimoiy tuzilmasiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi muhim institutdir. Islomda, nikohga alohida e’tibor qaratilgan. Nikoh ibodat maqomida ko‘riladi. Bu borada mashhur hanafiy olimi Ibn Obidin rahmatullohi alayh quyidagi fikrni bildirgan: “Odam alayhissalomdan to qiyomatgacha ibodat qilib belgilangan hamda jannatda ham davom etadigan amal ikkita bo‘lib, birinchisi — iymon, ikkinchisi — nikohdir.” Bu fikr nikohning ilohiy qadriyat ekanini anglatadi. Nikoh orqali oila barpo etiladi. Oila esa jamiyatning eng kichik, ammo eng muhim birligi sanaladi. Alloh taolo Qur’oni karimda marhamat qiladi: “Va sizlarga sokinlik topishingiz uchun o‘zingizdan juftlar yaratganligi va orangizda sevgi va marhamatni solib qo‘ygan (ham) Uning oyat–belgilaridandir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.” (Rum surasi, 21-oyat). Bu oyat nikohning faqat jismoniy emas, balki ruhiy, hissiy va ma’naviy jihatdan uyg‘unlikni ta’minlovchi ilohiy muassasa ekanini ko‘rsatadi. Nikohni barqaror, sog‘lom va mas’uliyatli tarzda qurish uchun Islomda muayyan mezonlar — xususan kafoat (tenglik) talabi ilgari suriladi. Kafoat lug‘aviy jihatdan “tenglik”, “moslik”, “muvofiqlik” degan ma’nolarni anglatadi. Fiqhiy istilohda nikohda erkak bilan ayol o‘rtasida muayyan jihatlar bo‘yicha muvofiqlik bo‘lishi lozimligini bildiradi. Bu muvofiqlik faqat shaxsiy istak emas, balki ijtimoiy barqarorlik va axloqiy muvozanatni saqlash maqsadida belgilangan mezondir. Hanafiy mazhabi ulamolari kafoatni nikohning maqbul va uzoq muddatli bo‘lishi uchun zarur omil deb hisoblashgan. Kafoat mezonlari vaqt o‘tishi bilan ba’zi tafsilotlarda farq qilgan bo‘lsa-da, uning asosiy mohiyati o‘zgarmagan: Er va xotin o‘rtasida din, axloq, moliyaviy ahvol, ijtimoiy maqom va boshqa muhim jihatlar e’tiborga olinishi kerak. Eng muhim mezon — bu diniy muvofiqlikdir. Ulamolar diniy yetuklikni nikoh uchun birinchi darajali ahamiyatga ega deb bilishgan. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: “Agar sizlarga dini va xulqi sizni rozi qiladigan biri (qizingizga sovchi bo’lib kelsa) qizingizni unga turmushga bering. Agar buni qilmasangiz, yer yuzida fitna va katta buzuqlik paydo bo‘ladi” deganlar. Bu hadisdan ko‘rinadiki, erkakning taqvodorligi, dinni tushunishi, ibodat va axloqiy pokligi eng muhim ustuvorlik hisoblanadi. Dindor ayolni fosiq erkakka berish, nafaqat oilaning, balki jamiyatning barqarorligiga ham xavf tug‘diradi. Tenglik yana nasabda ya’ni bo’lajak kuyov kelinga nasl-nasabda teng bo’lishi e’tiborga olinadi. Chunki faxrlanish nasl- nasab tufayli kelib chiqadi. Nasl noma’lum bo’lsa, tenglik hisoblanmaydi. Nasl-nasabi aniq bo’lmagan erkak nasl-nasabi ma’lum bo’lgan qizga teng bo’la olmaydi. Nasabning muhimli kelin-kuyovning oilalari orasida muvofiqlik bo’lishi va oilaviy qadiryatlarni bir-biriga mos kelishiga asoslanadi. Bu esa kelgusida oilada kelib chiqadigan ziddiyatlarning oldini olish va barqarorlikni saqlashga xizmat qiladi. Moliyaviy jihatdan tenglik. Erkakning ayolga nafaqa berish qobiliyati fiqhda zaruriy shartlardan biridir. Shuningdek, bu mezon kafoat mezonlari ichida ham e’tiborga olinadi. Ba’zi fuqaholar erkakning kasbi va ijtimoiy maqomini ham kafoat mezonlariga kiritishgan. Chunki ayrim jamiyatlarda kasb-hunar oilaning obro‘siga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bugungi kunda kafoat masalasiga kengroq nuqtai nazardan yondashilmoqda. Endilikda faqat nasl-nasab yoki kasb emas, balki quyidagi jihatlar ham muhim o‘rin tutadi. Ma’naviy uyg‘unlik: Hayotiy qarashlar, diniy e’tiqod darajasi va ruhiy holatning o‘zaro mosligi, ta’lim darajasi, bilim saviyasi va fikrlash tarzi o‘rtasidagi moslik. Oilaviy madaniyat: Har ikki tarafning oila qadriyatlariga munosabati va axloqiy uyg‘unligi, halollik, fidoyilik, sabr-toqat kabi insoniy fazilatlarning mavjudligi ham e’tiborli va zaruriy ishlardan hisoblanadi. Ushbu zamonaviy...