islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

MUHADDISNING KUYOVI VA SHOGIRDI ALLOMA IBNI KASIR

U kishi imom, hofiz, muhaddis, tarixchi bo‘lib, asl ismi Ismoil ibn Umar ibn Kasir ad-Dimashqiy ash-Shofiiy, kunyalari esa Abulfidodir. 700-hijriy, milodiy 1301 yilda Shomdagi Busro viloyatining Mijdal qishlog‘ida tavallud topgan. Tafsir ilmiga oid mo’tabar kitob yozgani uchun ulamolar tomonidan Imoduddin dеya sharaflangan. Alloma Ibn Kasir ilmli, dindor oilada o‘sdi.

Ibn Kasirning oilasi haqida aniq va keng manbalar saqlanib qolmagan. Biroq, mavjud tarixiy manbalarga ko‘ra, uning oilasi va shaxsiy hayoti haqida quyidagi ma’lumotlar bor.

Ibn Kasirning otasi Shayx Umar ibn Kasir bo‘lib, u fiqh va islomiy ilmlar bilan shug‘ullangan. Imom Ibn Kasirning otasi voiz Shihobiddin vafot etganligi sababli, katta akasi qo‘lida tarbiyalangan. Ibn Kasir o‘z qaramog‘ida o‘sgan ukasi haqida: “U bizga birodar, bizga mehribon hamroh edi”, dedi. Imom Ibn Kasir hijriy sakkizinchi asrning ko‘plab voqealariga guvoh bo‘lgan. O’sha davrda hukmronlik Mamluk davlati bo’lib, VIII asrda sodir bo’lgan voqealar orasida tatarlarning islom davlatiga hujumi, ocharchilikning tarqalishi va ularning islom davlatiga o’tishi, epidemiya va kasalliklarning tarqalishi bor. Bu voqealar millionlab odamlarning hayotiga zomin bo’ldi va bir asrda bir necha urushlar sodir bo’ldi. Ulardan eng ko‘zga ko‘ringanlari musulmonlar va salibchilar o‘rtasidagi urush , shahzoda va vazirlar o‘rtasida davlatga qarshi fisq va fitnalarning tarqalishi edi. Bu davrni o’rab olgan barcha urushlar, fitnalar va kasalliklarga qaramay, u hali ham maktablarning tarqalishi va yozuvning gullab-yashnashi bilan ifodalangan ilmiy faoliyat davri edi. Ibn Kasir o‘sib-ulg‘aygan uy din uyi edi. Otasi va`zgo`y bo’lgan va bu Ibn Kasirning rahimahullohning o`sib ulg`ayishida kata ta’sir qilgan. Ibn Kasirning otasi Ibn Kasir to‘rt yoshida, boshqa bir rivoyatda esa yetti yoshida vafot etgani aytiladi. Uning vafotidan keyin uning oilasi Damashq shahriga ko’chib o’tdi va uning oilasi Al-Nuriya maktabi yoniga joylashdi. Bo‘lajak olimning oilasini amakilari Abdulvahhob o‘z himoyasiga oldi va akasining oilasining tinchligi va farovonligi uchun bor kuch va g‘ayratini ayamadi. Kеyinchalik mazkur amakilari haqida Ibn Kasir shunday dеb eslagan: “Bir tug‘ishgan amakim bor edilar. Bizga o‘ta mеhribon va g‘amxo‘r edi. U kishi 750-hijriyda vafot etgan. Ilk ilmni ushbu amakimning qo‘llarida olganman. Amakimdan qiyin ilmlarni ham osonlik bilan Alloh nasib etganicha oldim”[1].

Imom Ibn Kasir yoshligida “Ahkam al-tanbih” nomli kitob yozgan. Shayx Al-Burhon bu kitobdan qoyil qolgan va uni maqtagan. Ibn al-Imod rahimahulloh Ibn Kasirni ta’riflar ekan, deydi: “U juda hushyor, kamdan-kam unutuvchan va yaxshi tushunar edi. “At-Tanbih” kitobini va Ibn al-Hojibning “Muxtasarini” yod oldi, so’ng hadisga murojaat qildi, uning matnlarini va rivoyatlarini eshitdi”. Imom al-Buxoriyning “As-Sahih”, Imom Muslimning “Al -Jomi’ as-Sahih”, Bayhaqiyning “Sunan al-Kubra”sining ba’zilari, u hali hayotining cho‘qqisida bo‘lganida Musnadi Shofi’iyni va boshqa hadis kitoblarini eshitgan. Imom Ibn Kasir islom ilmlarining bir nechasi bo`yicha ustunlik qilgan . Jumladan, fiqh, tafsir, grammatika, hadis va boshqalar. Ibn Kasir juda yoshligida otasidan ayrilgan, shuning uchun uning ta’lim olishi va tarbiyasi ustozlari va katta akasi tomonidan davom ettirilgan.

Ibn Kasirning ustozi va qaynotasi. Ibn Kasir o‘zining mashhur ustozlaridan biri bo‘lgan Al-Mizzining qizi bilan turmush qurgan. Al-Mizzi hadis ilmining ulkan allomalaridan biri bo‘lib, “Tahzib al-Kamal” asari bilan mashhur. Ibn Kasir ustozi Al-Mizzining ta’sirida ilmiy faoliyatini rivojlantirgan va uning qizi bilan nikohlanishi bu ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlagan.

Ibn Kasirning farzandlari haqida tarixiy manbalarda ko‘p ma’lumot uchramaydi. Biroq, uning oilasi ilmlarga yaqin bo‘lib, Damashqda obro‘li oilalardan biri hisoblangan.

1345-yilda qaynotasining vatani boʻlmish Mizzada qurilgan yangi masjidda xotib boʻlib tayinlanadi. 1366-yilda Damashqning Buyuk Masjidida mutaxassis darajasiga koʻtariladi.

Ad-Dovudiy “Tabaqotul-mufassirin” kitobida shunday yozadi: “Ibn Kasir olimlar va hofizlarning ulug‘laridan, mufassirlarning suyanchig‘i edi. Imom Az-Zahabiyning vafotidan keyin Ibn Kasir Damashqdagi “Ummus-Solih” tafsir maktabiga, Imom As-Sabukiydan keyin esa “Al-Hadis al-Ashrafiyya” maktabiga Shayx(mudir) bo‘lgan. Keyin esa hibs qilingan. Ibn Kasir 774 hijriy yilda Damashqda vafot etdi va “Maqbarai Sufiyya”ga ustozi Ibn Taymiyyaning yoniga dafn etilgan[2].

Yetti yoshli Ismoil otasi vafot etgandan keyin akasi bilan Damashqqa keldi. Damashqda Ibn Ash-Shahna, Al-Omadiy, Ibn Asokir va boshqa ulug‘ olimlar huzurida dars oldi.

Ibn Kasir benihoya ilmga ega edi. Shuning uchun ko‘p olimlar unga turli masalalarda, xususan, tafsir, hadis va tarix bo‘yicha murojaat qilardilar. Ibn Hajarning yozishicha, Ibn Kasir mutolaa paytida hadislarning matnlarini va roviylarini yod olardi. Tafsir ilmini jam qilgan, ahkomlar haqida kitob yozishni boshlagan, lekin nihoyasiga yetmay qolgan edi. Tarix ilmi bo‘yicha “Al-Bidoya van-Nihoya” nomli kitob yozgan, shofeiy olimlarining tabaqotini tuzgan, Imom Al-Buxoriyning “Sahih”iga sharh boshlagan.

Uning yozgan asarlari hayotlik paytidayoq turli shaharlarga tarqalgan edi, vafotidan keyin ham xalq undan istifoda etmokda. Ibn Kasir faqih olimlarning muhaddisidir. Ibn Kasir Ibn Salohniig hadis kitobini muxtasar qilgan va uning ancha foydali jihatlari mavjud.

Imom az-Zahabiy “Al-Mu’jam al-muxtas” kitobida shunday yozgan: “Ibn Kasir ulug‘ muftiy, o‘tkir faqih, bilimdon muhaddis, naqqol (naql qiluvchi) mufassir, uning juda ko‘p asarlari mavjud”. Xuddi shunday ta’riflar “Shazarotuz-zahab” kitobi muallifi Ibn Habib, uning shogirdi Ibn Hajjiy tomonidon ham berilgan[3].

Allomaning ustozlari sifatida quyidagi zotlarni kеltirib o‘tish mumkin: Shayxul islom Abulabbos Ahmad ibn Taymiya, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad az-Zahabiy, Shayx Abulabbos Ahmad ibn Shahina, Shayx Abu Ishoq Ibrohim al-Fazoriy, Kamoliddin Abdulvahhob ibn Qozi Shahba, Shayx Shamsuddin Abu Nasr Muhammad Shеroziy, Shayx Isbahoniy, Shayx Bahouddin al-Qosim ibn Asokir, Shayx Umar ibn Abubakr al-Bustiy va boshqalar.

Allomaning shogirdlari sifatida esa quyidagilarni kеltirib o‘tish mumkin: Hofiz Alouddin ibn Hujjiy ash-Shofiiy, Muhammad ibn Abu Muhammad ibn al-Jazariy, o‘g‘illari Muhammad ibn Ismoil ibn Kasir, Imom Ibn Abu-l-Izz al-Hanafiy, Hofiz Abul Mahosin al-Husayniy va boshqalar.

Ulamolarning Ibn Kasir haqlarida aytgan fikrlari:

Hofiz Zahabiy shunday dеydi: “U kishi imom, muftiy, muhaddis, faqih, mufassir edilar. Fiqh va hadisga oid matnlarni va ularning roviylarini batafsil o‘rgandilar”.

Alloma Ibn Nosiruddin shunday dеydi: “Shayx, imom, alloma, hofiz Imoduddin muhaddislarning eng ishonchlisi, tarixchilarning ustuni, mufassirlarning pеshqadami edilar”[4].

Ibn Tug‘riy Bardiy aytadi: “U zot doim ilm bilan mashg‘ul edilar. Fiqh, tafsir, arab tili va boshqa ilmlarda o‘ta mohir edilar. Vafot etgunlariga qadar fatvo bеrish va dars bеrishdan to‘xtamadilar”[5].

Ibn Hajar Asqaloniy aytadilar: “Barcha xizmatga doim tayyor edilar, o‘rgangan ilmlarining barchasini yoddan bilardilar, kishilarning ko‘nglini olishga, kayfiyatlarini ko‘tarishga juda usta edilar. Yozgan asarlari tirikliklaridayoq turli o‘lkalarga tarqalgan edi, vafotlaridan kеyin ham insonlar mazkur asarlardan ko‘p foyda oldilar”[6].

Ayniy aytadilar: “U zot ulamolar va hofizlar uchun eng yorqin namuna, ma’no va lafz ahli (tilshunoslar, lug‘atshunoslar)ning ustuni edilar. Hadis, tafsir, tarix borasida o‘ta mohir edilar. Zabt va tahrirda u kishiga yetadigani yo‘q edi”.

Dovudiy aytadilar: “U zot matnlarni yodlashga, hadislarning sanadlari, illatlari, roviylarini bilishga hamda tarix ilmini mukammal egallashga kirishdilar va yigitlik chog‘laridayoq bu narsalarning mohir bilimdoniga aylandilar”.

Ibn Kasir o‘z asarlarida Qur’on va sunnatga asoslangan ilmiy yondashuvni qo‘llagan. Hadis ilmini yaxshi bilganligi sababli tafsir va tarixiy rivoyatlarni hadislar bilan tasdiqlab yozgan.

Ibn Kasir islom ilmlari tarixida buyuk alloma, tafsir, hadis va tarix ilmining yetuk bilimdoni sifatida nom qoldirgan olimdir. Uning hayoti ilmga bag‘ishlangan bo‘lib, u Qur’on tafsiri, payg‘ambarlar tarixi va islomiy manbalarni chuqur o‘rgangan holda, o‘zidan boy ilmiy meros qoldirdi.

“Tafsir al-Qur’an al-Azim” (Tafsir Ibn Kasir) bugungi kunda ham eng ishonchli va mukammal tafsirlardan biri hisoblanadi. “Al-Bidoya wan-Nihaya” esa dunyoning yaratilishidan tortib, muallif yashagan davrgacha bo‘lgan tarixiy voqealarni qamrab olgan ulkan asardir.

Ibn Kasir o‘z asarlarida Qur’on va sunnat asosidagi manbalarga suyanish, hadislarning ishonchliligini tekshirish va ahli sunnat e’tiqodiga amal qilish tamoyillariga asoslangan. U asosan quyidagi yondashuvlarni qo‘llagan:

  • Qur’on oyatlarini tafsir qilishda avvalo Qur’onning o‘ziga murojaat qilgan.
  • Hadis va sahobalarning tafsirlarini asosiy dalillar sifatida keltirgan.
  • Tarixiy voqealarni bayon qilishda ishonchli hadislarni asos qilib olgan.
  • Bid’at va noto‘g‘ri qarashlardan uzoq bo‘lishga harakat qilgan[7].

Ibn Kasir faqatgina tarixchi yoki mufassir emas, balki ilmiy an’analarning himoyachisi, Qur’on va hadis asosidagi sof bilimlarni targ‘ib qilgan olimdir. Uning asarlari bugungi kunda ham millionlab musulmonlar tomonidan o‘rganilib, islomiy bilimlarning ajralmas qismi bo‘lib qolmoqda.

Ibn Kasir – Qur’on tafsiri, hadis ilmi va tarixiy tadqiqotlarda buyuk iz qoldirgan olim. Uning asarlari islomiy bilimlarning ajralmas qismi bo‘lib, bugungi kunda ham o‘qilmoqda va o‘rganilmoqda. Ibn Kasir nafaqat o‘z davrining, balki butun islom ilmi tarixining eng muhim olimlaridan biri sifatida tan olinadi.

Ibn Kasirning ilmi uning tafsirini, tarixini o‘qigan har bir tolibga yorqin namoyon bo‘ladi. Tafsirlar ichida va tarix kitoblari ichida uning asarlari eng yaxshi asarlardan biri deb tan olingan.

Ibn Kasir tafsirining yana bir muhim jihati, unda isroiliy rivoyatlardan saqlanishga chaqirilganidir. Shu bilan birga, ba’zi rivoyatlarni keltirilsa ham, uning munkar ekanligini alohida ta’kidlanadi. Masalan: «Eslang, Muso o‘z qavmiga: «Allox, sizlarga (bir) sigir so‘yishlikni buyurdi» (Baqara, 67), oyati karimasining tafsirida Alloh taolo tarafidan yahudiylarga so‘yishlik uchun buyurilgan maxsus sigirning ta’rifini, u sigir yahudiylardan ota-onasining duosini olgan birgina odamning uyida mavjud bo‘lib, juda katta mablag‘ evaziga sotgani haqidagi uzundan-uzun rivoyatlarni batafsil keltirib, oxirida shunday xulosa qiladi: «Bu qissalar Ubayda, Abul Oliya va Saddiylardan rivoyat qilingan bo‘lib, o‘zaro ixtiloflar juda ko‘p. Ko‘rinib turibdiki, hamma rivoyatlar Baniy Isroil kitoblaridan olingan. Ularni naql qilish mumkin, ammo rost ham, yolg‘on ham deyilmaydi. Shuning uchun haqiqatga mos tushadiganiga e’timod qilinadi, mos tushmaydigani tashlanadi».

Shuningdek, Ibn Kasir fiqhiy masalalar tortishuviga ham o‘z tafsiridan katta o‘rin bergan, Ahkom oyatlarining tafsirida ulamolarning dalillari va hujjatlarini batafsil keltirgan. Masalan: «Bas, sizlardan kim bu oyda(Ramazon) hozir bo‘lsa, ro‘zasini tutsin. Kimki bemor yoki safarda bo‘lsa, sanog‘i boshqa kunlardandir» (Baqara, 185.) oyati karimasining tafsirida Ramazon ro‘zasiga taalluqli bo‘lgan to‘rt masalani va bu masalalarning tasdiqlovchisi bo‘lgan olimlarshning dalillarini ham keltirgan.

Xulosa qilib aytganda, Ibn Kasirning tafsiri naqliy tafsirlarning orasida eng yaxshisi ekanligiga mufassir olimlar guvohlik berganlar. Hatto Imom as-Suyutiy «Tazkiratul-huffoz» kitobining ilovasida, Az -Zarqoniy «Sharhul-mavohib» kitobida: «Ibn Kasir tafsiriga o‘xshash tafsir boshqa yaratilmagan», deb baho berganlar.

 TII 403-GURUH TALABASI

 YASHNAROVA M

[1] محمود محمد شاكر. عمدة التفسير. –  بيروت:  دار الغرب الإسلامي. 2001. – ج. 12. – ص 140.

[2] مُحمَّد بن أحمد بن عُثمان بن قايماز الذهبي. سير أعلام النبلاء. –  بيروت: مؤسسة الرسالة. 2003. – ص 334.

[3] مُحمَّد بن أحمد بن عُثمان بن قايماز الذهبي. سير أعلام النبلاء. –  بيروت: مؤسسة الرسالة. 2003. – ص 214.

[4] محمود محمد شاكر. عمدة التفسير. –  بيروت:  دار الغرب الإسلامي. 2001. – ج. 12. – ص 140.

[5] محمود محمد شاكر. عمدة التفسير. –  بيروت:  دار الغرب الإسلامي. 2001. – ج. 12. – ص 412.

[6] نور الدين بن محمد بن حسن بن محمد بن حسن عِتْر. الرحلة في طلب الحديث. –  بيروت: مؤسسة الرسالة. 1998. – ص 211.

[7] محمود محمد شاكر. عمدة التفسير. –  بيروت:  دار الغرب الإسلامي. 2001. – ج. 12. – ص 423.

449140cookie-checkMUHADDISNING KUYOVI VA SHOGIRDI ALLOMA IBNI KASIR

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: