islom-instituti@mail.ru         71-227-42-37
#Maqolalar

Tag

Eng yaxshi suvoriy

Har bir musulmon qalbida ibratli hayoti bilan o'zgacha o'rin olgan sahobalar bo'ladi. Ularning sabrida himmat, sukunatida hikmat, qadamlarida jasorat yashiringan. Abu Qatoda roziyallohu anhu ana shunday ibrat namunasi bo‘lgan sahobalardan biridir, uning har bir amali, har bir so‘zi, har bir qadamida iymonning nafasi seziladi. - Toshkent islom instituti 3-kurs talabasi Ruqayya YUSUFIY

MAHMUDXO‘JA BEHBUDIYNING “MUXTASAR TARIXI ISLOM” ASARI…

XX asr boshlarida Markaziy Osiyo — ayniqsa, Turkiston xalqlari uchun og‘ir sinovlar davri bo‘ldi. Shu murakkab davrda millatni uyg‘otish, ongini yangilash va uni ilm-ma’rifatga chorlashdek og‘ir mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan jadid ziyolilari sahnaga chiqdi. Mahmudxo‘ja Behbudiy ana shu tarixiy shaxslar orasida yetakchi arbob bo‘lib, o‘zining diniy, siyosiy va pedagogik qarashlari bilan ma’rifatparvarlik tarixiga chuqur iz qoldirdi. Uning yozgan asarlari ichida “Muxtasar tarixi islom” nomli risolasi muhim diniy-ma’naviy manba sifatida ajralib turadi. - Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.PARPIYEV

Umar Hayyom – buyuk olim va shoir

Umar Xayyom haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz?  Umar Xayyom (18-may 1048 yil - 4-dekabr 1131 yil) - mashhur fors olimi, shoir, matematik, astronom, fizik, tabib va faylasuf bo‘lgan. Umar Xayyom Isfaxon rasadxonasi ishlariga rahbarlik qilib, matematika, astronomiya sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan. Uning matematika, falakiyotshunoslik, falsafaga oid bir qancha asarlari va kashfiyotlari ma’lum. Umar Xayyom ilmiy asosda yulduz va sayyoralar harakatini o‘rganib,  yulduzlar jadvali (zij), 1079-yilda yangi isloh qilingan taqvim (kalendar) tuzgan. Bu   taqvim Yevropada undan 500 yil keyin joriy qilingan Grigoriy taqvimidan ham aniqroq boʻlgan. - “Tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Faxriddin YERNAZAROV

NAJMIDDIN KUBRO – TASAVVUFNING BUYUK PIRI VA MA’NAVIYAT DARG‘ASI

Markaziy Osiyoda tasavvuf harakati islom ma’naviyatining rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Bu zamin tarix davomida ko‘plab ulug‘ mutasavviflarni yetishtirdi. Ularning orasida Shayx Najmiddin Kubro alohida o‘rin egallaydi. U yuksak darajadagi mutasavvif, islom falsafasi va ruhiy tarbiyaning yetuk nazariyotchisi, ko‘plab muridlar yetishtirgan buyuk murshid bo‘lgan. - Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.PARPIYEV

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf – zamonaviy Islom tafakkurining namoyondasi

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz? Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (1952–2015) – yetakchi alloma, mufassir, mujtahid, faqih va mutafakkir bo‘lgan. Bu zot Islom olamining yirik namoyandasi, ulkan arbobi, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasining sobiq muftiysi, mustaqil O‘zbekiston Respubllikasining birinchi muftiysi, ko‘plab xalqaro ilmiy muassasalar, diniy tashkilotlarning a’zosi va o‘zbekzabon xalqlarning diniy rahnomasi bo‘lgan. - “Tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Faxriddin YERNAZAROV
1 12 13 14 15 16 49