Islom sivilizatsiyasi tarixida Rasululloh Muhammad alayhissalomning hayoti, siyrati va ibratli faoliyati eng yuksak mavzulardan biri sanaladi. Har bir musulmon uchun Payg‘ambar hayotini o‘rganish — iymon, axloq, sabr, fidoyilik va rahm-shafqat namunalarini o‘zlashtirish deganidir. O‘rta Osiyoda bu mavzuda yozilgan asarlar ichida Alihonto‘ra Sog‘uniy tomonidan yaratilgan “Tarixi Muhammadiy” asari alohida o‘rin tutadi. Ushbu asar diniy, tarbiyaviy va ma’rifiy jihatdan chuqur, xalqchil uslubda yozilgan bo‘lib, bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. - Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.PARPIYEV
Alloh taolo insoniyatga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish, ularga haqiqiy hidoyat yo‘lini bayon qilish uchun payg‘ambarlar yuborgan. Payg‘ambarlarga esa ularni ikrom qilish, ularga ergashgan mo‘minlarning iymonlarini yanada ziyoda qilish hamda haqiqatda payg‘ambar ekanliklarini isbotlash uchun turli mo‘jizalar bergan. Quyida mo‘jizaning ta’rifi, turli payg‘ambarlarga berilgan mo‘jizalar haqida to‘xtalib o‘tamiz. - Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti 403-guruh talabasi Saydillayeva Jannnatxon
Islom aqidasida “avliyo” va “karomat” tushunchalari alohida o‘rin tutadi. Qur’oni karimda Alloh taolo O‘zining do‘stlari – valiylarining dunyoda ham, oxiratda ham xavf-xatar va mahzunlikdan omon bo‘lishini xabar beradi. Ulamolarning izohlariga ko‘ra, avliyolar Allohga iymon va taqvo bilan yaqin bo‘lgan, doimo ibodat va zikr bilan band bo‘lgan solih kishilardir. - Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti 403-guruh talabasi Saydillayeva Jannnatxon
Tasavvuf ilmi islom tarixining eng chuqur va boy sohalaridan biridir. Bu yo‘l ruhiy poklik, qalb tarbiyasi va ilohiy haqiqatga yetishish sari intilishni ifodalaydi. Movarounnahrda yashab ijod qilgan yirik mutasavviflardan biri —Shayx Najmiddin Kubro tasavvuf tafakkurining buyuk namoyandasi sifatida tanilgan. - Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.PARPIYEV
Tarixning sahifalari shunchaki sanalardan iborat emas. Ba’zida ularning bag‘rida shunday voqealar yashiringanki, ular insoniyat xotirasida asrlar bo‘yi saqlanadi. Bugungi zikr qiladiganimiz Mo‘ta jangi ham nafaqat islom tarixida, balki, jahon zarvaraqlarida o‘chmas iz qoldirgan muhim voqealardan hisoblanadi. - Toshkent islom instituti 3-kurs talabasi Ruqayya YUSUFIY