Hikoya qilinishicha Abbosiylar xalifasi Horun ar-Rashid zamonida majnun Bahlul ismli kishi bo‘lgan. Bir kuni Horun ar-Rashid qabrlardan bir qabr yonida o‘tirgan Bahlulni yonidan o‘tdi shunda Horun ar-Rashid uni koyib:
“Ey Bahlul ey majnun qachon aqling kiradi”,- dedi.
Shunda Bahlul sakrab turib, daraxt tepasiga chiqib, bor ovozi bilan: “Ey Horun, Ey majnun qachon aqling kiradi”,- dedi.
Horun daraxt ostiga kelib, otning ustida turgan holida unga “Men majnunmi yoki qabr ustida o‘tirgan senmi”,- dedi
Bahlul – “Balki men aqlliman” dedi;
Horun – “Qanday qilib” dedi;
Bahlul – “Horunni qasriga qarab, men buni yo‘q bo‘lib ketishini, so‘ng qabrga qarab buni boqiy qolishini bilaman. Shuning uchun qasrimdan oldin qabrimni obod qildim. Sen esa qabringni obod qilishdan oldin, bu qasringni obod qilding vaholangki sen qabring oxirgi manziling ekanini bilishing bilan birga qasringdan xaroba joyga o‘tishni yoqtirmaysan, endi aytchi qaysi biri majnunlik”,- dedi;
Shunda Horunni qalbi Bahlulni gaplaridan yumshab yig‘lab “Allohga qasam sen to‘g‘ri aytding” dedi va “Ey Bahlul yana nasihat qil” dedi;
Bahlul – “Allohning kalomini lozim tut, senga shu kifoya qiladi” dedi;
Horun – “Biror bir narsada ehtiyojing bormi? Bajaraman” dedi;
Bahlul – “Uch narsada ehtiyojim bor, agar bajarsang senga rahmat aytaman” dedi;
Horun – “So‘ra” dedi;
Bahlul – “Umrimni ziyoda qil” dedi;
Horun – “Qo‘limdan kelmaydi” dedi;
Bahlul – “Meni o‘lim farishtasidan himoya qil” dedi;
Horun – “Bu ham qo‘limdan kelmaydi” dedi
Bahlul – “Meni do‘zaxdan uzoq qilib, jannatga kiritgin” dedi;
Horun – “Bunga ham qodirmasman qo‘limdan kelmaydi” dedi;
Shunda Bahlul Horunga qarab “Sen podshoh emassan balki qulsan, meni esa qullarga ehtiyojim yo‘q” dedi.
Toshkent islom instituti talabasi
Otajonov Nasrulloh