islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Ushr va uning farz bo‘lishi

“Ushr” so‘zi tilimizga arabcha “عشر” (u’shr) so‘zidan kirib kelgan va lug‘atda “o‘ndan bir, 1/10” degan ma’noni anglatadi”. Vaqt o‘tishi bilan bu so‘z fiqhda yer zakotiga oid maxsus atama bo‘lib qoldi. Ziroat mahsulotlarining zakotini “ushr” deb atash, ushbu hadisga asoslanadi: “Yomg‘ir suvi va  daryo suvi bilan sug‘oriladigan tuproq ekinlariga “Ushr”, ya’ni o‘ndan bir, chelak bilan sug‘oriladigan tuproq ekinlari uchun esa “nisfu’l-ushr”, ya’ni “zakotning yigirmadan bir qismi beriladi”, degan hadisning ichidagi “ushr” so‘zi o‘sha ma’noni beradi.

Ushr so‘zining kelib chiqishi islomgacha bo‘lgan ba’zi sivilizatsiyalarda mavjud degan rivoyatlarga asoslanib, sharqshunoslar bu amaliyot aslida islomning o‘ziga xos soliq tizimi ekanligi haqidagi g‘oyaga zarar yetkazmoqchi bo‘lishgan. Ularning da’vosiga ko‘ra: ““Ushr” so‘zi ossuriy tilidagi is-ru-u so‘zidan olingan bo‘lib, bu tilda bu so‘z bug‘doy, xurmo yoki oltindan olinadigan soliq ma’nosini bildiradi”, -deganlar. Ularning yana bir da’vosiga ko‘ra, bu so‘z ibroniycha ma’asher ildizidan olingan bo‘lib, Muso (alayhissalom) qonunlarida majburiy to‘lanishi kerak bo‘lgan soliqni bildiradi[1].

Mustashriqlarning yana bir da’vosi shuki: ““Ushr” so‘zi islomdan oldingi arab jamiyatida ibodatxonalar uchun berilgan soliq ma’nosini bildiradi”, – deganlaridir. Tabiiyki, sharqshunoslar bu soliqlar mana shu ibodatxonalarni qo‘riqlagan odamlarga tushadi, deb ta’kidlaganlar.

Ular Payg‘ambar (alayhissalom) ushrning ibodat bilan bog‘liqligini ongli ravishda butunlay yo‘q qilganliklarini va ehtimol, Janubiy Arabistonda sodir bo‘layotgan voqealar ta’sirida uni soliqning bir turi sifatida to‘lashni xohlashlarini aytishadi[2]. Biroq sharqshunoslarning bu qarashlari ilmiy asosga ega emas. Chunki Payg‘ambar (sollalohu alayhi vasallam) davrlaridan boshlab, asosiy mohiyati ibodat bo‘lgan, zakot turi sifatida qabul qilingan bo‘lib, fiqh kitoblarida “zakotu’z-zuru”, zakotu’l-xarj kabi nomlar bilan tadqiq etilgan. Boshqa tomondan aytishimiz mumkinki, “ushr” so‘zining qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan olinadigan zakotdan boshqa turli soliqlarning nomi bo‘lishi mumkin deb bilishlari, sharqshunoslarning bu soliqning mohiyatini tushunishda jiddiy xatoga yo‘l qo‘yganliklariga sabab bo‘lgan.

Ushrning dalillari:

1. Kitob

Qur’oni karimda zakot haqida juda ko‘p oyatlar mavjud. Bu oyatlar, odatda, zakot berish zarurligini ifoda etsa, ikkinchi tomondan, to‘lamaganlarning oxiratda qanday balolarga duchor bo‘lishlari haqida ma’lumot berib, bu ibodatning muhimligini ta’kidlaydi. Ammo ziroat (yerdan chiqqan) mahsulotlarining zakoti bo‘lgan “ushr” so‘zi Qur’onda tilga olinmagan. Ushr atamasi hadisdan ma’no olib, farzligini “Baqara” surasining 267-oyati va “An’om” surasining 141-oyatidan olingan. Bu haqdagi oyatlarning birinchisida Alloh taolo:

ﮓ  ﮔ   ﮕ  ﮖ  ﮗ  ﮘ  ﮙ  ﮚ  ﮛ  ﮜ   ﮝ  ﮞ  ﮟﮠ  ﮡ  ﮢ  ﮣ  ﮤ  ﮥ  ﮦ   ﮧ  ﮨ  ﮩ  ﮪ  ﮫﮬ  ﮭ  ﮮ  ﮯ  ﮰ  ﮱ   ﯓ 

“Ey iymon keltirganlar! Kasb qilgan pok narsalaringizdan va Biz sizlarga yerdan chiqarib bergan narsalarimizdan sadaqa qilinglar. Nopokni qasd etib sadaqa qilmang. Holbuki, uni o‘zingiz ham oluvchimassiz, magar ko‘z yumsangizgina olasiz. Va bilingki, albatta, Alloh boy va maqtalgan zotdir”[3].

Ko‘pchilik ulamolar tegishli oyatdagi (أنفقوا) “Infoq qil” amrini “zakot beringlar” deb tushunganlar[4]. Ammo ba’zi ulamolar oyatdagi “infoq” so‘zi ixtiyoriy ravishda berilgan sadaqa ma’nosini bildiradi. Bu yerdagi fe’l buyruq ma’nosini emas, fe’li nudbani (undash, qiziqtirish) ifodalaydi, deyishgan. Ibn Atiyya (v. 541/1147) yozishicha, Baro ibn Ozib (vaf. 71/690), Qatodalar (vaf. 117/735) shu fikrda bo‘lishgan. “Jassos (vaf. 370/980) bu masalada salaf va xalaf ulamolari o‘rtasida ixtilof yo‘qligini, chunki buyruq farzlikni ifodalaganligini, shuning uchun oyatdagi “Infoq” ekanligini aytganlar. “Infoq qiling” amri zakot uchun bo‘lishi lozimligini, aks holda bu farazsiz faraz sifatida talqin qilinishi mumkin emasligini va bu oyatdagi “Holbuki, uni o‘zingiz ham oluvchimassiz, magar ko‘z yumsangizgina olasiz” nudba ko‘rinishida bo‘lishi mumkin emasligini aytganlar[5].

2. Sunnat

Fuqaholar qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan ushr berish farzligini bu boradagi hadislardan xulosa qilganlar. Muborak hadislardan birida Muhammad (s.a.v.) aytadilar:

“Yomg‘ir va daryo suvlari bilan sug‘oriladigan tuproq ekinlarida “ushr”, o‘ndan bir, chelak bilan sug‘orilgan tuproq ekinlarining “nisfu’l-ushr”, ya’ni yigirmadan bir zakoti bor”[6].

Ziroat mahsulotlarining zakotiga oid sunnatdan yana bir dalil Muoz ibn Jabaldan rivoyat qilingan quyidagi hadis:

عن معاذ قال بعثني رسول اللّه صلى اللّه عليه وسلم إلى اليمن فأمرني أن آخذ مما سقت السماء العشر وفيما سقى بالدوالي نصف العشر.

«Rasululloh ((((sollallohu alayhi vasallam)))) meni Yamanga yuborganlarida, osmon bilan sug‘oriladigan ekinning o‘ndan bir qismini, asbob-uskunalar bilan sug‘oriladigan hosilning yigirmadan bir qismini olishimni buyurdilar[7]».

Bu va shunga o‘xshash hadislar ziroat mahsulotlaridan undiriladigan ushrni farz qilib, soliq to‘lovchilardan bu ibodatni ado etishlarini so‘raydi. Ammo qaysi mahsulot zakotga tobe bo‘lishi fiqh olimlari o‘rtasida ixtilofli bo‘lib, bu masalaga o‘rni kelganda to‘xtalib o‘tiladi.

3. Ijmo

Tafsilotlar borasida bir qancha ixtiloflar mavjud bo‘lsa-da, barcha mujtahidlar; zakotning o‘ndan bir yoki yigirma bir qismi ziroat mahsulotlaridan olinadi deb ijmo qilishgan[8].

Ushr yer solig‘i bo‘lgani uchun, avvalo, islom fiqhida yerning tuzilishini o‘rganish kerak. Ayniqsa, bugungi islomiy davlatlarda yerdan olingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan ushr undirilmasligi va bu borada ixtiloflar borligi masalaning muhimligini bildiradi. Shuning uchun biz ushr bilan bog‘liq qoidalarni berishdan oldin bu masalaga e’tibor qaratmoqchimiz. Bu masalani yaxshiroq tushunish uchun, birinchi navbatda, Payg‘ambar (s.a.v)ning davrlari va undan keyingi paytlarda ko‘plab turli fikrlar mavjud bo‘lib, keyingi fiqh bazasi shu davr qarashlari bilan yaratilgan.

Toshkent islom instituti talabasi

Ergashev Oybek

[1] Адолф Гроҳманн. “Усҳур” китоби, ИА, ИХ. -Б. 482.

[2] Адолф Гроҳманн. “Усҳур” китоби, ИА, ИХ. -Б. 482.

[3] Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. Тафсири Ҳилол. – Тосҳкент: Ҳилол насҳр насҳриёти, 2008-йил. -Ж. 1. -Б. 143/640.

[4] Имом Ҳофиз Имадуддин Абулфидо Исмоил ибн Умар Ибн Касир Дамасҳқий. Тафсирул Қуръанил Аъзим. -Байрут: Дарул кутубил Илмийя, 2006-йил. -Ж. 4. -Б. 342.

[5] Имом Қуртубий. Алжомиъ лиаҳкамил Қуръон. -Байрут: Дарул кутубул илмийя. -Ж. 4. -Б. 342.

[6] Имом Бухорий. Соҳиҳул Бухорий. -Байрут: Муассасатур рисола Носҳур, 2021-йил. -Ж. 1.  -Ҳ. 55.

[7] Имом Насоий. Сунани Насоий. -Байрут: Муассасатур рисола Носҳур, 2021-йил. -Ж. 1.  -Боб 25.

[8] Алауддин ибн Масъуд ал-Косоний ал-ҳанафий. «Бадоиъус Саноиъ фи тартибисҳ сҳароеъ». – Байрут: Дорул кутубил илмийя, 1997 й. -Б. 54.

429860cookie-checkUshr va uning farz bo‘lishi

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: