islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Turmush o’rtoqlarni yarashtirish usullari – Nikoh

طرق الإصلاح بين الزوجين – موضوع

الزواج

قال -تعالى- في محكم كتابه: (وَمِنْ آيَاتِهِ أَنْ خَلَقَ لَكُم مِّنْ أَنفُسِكُمْ أَزْوَاجًا لِّتَسْكُنُوا إِلَيْهَا وَجَعَلَ بَيْنَكُم مَّوَدَّةً وَرَحْمَةً إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَاتٍ لِّقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ)،[١]

فالزواج رباط وثيق وميثاق غليظ، الحياة الزوجية إنما وجدت لتستمر، فلا تجد بين أحد في الغالب مثلما بين الزوجين من المودة والرحمة، فمن رحمة الله -تعالى- بالعباد، ومن دلالات قدرته وحكمته أن خلق لكم من نفس جنسكم، زوجات تسكنون إليهن.[٢]

والرجل يمسك المرأة ويبقيها عنده إما لأنه يحبها، أو لأنّ له منها ولد أو لحاجتها له في الإنفاق أو للألفة، واستمرار الحياة الزوجية إنما يكون بصلاح الزوجين، ومداومتهما على طاعة الله -تعالى-، وتكاد لا ترى بيت يخلو من المشكلات والعقبات، حتى بيت النبي -صلى الله عليه وسلم- لم يسلم من الخلاف.[٣]

Turmush o’rtoqlarni yarashtirish usullari – Nikoh

Alloh taolo O‘zining hal qiluvchi kitobida shundaymarhamat qilgan:

(Uning oyat-belgilaridan sizlar bilan xotirjam bo‘lishingiz uchun o‘zlaringizdan juftlar yaratgani hamda orangizda mehr va rahm-shafqat paydo qilgani hamdir. Albatta, bunda bir qavm uchun oyat-belgilar bordir. ), [Rum surasi: 21-oyat]

Nikoh – bu yaqin rishta va mustahkam ahddir. Oilaviy hayot davom etishi uchun yaratilgan nikohdagi jismiy va ruhiybirdamlikni boshqa hech bir ikki shaxsni o’rtasida topa olmaysiz. Alloh taolo bandalariga qudrati va hikmatining cheksizligini va mo’jizaligini ko’rsatish uchun va uning hikmatli zot ekaniga dalolatlaridan biri shuki, oyatlarda aytilganidek “sizlar uchunsizlar bilan bir xil jinsdan juftlaringizni-xotinlar yaratib, ular bilan tinchlanasizlar”. [Qurtubiy tafsiri].

Erkak ayolni yaxshi ko’rgani uchunmi yoki undan farzandi borligi uchunmi yoki ayolning pul sarflashi yoki yaqinlik uchun muhtojligi uchunmi ayolni ushlab, u bilan birga yashaydi. Lekin ularni hayotlarini birgalikda davom etishi er-xotin ikkovini solih bo’lgani tufayli bo’ladi. Er-xotinlar va ularning Alloh taologa itoatda davom etishlari bilan turmushlari birgalikda uzoq qaboradi. Muammo va to‘siqlardan xoli uyni topa olmaysiz, hatto Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning uylarida ham er-xotinlik muammolari va turmush qiyinchiliklarini ko‘rish mumkin. (3)

طريقة القرآن في الإصلاح بين الزوجين

لما كانت الحياة الزوجية لا تخلو من المشكلات فقد شرع الله -تعالى- لنا أسباب الحل، ومعالجة الأوضاع حتى لا تنتهي الحياة الزوجية بالطلاق أو التفريق بين الزوجين، ابتدأ بالحوار والوعظ، ثم الهجر في المضجع، ثم بالضرب غير المبرح، وآخرها بإرسال حكمين، قال -تعالى-: (إِنْ خِفْتُمْ شِقَاقَ بَيْنِهِمَا فَابْعَثُواْ حَكَمًا مِّنْ أَهْلِهِ وَحَكَمًا مِّنْ أَهْلِهَا إِن يُرِيدَا إِصْلاَحًا يُوَفِّقِ اللّهُ بَيْنَهُمَا).[٤]

وفي هذه الآية خطاب للحكام أنهم إن خافوا من بلوغ الخلاف بين الزوجين، إلى مرحلة التباعد بينهما ووقوع العداوة، فليرسلوا إلى الزوجين حكمين أحدهما من أقارب الزَّوج، وآخرَ من أقارب الزَّوجة فإن أراد هذان الحكمان الإصلاح بين الزوجين فسيوفق الله بينهما كما سيوفق بين الزوجين.[٥]

ومن الجائز التدخل في الإصلاح بين الزوجين؛ إذ أن غياب الناصحين الحكماء عند الخصام قد يكون سبباً لحصول الطلاق، والفرقة بين الزوجين، ولهذا يجب أن يكون الحكماء من أقارب الزوجين ومحارمهما، والحكمة من اختيار الحكم من الأهل أنه سيكون أقرب من موقع المشكلة وأدرى بالخلاف، وكونه أقدر على حفظ السر؛ فهو لا يريد أن يمس سمعة العائلة بسوء، ولا يريد أن تنتشر الأخبار السيئة عن العائلة.[٦]

Qur’onda zikr qilingan turmush o’rtoqlarni yarashtirish usuli

Oilaviy hayot muammolardan xoli bo‘lmagani uchun, Alloh taolo bizlarga er-xotin o‘rtasidagi nikoh ayri yashash yoki taloq-ajralish bilan tugamasligi uchun vaziyatni hal qilish va davolash vositalarini belgilab qo‘ygan. Alloh taolo oyatni birinchi holatda va’z va pand-nasihat qilish lozimligi bilan boshlagan, so‘ngra birinchi usul kor qilmaganda ikkinchi usulga o’tish ya’ni bir-birini yotog’ini ayirib tark etgan holda tunni o’tqazish, to’shaknigina holi qilib ayirish, bunisi ham naf bermagandan so’ngra keyingi usul tanaga va sog’lig’iga zarar yetqazmaydigan holda yengil urishish-urish mumkinligini keltirgan. Agar bular ham ikki juftni inoq yashab ketishlariga foydasi tegmasa va nihoyat, ikki tarafdan ikki hakam yuborib ularni orasini isloh qilish haqida zikr qiladi. Alloh taolo: “Agar ular o’rtasida nifoq bo’lishidan qo’rqsangiz, erning qavmidan bir hakam va xotinning qavmidan bir hakam yuboring. Agar ikkovlari oralarini isloh qilishni-yarashishni xohlasalar. Alloh taolo ularni yarashtiradi.” (Niso surasi: 36-oyat)

Bu oyatda orani isloh qiluvchi ikki tomondan yollangan hakamlarga xitob qilinayapti, agar er-xotinlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar va oralarida ajralish va adovat kelib chiqishidan qo‘rqsalar, er-xotinlarga ikki hakam, ularni har biridan ya’ni er va xotin tomonidan bir hakam yuborishlari haqida xabar bor. Erning qarindoshlaridan, boshqasi esa xotinning qarindoshlaridan bo’ladi, agar bu ikki hakam er-xotin o’rtasida yarashishni istasa, Alloh taolo er-xotinlarni yarashtirganidek, ularni ham yarashtiradi.[5 Mavridiy tafsiridan]

Turmush o’rtoqlar o’rtasidagi yarashuvga aralashish joizdir. Mojaro chog‘ida dono maslahatchilarning yo‘qligi er-xotinning ayri yashashlariga va ajralishiga sabab bo‘lishi mumkin.Shuning uchun ham donishmand hakamlar er-xotinning mahramlari va qarindoshlaridan bo‘lishlari kerak. Oila a’zolaridan hakam tanlashning hikmati shundaki muammoning joyiga yaqinroq va nizo haqida ko’proq ma’lumotga ega bo’ladiva u oilaga ta’alluqli sirni saqlashga qodir bo’ladi. U oilaning obro‘siga putur yetkazishni istamaydi, oila haqida yomon xabar tarqalishini ham xohlamaydi [6].

طريقة الرسول صلى الله عليه وسلم في الإصلاح بين الزوجين

والنبي قدوتنا سعى في الإصلاح بين الزوجين، فقد ثبت في صحيح البخاري: (جَاءَ رَسولُ اللَّهِ -صَلَّى اللهُ عليه وسلَّمَ- بَيْتَ فَاطِمَةَ فَلَمْ يَجِدْ عَلِيًّا في البَيْتِ، فَقالَ: أيْنَ ابنُ عَمِّكِ؟ قالَتْ: كانَ بَيْنِي وبيْنَهُ شيءٌ، فَغَاضَبَنِي، فَخَرَجَ، فَلَمْ يَقِلْ عِندِي، فَقالَ رَسولُ اللَّهِ -صَلَّى اللهُ عليه وسلَّمَ- لِإِنْسَانٍ: انْظُرْ أيْنَ هُوَ؟ فَجَاءَ فَقالَ: يا رَسولَ اللَّهِ، هو في المَسْجِدِ رَاقِدٌ، فَجَاءَ رَسولُ اللَّهِ -صَلَّى اللهُ عليه وسلَّمَ- وهو مُضْطَجِعٌ، قدْ سَقَطَ رِدَاؤُهُ عن شِقِّهِ، وأَصَابَهُ تُرَابٌ، فَجَعَلَ رَسولُ اللَّهِ -صَلَّى اللهُ عليه وسلَّمَ- يَمْسَحُهُ عنْه، ويقولُ: قُمْ أبَا تُرَابٍ، قُمْ أبَا تُرَابٍ).[٧]

في هذه القصة بيان لفضل علي بن أبي طالب -رضي الله عنه وعلو منزلته عند النبي -صلى الله عليه وسلم-؛ فقد مشى الرسول إليه ومسح التراب عن ظهره، وراضاه لطفاً به، وفيه أيضاً تعليم للناس بأن يحسنوا التعامل مع أزواج بناتهم؛ عند وقوع الخلاف فيما بينهم، وفيه تكنية علي بغير كنيته ممازحة له وتخفيفاً عن غضبه.[٨]

وكان النبي -صلى الله عليه وسلم- يشفع لإعادة العلاقات بين الأزواج؛ قد لا تفلح هذه المحاولة ولا تنجح ولكنه كان يحاول، بل أن النبي أجاز الكذب الذي فيه خير، قال ابن شهاب: (ولَمْ أسْمَعْ يُرَخَّصُ في شيءٍ ممَّا يقولُ النَّاسُ كَذِبٌ إلَّا في ثَلاثٍ: الحَرْبُ، والإِصْلاحُ بيْنَ النَّاسِ، وحَديثُ الرَّجُلِ امْرَأَتَهُ وحَديثُ المَرْأَةِ زَوْجَها).[٩]

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning er-xotinlarniyarashtirishdagi usullari

Bizga namuna bo‘lgan Payg‘ambarimiz s.a.v. er-xotinlarni yarashtirishga intilganlar. Bu “Sahihi Buxoriy”da isbotlangan: (Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Fotimaning uylarigakelib, uydan Ali roziyallohu anhuni topa olmadilar va «Sening amakivachchang qayerda deb so’radilar, Fotima r.a. javob berdilar: «Men bilan u kishining oramizda biror narsa-ish bo’lgan edi, shuning uchun u meni g’azablantirdi, shuni sababidan meni oldimdan chiqib ketdi va menikida peshingi qaylula uyqusiga qolmadi», dedi. RosulullohAllohning ungarahmati va salomi bo’lsin bir kishigaQarang, u qayerda?” dedilar. U kishi izlab kelib dedi: Yo Rasululloh, u masjiddayotibdi. Keyin Rasulullohsallallohu alayhi va sallam. Ali r.a. uxlab yotganlarida oldilariga keldilar, u kishining choponlari tanalarining yarmisidan yerga tushib, ustiga chang-tufroq tushgandi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhivasallam uni silay boshladilar va badanlaridagi changni silabtozalab dedilar: “Tur, ey, tuproq otasi! Tur, tuproq otasi!) [7Sahihul Buxoriy hadislaridan].

Bu qissada Ali ibn Abu Tolib – roziyallohu anhuningfazilati va Payg‘ambarimiz – sallallohu alayhi va sallam huzuridagi yuksak maqomlari bayon qilingan; Rasulullohsollallohu alayhi vasallam uning oldiga borib, belidagi kirlarniartib, unga mehribonlik-lutf  qilib rozi qildilar, shuningdek, er-xotinning o’rtalarida janjal kelib chiqsa bunday holatda qizlarning erlariga-kuyovga yaxshi munosabatda bo’lishni o’rgatdilar. Hazil qilib, g’azabini bosishi uchun Alini o’zlaqabidan boshqa laqab bilan chaqirdilar. [8 Sahihul Muslim hadislaridan].

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam er-xotinlaro’rtasidagi munosabatlarni tiklash uchun shafoat qilardilar. Bu urinish muvaffaqiyatli bo’lmasa yoki muvaffaqiyat qozonmasa ham, lekin ular harakat qilib urinib ko’rardilar. Xattoki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ichida yaxshilik borbo’lgan yolg’onni shu holatda ya’ni er-xotinni yarashtirishda halol hisoblaganlar. Ibn Shihob aytadilar: (Men odamlarningyolg’on degan gaplarini faqat uchta narsadan boshqasiga ruxsat berganini eshitmadim: urushda hiyla qilishda, odamlar o’rtasidagi yarashishda va erkakning xotini bilan gaplashishi va ayolning eri bilan gaplashishidagina mumkin qilindi). [9Sahihul Muslim hadislaridan]

من طرق الإصلاح بين الزوجين

هناك بعض الطرق التي يمكن الإصلاح بها بين الزوجين، أترك بعضها بين أيديكم:[١٠]

تفهم الحقيقة والمشكلة حتى يحكم بينهم بالإنصاف.

تذكير كلا الطرفين بحقوقهما، والأحكام التي جاء بها الإسلام في توضيح العلاقة بين الزوجين.

مدح الطرف الآخر ولو بأشياء غير حقيقة؛ لحصول التقريب بين الزوجين.

أن يعترف من أخطأ بخطئه، ولا يقوموا بتضخيم الأخطاء.

الصبر على الطبع المتأصل والتغافل، ومراعاة الحقيقة قال رسول الله -صلى الله عليه وسلم-: (لا يفرك مؤمنٌ مؤمنةً، إن كَرِهَ منها خُلُقًا رَضِيَ منها غيرَه).[١١]

تذكير كلا الطرفين بحق كل منهما على الآخر، وأن يعاشرا بعضهمها بالمعروف.

Turmush o’rtoqlarni yarashtirish usullaridan yana biri

Turmush o’rtoqlar o’rtasida yarashishning ba’zi usullarimavjud. Ulardan ba’zilarini sizning qo’lingizda qoldiraman: [10]

 

Haqiqat va muammoni tushunib oling, shunda ular orasida adolatli hukm qilinishi mumkin.
Ikkala tomonning huquqlarini eslatish va Islomdagi er-xotin o’rtasidagi munosabatlarini eslatib oydinlik kiritish.
Turmush o’rtoqlarni bir-biriga yaqinlashtirish uchun to’g’ri-rost bo’lmasa ham, boshqa tomonni maqtang.
Xato qilganlar xatosini tan olishlari kerak, xatolarni bo’rttirmasliklari kerak.
Inson zotining zaif tabiatiga sabr qilishni va ba’zi holatlarga beparvolik bilan qarash va haqiqatni hisobga olish. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: (Mo‘minerkak mo‘mina ayoldan ayrilmasin. Agar u ayoldan birorhulqini yoqtirmasa boshqa xususiyatlaridan rozi bo’ladi.)[11 hadis]
Ikkala tomonning ham bir-birlariga nisbatan haq-huquqlarini eslatish, bir-birlariga mehribonlik qilish.

1) سورة الروم، آية:21
2) ↑ شمس الدين القرطبي، تفسير القرطبي، صفحة 17.
3) ↑ سليمان العودة، كتاب شعاع من المحراب، صفحة 76. بتصرّف.
4) ↑ سورة النساء، آية:36
5) ↑ الماوردي، كتاب تفسير الماوردي، صفحة 484.
6) ↑ محمد المنجد ، كتاب دروس للشيخ محمد المنجد، صفحة 14. بتصرّف.
7) ↑ رواه البخاري، في صحيح البخاري، عن سهل بن سعد الساعدي، الصفحة أو الرقم:441، صحيح .
8) ↑ محمد الأثيوبي، كتاب البحر المحيط الثجاج في شرح صحيح الإمام مسلم بن الحجاج، صفحة 501. بتصرّف.
9) ↑ رواه مسلم، في صحيح مسلم، عن أم كلثوم بنت عقبة ، الصفحة أو الرقم:2605، صحيح.
10) ↑ محمد المنجد ، دروس للشيخ محمد المنجد، صفحة 11. بتصرّف.
11) صحيح الجامع ، عن أبي هريرة ، الصفحة أو الرقم:7741، صحيح.

TII “Tillar kafedrasi o’qituvchisi Ozoda Maxkamova

431960cookie-checkTurmush o’rtoqlarni yarashtirish usullari – Nikoh

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: