islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

ISLOM SHARIATIDA MOLIYAVIY HUQUQLAR VA ULARNING TURLARI

Islom shariati musulmonlarni ibodat va muomalot masalalarini muhokama qilibgina qolmay, ularning haq-huquqlarini ham qat’iy muhofaza qiladi.

Zamon rivojlanib borar ekan, insonlar o‘rtasidagi haq-huquqlar, yangidan- yangi masalalar ham turlicha tus olib boradi. Bu boradi mazhab ulamolarimiz ham o‘zlarining sa’y-harakatlari bilan turli xil zamonaviy masalalarning yechimlarini taqdim qilib kelmoqdalar. Quyida shu masalalardan bo’lgan huquqlar haqida so‘z yuritamiz.

Hozirgi davrda muayyan bo‘lmagan shaxsiy huquqlarning ba’zi turlari paydo bo‘ldi. Lekin ularni bozorlarda savdo yo‘liga ko‘ra iste’moli keng tarqalgan. Zamonaviy qonunchilik ularning ba’zilarini joiz, ayrimlarini joiz emasligini ta’kidlaydi. Lekin bozorlarda bunday muomalalar juda ko‘p uchraydi. Mazkur masala oldingi faqihlar zamonida keng shaklda mavjud bo‘lmagan. Tabiiyki, ularning fiqhiy asarlarida bugungi kundagi huquqlar savdosiga tegishli maxsus javoblar uchramaydi. Lekin oldingi ulamolar bir qancha huquqlar ularning davrida mavjud bo‘lgan yoki tasavvur qilingan jihatidan o‘zlarining qarashlarini bayon qilishgan. Ba’zi faqihlar sof huquqlarga evaz olishni man qilgan bo‘lsalar, ayrimlari ba’zi huquqlar uchun evaz olishga ijozat berishgan.

Aslida, huquqlarning turi juda ko‘p bo‘lib, faqihlar ham ularni turli so‘zlar bilan ifodalaganlar. Shuning uchun ularning barcha turini qamrab oladigan umumiy so‘z yo‘q. Ulamolar evaz olish borasida bahs yuritgan huquqlar ikki qismga bo‘linadi:

Shar’iy huquqlar. Shariat tomonidan sobit bo‘lgan huquqlar bo‘lib, ularning sobit bo‘lishida qiyosning hech qanday dahli yo‘q.

Urfiy huquqlar. Urfga ko‘ra sobit bo‘lgan va shariat qabul qilgan huquqlar. Mazkur huquqlarning har biri o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi:

1. Zararlarni daf qilish uchun joriy qilingan huquqlar.

2. Asl shaklda joriy bo‘lgan huquqlar.

Asl shaklda sobit bo‘lgan huquqlar ham uch qismga bo‘linadi:

A) Yo‘ldan yurish, ariqdan suv ichish va olib o‘tish kabi abadiy manfaatlardan foydalanish huquqi.

B) Biror muboh narsadan birinchi bo‘lib qo‘lga kiritganligi sababidan sobit bo‘ladigan huquq bo‘lib, ular «xos huquq» deb nomlanadi.

V) Biror kishi bilan bitim tuzish orqali sobit bo‘ladigan huquq. Masalan, yerning yoki hovlining yoki do‘konning ijaraga olinishi kabilar.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi, ushbu huquqlarda ham moddiy ashyolar kabi sotish, sotib olish kabi tasarruflar mumkin bo‘ladimi? Bu haqida ulamolarimizdan Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahullohning fikrlarini qisqacha o‘rganib o‘tamiz.

Huquqlar uchun evaz olinishining ikki yo‘li bor:

1. Sotish orqali evaz olish mumkin bo‘lgan huquqlar. Va buning haqiqati shuki, bunda sotuvchining mulki bo‘lgan narsa haridorning mulkiga ko‘chib o‘tish taqozo qilgan barcha narsalar bilan birgalikda ko‘chib o‘tadi.

2. Sulh va tanozul (bir kishini amaldagi huquqidan malum bir narsaning evaziga voz kechishi) qilish orqali evaz olish mumkin bo‘lgan huquqlar. Buning haqiqati shuki, tanozul yo‘liga ko‘ra haq egasining huquqi undan ketadi, lekin tanozul qilishning o‘zi bilan uning huquqi evaz bergan kishining mulkiga ko‘chib o‘tmaydi. Qolaversa, huquqidan kechgan kishining raqobati evazlashgan kishining muqobilida turaveradi.

Imom Qaro‘fiy rahimahulloh yuqoridagi ikki yo‘l o‘rtasidagi farqni quyidagicha zikr qiladi: “Bilingki, huquqlar va mulklardagi tasarruf qilish ko‘chirib o‘tkazish va soqit qilishga bo‘linadi. Moddiy narsalarda ko‘chirib o‘tkazish evaz bilan bo‘lishi mumkin. Masalan, sotib olish va qarz berishga o‘xshash. Evazsiz ham bo‘lishi mumkin. Masalan, hadya va vasiyat qilish kabi. Soqit qilish ham evaz barobariga bo‘lishi mumkin. Masalan, er xotinining biror evaz badaliga «hulu» qilish yoki maqtulning valiylari qotilning jinoyatini mol evaziga kechirishlari kabi. Yuqoridagi soqit qilish suratlarida sobit bo‘lgan mulk yoki huquqlar soqit bo‘ladi.

Huquqlar ikki qismga bo‘linadi. Odatda savdo tillo, kumush, bug‘doy, arpa kabi moddiy narsalar bilan qilinadi. Ammo moddiy vujudi bo‘lmagan narsalarning, masalan, merosxo‘r bo‘lish haqqini ya’ni, begona odamga “men falonchi vafot etsa, unga merosxo‘r bo‘laman. O‘sha merosxo‘rlik haqqimni senga sotdim”, deyish kabi kelajakda hosil bo‘ladigan huquqlarni yoki bir kishi kimnidir o‘ldirib qo‘ygani uchun evaziga undan qasos olish haqqini boshqa birovga: “Shuncha evazga qasos olish haqqimni senga sotdim”, deb boshqalarga ko‘chmaydigan haqlarni sotish joiz emas.

Ammo boshqa huquqlarni masalan, kishi o‘z yerini sug‘orish huquqini yoki biror yo‘ldan foydalanish huquqini yoki o‘zining tijoriy huquqlarini, masalan, o‘z brendi (nom)ni sotishi joiz.

Xulosa qilib aytish mumkinki, har bir musulmon o‘zining shar’iy haq-huquqlarini yaxshilab anglab olmog‘i boshqalarning haqqiga xiyonat qilishning oldini oladi va hotirjam hayot kechirishiga sabab bo‘ladi.

Davomi bor…

Zoirjon JURABOYEV,

TII 405-guruh talabasi

444510cookie-checkISLOM SHARIATIDA MOLIYAVIY HUQUQLAR VA ULARNING TURLARI

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: