“Oila tinch-yurt tinch” (o‘zbek xalq maqoli)
Oila jamiyatimizning boshlang‘ich bo‘g‘ini, elimizning go‘zal urf-odatlari va qadriyatlarini o‘zida asrovchi muqaddas mo‘jaz maskan. Ezguliklar oiladan boshlanadi, undan mahallaga ko‘chadi, jamiyatga kirib boradi. Islom dinida,yani dinimizda oilaga katta e’tibor berilib, uni qanday tashkil qilish, oila a’zolarining huquqlari, farzandlar tarbiyasi, oiladagi kelishmovchiliklarni oldini olish va oilaviy turmushda kelib chiqadigan barcha savollariga javob topish mumkin.
Oilali bo‘lish insoniyat naslining ko‘payishi va qiyomat kuniga boqiy bo‘lishi uchun lozim bo‘lgan haqiqiy yo‘ldir. Islom dinida nikoh-bu Alloh taoloning amri, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari bilan, mo‘min-musulmonlarning guvohligida bog‘lanadigan muqaddas aloqa vositasidir. Umr yo‘ldoshini tanlashda har ikki tomon ham teng huquqga egadir.
Oila inson zoti yaratilganidan boshlab davom etib, insoniyat tarixining hamma davrlarida har qanday tuzum va sharoitda ham kishilarning asosiy, muhim va sharafli qadriyatlaridan biridir.
Insoniyat tarixining barcha bosqichlarida Alloh taolo o‘zi yuborgan payg‘ambarlari orqali oilaning mustahkam bo‘lishi uchun har qaysi davrga muvofiq nizom va qonunlar yaratgan. Alloh taoloning yagona xoliqligining dalili va belgilaridan hamda ne’matlaridan biri oila asosida turmushimizni joriy qilib qo‘yganidir.
Har yili 15-may dunyo miqiyosida Xalqaro oilalar kuni (International Day of Families) nishonlanadi. Ushbu bayram BMT Bosh Аssambleyasi tomonidan 1993-yil 20-sentyabrdagi Xalqaro oila yili to‘g‘risidagi rezolyutsiyaga (qaroriga) mufoviq 1994-yilning 15-maydan buyon muntazam ravishda nishonlanib kelinadi.
So‘nggi yillarda Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari bilan oila institutini mustahkamlash, uni har taraflama qo‘llab-quvvatlash maqsadida xalqaro miqyosida tan olinayotgan kattadan katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Qomusimizning 76-moddasida belgilanganidek, davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar tayorlaydi. Joylarda har bir oilaga yetib borish va manzilli ishlash maqsadida respublikaddan mahallaga qadar vertikal tizim joriy qilindi. Bu esa oilaning ma’naviy ustuni bo‘lgan hech bir ayolning o‘z muammolari bilan yolg‘iz qoldirib ketmasligini ta’minlamoqda.
Muhtaram Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasi(nazariy qarashlar majmui, tushuncha tizimi yoki g‘oya) tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori va shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoniga binoan “Oila muqaddas” degan ezgu g‘oyani targ‘ib qilish, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini yahshilashga ko‘maklashish maqsadida “15-may-Xalqaro oila kuni”ni keng nishonlashni tashkil etish va o‘tkazish belgilangan. Joriy yilda Xalqaro oila kuniga bagishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarini ko‘tarinki ruh bilan o‘tkazish, oilaning o‘rni va nufuzini yanada ko‘tarish maqsadida Vazirlar Mahkamasining tegishli majlis bayoni tasdiqlanib, ijroga yonaltirildi.
Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, uning farovonligi, tinch-totuvligi yurt ravnaqini ta’minlaydi. O‘tgan davr mobaynida jonajon diyorimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning tub ildizi oilalar farovonligini ta’minlashga qaratilgan. Albatta, millatning ertangi kuniga dastlab oilada poydevor qo‘yiladi, unda hayotning davomiyligini ta’minlovchi sog‘lom avlod shakllanadi, milliy madaniyat, urf-odatlar, axloqiy-ma’naviy qadriyatlar asrab-avaylanadi, jamiyat taraqqiyotining iqtisodiy farovonlik va madaniy yuksalishlariga asos solinadi, mustahkamlanadi. Insonga xos bo‘lgan chinakam hayotni, farovon va baxtli turmush sharoitini mana shu amallarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu esa, eng oliy darajada ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir.
Dunyoda shunday bir maskan borki, har birimiz unga intilamiz. Ishdan, mehnat jarayonlaridan keyin oilamiz, uyimiz sari shoshilamiz. Unda bizni kutayotgan yaqinlarimiz mehri, umrimiz mazmuni boʻlgan jigargoʻshalarimiz yurak tafti mujassam. Bu albatta oilamiz, xonadonimizdir.
Oilali boʻlish ota-onadan juda katta ma’sulliyatni talab qiladi. Ota-onalar oʻz farzandlari uchun namuna boʻladilar, farzandlari ulardan ibrat oladilar. Dono xalqimiz “Qush inida koʻrganini qiladi”,- deb bejiz aytmagan Har bir inson baxtli boʻlishga haqli, u baxtni orzu qiladi, baxtga intiladi. Insonlar baxtli boʻlsa, oilalar baxtli boʻladi. Oilalar baxtli boʻlsa, jamiyat mustahkam boʻladi. Oila deb ataluvchi mustahkam qoʻrgʻonning ustuni ota boʻlsa, unga fayz kirituvchi onadir. Ona mehrining cheksizligi asrlar mobaynida oʻz isbotini topgan. Dunyoda ona mehrining, ayol muhabbatining bahosini oʻlchaydigan mezon, tenglashtiradigan boylik yoʻq. Har bir oiladagi farzand oilani mustahkam boʻlishiga olib keladi. Ota-ona farzandlari tarbiyasida katta rol oʻynaydi. Ular farzandlariga chiroyli ismlar qoʻyishadi. Koʻpincha ularga ismlarni oiladagi kattalar ya’ni mehribon buvijon va buvalar qoʻyishadi. Farzandlari 3 yoshga toʻlganda, ularni bolalar bogʻchasiga berishadi. Farzandlari 7 yoshga toʻlganda, asosan oʻzlari yashaydigan hududdagi oʻrta maktabga yoki shahardagi eng yahshi oʻrta maktabga, boshqa ota-onalar farzandlarini xususiy maktabda oʻqitadilar. Ba’zilarning farzandlari yuqori sinf yoshiga yetganda, akademik litseylarga olib borishadi.Ularning farzandlari oʻrta maktab, litseylarni tugatib, oliy ta’lim maskanlariga oʻqishga kirishga tayorlanib, kirish imtihonlar topshirib, undan oʻtsalar, oʻqishlarini oliy ta’lim muassasalarida davom ettiradilar. OTM ni tugatib, yahshi mutaxassis boʻlib, davlat ishxonalariga yoki xususiy firmalarga suhbat orqali ishga kiradilar. Keyin ular oila quradilar, ba’zilari OTM da oʻqiyotgan vaqtda oilali boʻladilar. Ma’lum bir vaqt oʻtishi bilan ular farzandli boʻladilar. Yosh ota-onalar ham farzandlarini oʻz ota-onalari kabi ularga ta’lim-tarbiya berib, ularni katta qiladilar. Farzandlarini yangi hayotga tayorlaydilar. Qizlarini turmushga beradilar, oʻgʻillarini uylantiradilar. Ular ham farzandli boʻlishadi. Nevaralar dunyoga keladi. Nevarali ota-onalar pensiya (nafaqa) yoshiga yetgancha ishlaydilar, ba’zilari pensiyda boʻlsalar ham ishlashni davom ettiradilar. Bu albatta hayot qonuni hisoblanadi. Bizni yaratgan Alloh taologa doimo hamdu-sano va shukronalar aytamiz.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, oila-muqaddas dargohdir. Insoniyat tarixining barcha bosqichlarida Alloh taolo o‘zi yuborgan payg‘ambarlari orqali oilaning mustahkam bo‘lishi uchun har qaysi davrga muvofiq nizom va qonunlar yaratgan. Alloh taoloning yagona xoliqligining dalili va belgilaridan hamda ne’matlaridan biri oila asosida turmushimizni joriy qilib qo‘yganidir. Islom dinida, yani dinimizda oilaga katta e’tibor berilib, uni qanday tashkil qilish, oila a’zolarining huquqlari, farzandlar tarbiyasi, oiladagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish, oilaviy turmushning barcha savollariga javob topish mumkin.
Millatning ertangi kuniga dastlab oilada poydevor qo‘yiladi, unda hayotning davomiyligini ta’minlovchi sog‘lom avlod shakllanadi, milliy madaniyat, urf-odatlar, axloqiy-ma’naviy qadriyatlar asrab-avaylanadi, jamiyat taraqqiyotining iqtisodiy farovonlik va madaniy yuksalishlariga asos solinadi, mustahkamlanadi.
Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari bilan oila institutini mustahkamlash, uni har taraflama qo‘llab-quvvatlash maqsadida xalqaro miqyosida tan olinayotgan ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Qomusimizning 76-moddasida belgilanganidek, davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar tayorlaydi. Oila jamiyatimizning boshlang‘ich bo‘g‘ini, elimizning go‘zal urf-odatlari va qadriyatlarini o‘zida asrovchi muqaddas mo‘jaz maskan. Ezguliklar oiladan boshlanadi, undan mahallaga ko‘chadi, jamiyatga kirib boradi. Har bir inson baxtli boʻlishga haqli, u baxtni orzu qiladi, baxtga intiladi. Insonlar baxtli boʻlsa, oilalar baxtli boʻladi. Oilalar baxtli boʻlsa, jamiyat mustahkam boʻladi. Oilaviy hayotning mustahkam bo‘lishida ota-onadan sabr, vafodorlik va hamjihatlik talab qilinishini hech qachon unutmaylik. Farzandlar tarbiyasida ota-onaning o‘rni juda yuqori. Oila deb ataluvchi mustahkam qoʻrgʻonning ustuni ota boʻlsa, unga fayz kirituvchi onadir. Ona mehrining cheksizligi asrlar mobaynida oʻz isbotini topgan. Dunyoda ona mehrining, ayol muhabbatining bahosini oʻlchaydigan mezon, tenglashtiradigan boylik yoʻq. Har bir oilada dunyoga kelgan farzand oilani mustahkam boʻlishiga sabab boʻladi. Oilangizni seving, doimo uni qadriga yeting!
Foydalanilgan internet saytlari
- http://gov.uz
- http://islom.uz
- http://uza.uz
- http://soh .uz
- http://yuz.uz
- http://arxiv.uz
“Tillar” kafedrasi katta oʻqituvchisi Faxriddin Yernazarov tomonidan tayorlandi






