islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
May 13, 2026

Day

Ayollar nafaqasi vojiblik hukmining shar’iy asoslari

Bugungi kunda ayollar jamiyatning muhim va ajralmas qismi hisoblanadi. Ularning ijtimoiy ta’minoti har bir davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelmoqda. Ayniqsa, ayollarga beriladigan nafaqalar ularning moddiy ahvolini yaxshilash, oilaviy barqarorlikni ta’minlash hamda farzandlar tarbiyasini qo‘llab-quvvatlashda katta ahamiyatga ega. Islom dini inson hayotining barcha jabhalarini, jumladan, oilaviy munosabatlarni ham mukammal tarzda tartibga soladi. Oila - jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, undagi barqarorlik er va xotinning o‘zaro huquq va majburiyatlariga bog‘liqdir. Shunday muhim masalalardan biri - ayolning nafaqasi bo‘lib, u islom shariatida er zimmasiga yuklatilgan asosiy majburiyatlardan biri hisoblanadi. Ayollarning nafaqasi Qur’on, sunnat va ijmo’ asosida vojib qilingan.