islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Oliy ma'had

Муаллиф:

Imom Zamaxshariyning «Al-Kashshof» asari

Al-Kashshaf” (“Oshkor; Qur’on tafsiri”) az-Zamaxshariyning eng mashhur asaridir. Darhaqiqat, tarix davomida ko‘plab tilshunos olimlar Az-Zamaxshariyning shuhratini mazkur kitobga bog‘lashgan. Bu kitobning nomi (Al-Kashshaf) kashaf “ochmoq” feʼlidan olingan. Shunday qilib, bu kitob Qur'on iboralarining sintaktik va semantik noaniqliklarini ochishga harakat qiladi. Matnda Az-Zamaxshariy uni qurish motivi, turtki va maqsadlarini tushuntirib berdi. Darhaqiqat, u dastavval bu kitobni yozishga ikkilanganini tan olgan, chunki u o'zini Qur'onni to'g'ri talqin qilish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarga ega emas deb o'ylardi. Uning so'zlariga ko'ra, u har doim o'z shogirdlariga dars o'tayotganda va Qur'on oyatlarini tilga olganida, shogirdlari ilgari hech qachon uchramagan yangi ma'nolarni o'zlashtirgandek tuyulardi...- Toshkent islom instituti talabasi Sirojiddinov Muhammadali

Ислом – мурувват дини

Ислом дини инсонларни доимо бирдамлик, бир-бирига мурувватли бўлиш, минг йиллар давомида шаклланган ирқчилик, маҳаллийчилик каби салбий феъл-атворга қарши курашга ундаб келган. Тарихда илк бора бизнинг Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васаллам барча пайғамбарларнинг оға-ини экани, уларнинг умматлари ҳам бир-бирига бегона эмаслигини айтганлар. Яҳудий ва Насронийларни мусулмонлар билан бир юртда, ҳар ким ўз динига эркин эътиқод қилиб, бир-бирига озор бермай яшашини жорий қилганлар. Умматларига улар билан тинчликда ва яхши муносабатда бўлишни қайта-қайта уқтирганлар...- Тошкент ислом институти талабаси Ислом Аъзам

Savdoning ham o‘z qoidalari bor!

Savdo va tijoratning qoida va hukmlarini o‘rganish vojib yoki mustahab amal sanaladi. Tijorat bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan odam haromga qirib qolmasligi uchun savdo qoidalarini o‘rganishi vojib bo‘ladi. Shu sababli, ilm olmay turib tijorat bilan shug‘ullangan kishi quyidagi ikki gunohga aralashib qolishi mumkin: O‘zi uchun vojib bo‘lgan ilmni olmay, jaholat va beparvolikka yo‘l qo‘yish; Tijoratda haromga aralashib qolish...- Toshkent islom instituti talabasi Tillayev Muhammadali

Ota-Onaning farzandi haqqiga qilgan duosi

Ota-ona farzand tomonidan eng yuksak e’zozu hurmatga sazovar bo‘lgan insonlardir. Bu haqida oyatu hadislar ko‘p. Halqimiz o‘rtasida keng tarqalgan “Ota rozi –xudo rozi” degan hikmat ham shundan kelib chiqqan. Zero, hadisi sharifda “Jannat onalar oyog‘i ostidadur” deyilgan...- Toshkent islom instituti talabasi Habibullayev Ubaydulloh

Кутубхона бестселлерлар билан бойитилди

Имом Бухорий номидаги Тошкент ислом институти профессор-ўқитувчи, илмий ходим ва талабалари фойдаланишлари учун Ахборот-ресурс маркази фондига 2023 йил давомида китоб дўконларида энг кўп сотилган ҳамда китобхонлар томонидан катта қизиқиш билан мутолаа қилинган 20 дона жаҳон адабиётининг бестселлер асарлар олиб келинди. Мазкур тўпламдан қўйидаги китоблар жой олган...- Ахборот-ресурс маркази мудири Абдулазиз Кадиров
1 155 156 157 158 159 1 547