islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Oliy ma'had

Муаллиф:

Abdurahmon Jomiy ijodi – adabiyot va tasavvuf gavhari

Abdurahmon Jomiy (1414–1492) fors-tojik adabiyotining eng yirik namoyandalaridan biri bo‘lib, uning adabiy merosi Sharq adabiyoti va tasavvuf falsafasida muhim o‘rin egallaydi. U o‘zining nafis she’riyati, chuqur ma’rifiy asarlari va tasavvufiy qarashlari bilan Temuriylar davrida adabiyot va madaniyatning gullab-yashnashiga katta hissa qo‘shgan. Abdurahmon Jomiy 1414-yilda Xurosonning Jom shahrida tug‘ilgan. - Toshkent islom instituti talabasi Bexruz UXTAMOV

Mulla Muso Jaloliy Boyazidiy: hayoti, ilmiy faoliyati va tafsir ilmidagi xizmatlari

Musulmon olamida ko‘plab olimu ulamolar ilmu ma’rifatning turli sohalarida buyuk xizmatlar qilgan. Ulardan biri – Mulla Muso Jaloliy Bayazidiydir. Uning hayoti, ta’limi va ilmiy faoliyati, ayniqsa, tafsir sohasidagi xizmatlari bugungi kunda ham o‘rganish va qadrlashga loyiq. Mulla Muso Jaloliyning to‘liq ismi – Mulla Muso ibn Hasan ibn Ubayd al-Jalaliy. U 1938-yilda Boyazid shahrida tug‘ilgan. - Toshkent islom instituti talabasi Biloliddin MUSTAFO

Очлик соғлиқ демакдир

Ҳозирги кўпчилик касалликларнинг сабаби инсоннинг очликни ҳис қилмай қўйганидир! Инсон учун экологик муаммолардан кўра давомий тўқ юриш хавфлидир. Бунинг ортидан келиб чиқадиган ортиқча вазн, семизлик эмас. Очлик – организмнинг ўзига хос стерилизациясидир. Очликни ҳис қиладиган тана доимо тўқ юрадиган танага нисбатан соғлом бўлади. Сабаби, очлик натижасида инсон вужудида аутофагия жараёни фаол бўлади. Организмларнинг тозаланишида – стерилизациясида аутофагия жуда муҳим ва асосий жараён...- Бахтиёр Абдуғофур

Rasulullohdan tabarruk qilish turlari

“Tabarruk” arabcha so‘z bo‘lib, lug‘atda “baraka istash” degan ma’noni bildiradi. Istilohiy ma’noda esa “Alloh taolodan biror muborak narsa yoki zot sababli yaxshilik, baraka va fazilat tilash” degan tushunchani anglatadi. - Toshkent islom instituti talabasi Nasrulloh OTAJONOV

ARAB TILIDA SO’ZLASHUV MAHORATINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY USULLARI

Bugungi kunda arab tilini organuvchilar soni borgan sari ko’payib bormoqda. Bu avvalo arab tili Islom dini asosiy manbalari bo’lmish Qur’oni Karim va Hadisi sharif tili bo’lganligi bilan izohlansa, ikkinchi tarafdan yurtimiz fuqarolarining Haj va Umra safarlariga borishlari, qolaversa arab yurtlariga ziyorat turizmlari ko’plab tashkil qilinayotganligi bilan izohlanadi. - Toshkent islom instituti talabasi Ibrohim XAYDAROV
1 34 35 36 37 38 1 532