islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Iyun 5, 2025

Day

Hazrat Maxdumi A‘zam – Naqshbandiya tariqatining peshvosi

Hazrat Maxdumi A‘zam haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz? XV-XVI asrlarda yashab o‘tgan yirik mutasavvuf, faqih, faylasuf, naqshbandiya tariqatining rahnamosi va nazariyotchi, ahloqshunos olim, shuningdek ta’sir doirasi kuchli siyosiy arbob Maxdumi A’zamning (1461-1542) to‘liq nomi-Sayyid Ahmad ibn Mavlono Jaloliddin Xojagi Kosoniydir. Maxdumi A’zam xonadonida saqlanib qo‘lgan shajaranoma va ishonchli tarixiy manbalarga ko‘ra, Kosoniyning nasabi Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vassalam shajaralariga 22 avlodli xalqa orqali ulanadi. Sayyidlar avlodiga butun musulmon olamida hurmat-e’tibor kuchli bo‘lgan, shuning uchun Maxdumi A’zam tug‘ulib o‘sgan xonadon ham el orasida tabarruk xonadonlardan biri sifatida e’zozlanadi. U O‘rta Osiyodagi naqshbandiya ta’limoti izdoshi bo‘lmish Xo‘ja Ahrorning muridi bo‘lgan. Hazrat Maxdumi A‘zam kuchli ruhiy ta’sir quvvatiga ega bo‘lgan zot edi. Ulug‘ olim naqshbandiya arkonlariga muvofiq dehqonchilik hunarini egallab, bu sohada alohida iste’dodga ega bo‘lgan ziroatchi sifatida yangi meva va poliz navlarini yetishtirgan. Ziroatchilikda yangi meva navlaridan (anjir, nok va behining yangi navlarini) kasf etgan, yangi qovun navlarini yetishtirgan. Dehqonchilik tartib-qoidalariga oid asarlar yozgan. Miyonkolda qo‘riq va to‘qay yerlarni o‘zlashtirib, ularni ekinzor va bog‘larga aylantirib, melioratsiya sohasi rivojiga ko‘p hissa qoshgan. Markaziy Osiyoda temuriylarning toj-taxt talashishlari oqibatida parchalanib ketgan ulkan saltanatning inqirozi davrida yashagan hazrat Maxdumi A’zam bu saltanatni qayta tiklashga harakat qilgan shayboniylarning birlashtiruvchi harakatiga siyosiy jihatdan ko‘mak berdi, bo‘linib ketayotgan xonliklar va amirliklar o‘rtasidagi nizolarni kelishtirishga ko‘p kuch sarfladi shuningdek shayboniylar bilan temuriylarni bir-biri bilan yarashtirishga harakat qilib, o‘z yurtidan Hindistonga ketishga majbur bo‘lgan temuriyzoda Zahiriddin Muhammad Boburning ma’rifatchilik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatladi. Hazrat Maxdumi A’zam Zahiriddin Muhammad Boburning ma’naviy kamolitida muhim o‘rin tutgan. Zahiriddin Muhammad Bobur piriga sovg‘a-salomlar yuborgan, maktublar yozgan. Hazrat Maxdumi A‘zam ham javob sifatida “Risolai Boburiya” asarini yozgan. Maxdumi A‘zam yaxshi oilaviy tarbiya ko‘rgan mo‘min, oriyatli, kamtarin, muhtojlarga, ojizlarga mehr-muruvvatli, rahmdil murabbiy, zolimlarga, adolatsiz amirlarga beshavqat, ilm-ma’rifatga homiy bo‘lgan inson edi. Hazrat Maxdumi A‘zam kuchli notiq bo‘lgan, u zot o‘qigan jig‘inlarda minglab odamlar to‘plangan. Ular notiqqa ixlos qilib tinglashgan va har kim o‘z dardiga davo topgan, ayrim dinga e’tiqod qiluvchi tinglovchilar esa hatto islom dinini qabul qilgan. Maxdumi A’zam 866/1461(1463 yoki 1464) yil Kosonda (hozirgi Namangan viloyatining Kosonsoy shaharchasi) tavallud topgan. Bu ulug‘ zotning ustozi Mavlono Muhammad Qozi o‘z shogirdini Maxdumi A’zam deb atadi. Bu taxallus-“ulug‘ maxdum”, “ustozlariga sadoqatli shogird” ma’nolarini anglatadi. Maxdumi A’zam islom olamida o‘tgan uchta buyuk A’zamlardan biri ekanligi ham ishoradir. Ular: Imomi A’zam, G‘avsuli A’zam va Maxdumi A’zamlardir. Uning otasi ilmli, ma’rifatli saidzodalardan bo‘lib, obro‘li-e’tiborli kishi edi, shuning uchun uning ismi yo‘niga Mavlono qo‘shib, Mavlono Jaloliddin deb murojaat qilishgan. Taniqli sharqshunos olim A.Mo‘minovning tadqiqotlariga ko‘ra, Maxdumi A’zam onasining ajdodlari Ahmad Yassaviyga bo‘rib taqaladi. Ul zotning tog‘asi esa tijoratchi bo‘lgan. Maxdumi A’zam ilk ta’limni Kosonda olib, keyin Axsikatda Xoja Muborak madrasasida o‘qishni davom ettiradi. Maxdumi Azamning domlasi Mulla Ziyo o‘z shogirdinining a’lo darajadagi qobiliyatini hisobga olib, unga “ilmuz zohir” (oddiy, umumiy ilmlar) dan yahshi ta’lim beradi va shu bilan birga “ilmul botin” ni chuqur o‘rgatadi. Yosh Maxdumi A’zam ustozining maslahati bilan taniqli so‘fiy shoirlardan Jaloliddin Rumiyning (1207-1273) “Masnaviy-ma’naviy” deb nomlangan mashhur devonini ko‘p marotaba o‘qib, undagi chuqur falsafiy fikrlarni anglab olishga harakat qiladi. Mahdumi A’zam yoshligida Toshkentdagi o‘z davrining mashhur madrasasida ta’lim olgan. U O‘rta Osiyodagi...

Hanafiy mazhabiga ko‘ra Ijara shartnomasi

Islom shariatida mulkni boshqalarga vaqtincha foydalanishga berish — ijara (اِجَارَة) deb ataladi. Bu muomala turi Qur’on va Sunnat bilan mustahkamlangan bo‘lib, fiqhiy mazhablarda, xususan hanafiy mazhabda keng o‘rganilgan. Zamonaviy iqtisodiy munosabatlarda ham ijara institutining o‘rni muhim bo‘lib, u islomiy moliya tizimining asosiy instrumentlaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada ijara shartnomasining hanafiy mazhabdagi asoslari, shartlari, turlari va zamonaviy qo‘llanilishi yoritiladi. Ijara tushunchasi: fiqhiy ta’rifi Hanafiy fiqhiga ko‘ra, ijara — bu ma’lum bir foyda yoki xizmatni ma’lum haq evaziga vaqtincha berish shartnomasidir. Ijara faqat mulkning o‘zi emas, balki undan olinadigan foyda (manfaat) ustida tuziladi. Imom Abu Hanifa rohimahullohning ta’rificha: “Ijara — bu foydani haq evaziga sotishdir.” Bu yerda “foyda” deganda, masalan, uyda yashash, transport vositasida yurish, yerda dehqonchilik qilish yoki bir kishining mehnati orqali xizmat ko‘rsatish nazarda tutiladi. Ijara shartnomasining asosiy shartlari (arkonlari) Hanafiy fuqaholari ijara amalga oshishi uchun quyidagi uch asosiy rukn mavjud bo‘lishini shart qilib qo‘yadilar: 1. Ijara tomonlari — ijara beruvchi va ijaraga oluvchi. Ikkalasi ham aqli sog‘, balog‘atga yetgan, muomala qilish huquqiga ega bo‘lishi kerak. 2. Ijara obyekti (manfaat) — foyda aniq, halol va shariatga zid bo‘lmagan bo‘lishi lozim. 3. Ijaraga to‘lanadigan haq (ujra) — to‘lov miqdori, muddati va usuli aniqlangan bo‘lishi kerak. Ijara turlari hanafiy fiqhida Hanafiy mazhabida ijara ikki asosiy turga bo‘linadi: 1. Ayn ijara (bino, yer, asbob-uskuna ijarasi): moddiy narsa ijaraga beriladi, lekin maqsad undan foyda olish. 2. Amal ijara (xizmat ijarasi): insonning mehnati yoki malakasi ijaraga olinadi. Mehnat ijarasi shar’an joiz, lekin xizmat to‘liq aniqlangan bo‘lishi kerak: vazifasi, muddati, joyi va haq miqdori. Ijara va ribo o‘rtasidagi tafovut Islomda ribo harom qilingan bo‘lsa-da, ijara halol sanaladi. Sababi: – Ijarada haq — foyda uchun to‘lanadi, kapital ustidan emas. – Ijarada risk, mas’uliyat va mulkchilik shartnomani tuzgan tomonlar orasida adolatli taqsimlanadi. – Foyda to‘liq manfaatga qarab baholanadi, kapital ustiga belgilangan ortiqcha foyda olinmaydi. Shuning uchun hanafiy fuqaholari ijara orqali foydalanishni halol ko‘radi, lekin shartlar noaniq bo‘lsa, u haromga aylanadi. Zamonaviy ijaraning shariatdagi o‘rni Bugungi kunda ijara asosida quyidagi islomiy moliya mahsulotlari shakllangan: – Ijara muntahiya bittamlik – muddati tugagach mulk mijozga o‘tadi. – Ijara va iqtina – to‘lovlar tugagach, mijoz mulkni xarid qilib oladi. – Operatsion ijara – oddiy ijara; mulk egaligi mulkdorda qoladi. Bu usullar Hanafiy fiqhida mavjud bo‘lgan asosiy qoidalar asosida shakllangan. Xulosa o’rnida aytish mumkinki, ijara — islom iqtisodiy muomalalarining muhim institutlaridan biri bo‘lib, hanafiy mazhabida uning asoslari puxta yoritilgan. Bugungi kundagi ijara asosidagi moliyaviy vositalar (masalan, islomiy lizing) ham aynan fiqhiy ijara tushunchasiga tayangan. Shariatga muvofiq ijaraviy bitimlar tuzishda hanafiy fuqaholarining asarlariga tayanish nihoyatda muhimdir. Toshkent islom instituti 402-guruh talabasi Solijonov Abdulqahhor 80

Қуръони карим оятларида ажамий сўзлар тафсири

Арабистон жазирасида истиқомат қилувчи араблар бошқа мамлакатларга савдо-сотиқ ва бошқа мақсадлар билан сафар қилганлар. Макка шаҳрига ҳам зиёрат қилиш учун турли ўлкалардан ҳожилар келишган. Бунинг натижасида араблар араб бўлмаган халқлар билан мулоқотлари туфайли араб тилига ажам сўзлар кириб келган ва араб тилида тўлиқ ўзлаштирилган. Шу жумладан бошқа тилларга ҳам араб тили сўзлари кириб борган. Қурьон карим оятлари нозил бўлганида араб тили қоидаларига мослашиб кетган ажамий калималар ҳамоятларда ворид бўлган. Қуйида уларнинг баъзиларини ўрганамиз.  Фил сурасининг 4-оятида бундай дейилади:     تَرۡمِیهِم بِحِجَارَةࣲ مِّن سِجِّیلࣲ- Лойдан пиширилган тошларни отадиганларни. Яъни, тўп-тўп қушлар ташлаган тошлар “сижжил” деб аталади. Имом Насафий тафсирларида “сижжил”ни лойдан пиширилган тош-سنككيل  деб тафсир қилган. Форс тилидан ўзлаштирилган бу сўз араб тили қоидаларига кўра эъробланган ва   سِجِّیل кўринишида талаффуз қилинади. Моъун сурасининг 7-оятида   وَیَمۡنَعُونَ ٱلۡمَاعُونَ -ва маъунни ман қиладиганлардир, дейилган. Маъундан ирода қилинган нарсалар рўзғорда доимий керак бўлиб турадиган асбоб-анжомлар экан. (Яъни, қозон, болта, пақир, коса ва шу каби анжомлар). Бу калима румликлар луғатида мансуб бўлиб араб тилига ўзлаштирилган ва араб тили наху қоидаларига кўра эъробланади. Бу калималар ўзаги бошқа тилларга мансуб бўлсада узоқ йиллар давомида кундалик ҳаётда талаффуз қилиниши натижасида тўлиқ араб тилига ўзлаштирилган. Шу билан бирга бу каби ажамий калималарнинг эъробланиши ҳам худди асл араб тили калималари каби наху қоидаларини ўзида мужассам этган. ТИИ  4-курс талабаси Мирзақулов Лутфулла 77

Муҳаммад Обид Синдий ёзган асарлар

Муҳаммад Обид Синдий қомусий олим бўлган. Шунинг учун турли фанда кўплаб китоблар ёзган. Қуйида у ёзган асарларни йўналишига қараб тартиб билан зикр қилиб ўтилади:  Муҳаммад Обид Синдийнинг фиқҳ ва усулул фиқҳ илмида ёзган асарлари: “Таволиъу-л-анвор шарҳу дурру-л-мухтор” Ушбу асар муаллифнинг энг буюк асари бўлиб, аллома бу китобни барча илмларда етук даражага етгач ҳаётининг охирида Мадинайи Мунавварада ёзган. Бу китоб ҳозиргача қўлёзма ҳолда Азҳар кутубхонасида сақланмоқда. “Абҳос фи масаили-с-саласа”. 3. “Рисола фи ихрожи закоти-л-ҳабби би-л-қийма”. 4. “Илзому асокири-л-Ислам би-л-иқтисори ала-л-қолансувати-т-тоатан ли-л-имам”. 5. “Тағайюри роғиб фи таждидил вақфил хориб”. 6. “Ал-Хаззул авфар лиман атоқас совма фи-с-сафар”. 7. “Рисолатун фи ҳукми итъамит тоам фи муносабатил фараҳи авит тароҳ”. 8. “Ал-Хойрул амм фи аҳкамил ҳаммам”. 9. “Шифау қолби кулли саул фи жавози ман тасама би Абдиннабий ва Абдиррасул”. 10. “Ғунятуз закий фи масъалатил васий”. 11. “Ал-Воқлул жамил ви ибанатил фарқи байна таълиққит тазвиж ва таълиқил вакил”. 12. “Каффул амоний ан симаъил ағони”. 13. “Маналур ражоъ фи шурутил истинжо”. Тасаввуф илмида ёзган асарлари: “Рисолатун фи кароматил авлиё ват тасдиқ биҳа”. 14. “Рисолатун фи тақбилис саҳобати яда Расулиллаҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам ва роъсаҳуш шариф ва ҳукмут тақбил омматан”. 15. “Рисолатун фи тавассул ва аноъуҳу ва аҳкомуҳу”. Ҳадис илмида ёзган асарлари: “Минҳату-л-борий фи жамъи ривояти саҳиҳил Бухорий”.17. “Тартиб муснад имом Абу Ҳанифа”. 18. “Ал-мавоҳибул латифа фи шарҳи муснади Аби Ҳанифа”. 19. “Тартибу муснад Имом Шофеъий”. 20. “Муътамадул алмаъий муҳаззаб фи ҳалли муснадил имом Шофеъий мураттаб”. 21. “Шарҳ тайсирил вусул”. 22. “Шарҳу Булуғи-л-маром”. 23. “Кашфул либас амма роваҳу ибн Аббос мушофаҳатан ан саййидин нас”. 24. “Ийжозу-л-алфоз лиъионати-л-ҳуффоз”. 25. “Сулофатул алфоз фи масоликил ҳуффоз”.27. “Мажолисул аброр” Мусталаҳул ҳадис илмида ёзган асарлар: “Шарҳу алфияти-с-Суютий фил мусталаҳ”. 29. “Ҳасруш шорид мин асониди Муҳаммад Обид”. 30. “Ровзун нозирин фи ахборис солиҳин” Граматика илмида ёзган асарлар: “Маноҳижус сарфиййин” Тиб илмида ёзган асарлар: “Факкул миҳна бимуолажатил ҳуқна”. 33. “Нофеул холқ фит тибб” Тафсир илмида ёзган асари: “Шарҳу ала тафсирил Байзовий” Аллома бу китобни ниҳоясига етказмай вафот қилган[1]. Юқорида санаб ўтилган китобларнинг аксари қўлёзма ҳолда дунё кутубхоналарида сақланмоқда. Бу китобларнинг баъзилари бир неча томли китоб бўлса, баъзиси рисола ҳажмидаги кичик китоб. Лекин рисола шаклида ёзган кичик китоблари ҳам, ўз ичида катта маъно ва мазмунни жамлаган, келажакда катта шарҳ қилинадиган манфаатли асарлардир. Синдийнинг ёзган асарлари ва китоб ёзишда танлаган мавзулари алломанинг нақадар етук олим эканини кўрсатиб турибди. Муҳаммад Обид Синдийнинг ҳаётига эътибор берилса, аллома умрининг кўп қисмини илм олиш учун сафар қилиш, юрт кезиш билан ўтказган. Туғулган юртидан ёшлигида чиқиб кетиб, Макка, Мадина, Яман ва Мисрда бўлиб ўз даврининг етук олимларидан таҳсил олган. Илм олиш йўлидаги кўплаб машаққат ва озорларга сабр қилган. Барча илмларда етукликка эришгач, деярли барча соҳада китоб ёзган. Лекин ёзган китобларининг катта қисми ҳадис ва фиқҳ фанига тегишли. Бу шуни билдирадики, аллома бу икки соҳада етук олим бўлган[2]. Икки илм яъни фиқҳ ва ҳадис илмини жамлаганини инобатга олса, нафақат мутааххир, балки мутақаддим олимларда ҳам бундай ҳолатни камдан-кам кўрилади. Чунки, бу икки илм алоҳида йўналиш бўлиб, биттасини тўлиқ ўрганиш ва етук мутахасиси бўлиш учун баъзан битта инсоннинг ҳаёти етмайди. Шу жиҳатни инобатга олинса, Муҳаммад Обид Синдий ўз даврининг имоми ва уламолар раиси бўлиши тасодиф...