Sirojiddin O’shiyning to’liq ismi Abu Muhammad yoki Abulhasan Ali ibnUsmon bo’lib, laqabi Sirojiddindir.Manbalarda O’shiy nisbasi bilan birgalikda Farg’oniy, Taymiy, Shahdiy, Hanafiy va al Moturdiy nisbalar bilan tilga olingan. Olimning O’sh shahrida tug’ilgani va u yerda yashab ijod qilgani bois O’shiy nisbasi berilgan. Manbalarda Ali ibn Usmon O’shiyning tug’ilgan sanasi bilan bog’liq malumotlar uchramaydi...- Toshkent islom instituti Abdurazzoqxo`jaev Mashrabjon
Go’rkov shunday hikoya qiladi: kechadagidek yodimda. zudlik bilan peshinga qadar lahad qazishim buyurtmasi kelib tushdi. Soat chamasi 11:00 edi. Ko’p iltimos qilganlari va yosh navqiron yigit to’satdan o’lib qolganini aytganlari uchun rad eta olmadim. Ketmonni yerga urarkanman huddi saryog’dek tuproq o’yilayotganini ko’rib hayratlandim, g’ayratim kelib yarim soatda joyni tayyor qilgan edim. Bir muddat o’tmay lahadda yer yorilib Jannat bog’ini ko’rdim. Hushimdan ketibman, ustimda o’g’lim bir kosa suv bilan meni o’zimga keltirayotgan ekan. Ko’mdik...- Toshkent islom instituti Yashnarova.M
Inson hayoti davomida jamiyat bilan yashar ekan, albatta qalbida kimgadir moyillik va taskinlik his qilib intilishi bor. Ana shu intilish Alloh belgilagan chegaralar bilan bo’lsa va haqiqiy Muhabbatga loyiq Zotni sevishga intiqlik bo’lsa inson sakinat, halovat va iymoniy quvvat topadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni sevish va Uzotga yaqin bo’lish yo’llarini Ulamolar doim izlashgan va Allohning tavfiqi bilan bizga buning sababiyatlarini ham yozib ketishgan. Quyida Oshiqlik va Rasululloh sollalohu alayhi vasallamga yaqin bo’lishga dalolat qiluvchi sabablardan ba’zilarini keltirib o’tamiz...- Tahfizul Qur'on kafedrasi oʻqituvchisi Zafar qori Mahmudov
Салмон Форсий розияллоҳу анҳу мажусийликдан ҳақиқий динни қидириб исломга кирган саҳобийдир. Абу Абдуллоҳ Салмон Форсий асли Исфахонлик бўлган. Ҳақ йўлни қидириб, юртидан чиқиб то Мадинагача келган ва Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам қўлларида мусулмон бўлган. Шунинг учун “Ҳақиқат изловчи” деб лақаб олган...- Тошкент ислом институти талабаси З.Файзиева
Банда Аллоҳга Унинг зикри билан яқинлашади. Шайтон эса бизни бу яқинликдан ҳар турли усулда тўсишга уринади. Инсон Аллоҳга яқин солиҳ банда бўлишни хоҳласада, шайтонга алданиб қолади. Қуръон ўқимоқчисиз, лекин телефонингизга хабар келди. Хабар муҳим эмас, лекин сиз у билан овора бўлиб қолдингиз. Бу каби мисоллар ҳар куни ҳаётимизда содир бўлади. Шайтон васвасасига алданиб қолмаслигимиз учун биз Роббимиз буюрганидек иш тутишимиз, яъни намоз ила ўзидан ёрдам сўрашимиз, бизни бир дақиқага ҳам ўз ҳолимизга ташлаб қўймаслигини сўрашимиз керак...- ТИИ талабаси Баракаева Моҳибону