Yoshlik chog’ida Halimiyning otasi uni zamonasining yirik ilm-fan markazlaridan biri bo’lgan Buxoroga olib keladi. O’sha paytda, Buxoro shahri insonlarni o’ziga rom etadigan go’zal tabiati va manzarasi bilan ajralib turardi. Bundan tashqari ko’plab olimlar va adabiyot ahillari, faylasuf va kalomchilar, muhaddis va faqihlarni o’zida jamlagandi... - TII 4-kurs talabasi Luqmonjonov Absulbosit
Кўпчилик одамлар ўлим хабарини эшитган пайтда мусулмон кишига хос бўлган одобни ҳам билмаслиги ачинарлидир. Узоқ вақт касал бўлиб ёки қийналиб дунёдан ўтган кишини эшититганда, баъзилар унга муносабат билдириб “ташвишдан, қийинчиликдан қутулибди”, деган сўзларни ҳам ишлатмоқдалар... - ТИИ Модуль таълим тизими талабаси масжиди имом хатиби Ш.Исроилов
Zamonaviy dunyoda telefondan foydalanib, soniyalar ichida millionlab pullarni bir manzildan ikkinchisiga ko‘chirish mumkin. Asrlar davomida esa insoniyat tasavvurida pul – metall tangalardan iborat bo‘lib kelgan. Pul insoniyat tarixi 3-ming yilligining ajralmas bo‘lagi sanaladi. U ixtiro qilinishidan oldin esa odamlar o‘zaro ayirboshlash munosabatidan foydalanishgan... - TII 4-kurs talabasi Zikiryoyev Hojimurod
“Ushr” so‘zi tilimizga arabcha “عشر” (u’shr) so‘zidan kirib kelgan va lug‘atda “o‘ndan bir, 1/10” degan ma’noni anglatadi”. Vaqt o‘tishi bilan bu so‘z fiqhda yer zakotiga oid maxsus atama bo‘lib qoldi. Ziroat mahsulotlarining zakotini “ushr” deb atash, ushbu hadisga asoslanadi: “Yomg‘ir suvi va daryo suvi bilan sug‘oriladigan tuproq ekinlariga “Ushr", ya’ni o‘ndan bir, chelak bilan sug‘oriladigan tuproq ekinlari uchun esa “nisfu’l-ushr”, ya’ni “zakotning yigirmadan bir qismi beriladi”, degan hadisning ichidagi “ushr” so‘zi o‘sha ma’noni beradi...- Toshkent islom instituti talabasi Ergashev Oybek
Abu Hanifa Kufada hijriy 80-yilda tug‘ilganlar. Aksar ulamolarning ta’kidlashlaricha u zot va oilalari arab emasligi aniq. Ota bobolari eronlik yoki, turk bo‘lganligi haqida turli xil qarashlar mavjud...-Toshkent islom instituti 401-guruh talabasi Erkaboyev Sobitxon