Abu Abdulloh Rudakiy (taxminan 850-941) – fors shoiri boʻlib, fors sheʼriyati asoschilaridan biri boʻlgan. Bu zot fors tilida she’r yozgan yetakchi shoirlardan biri deb hisoblanadi. U nasr va nazmda yangi yoʻnalishni birinchi boʻlib boshlab bergan, rivojlantirgan shoirdir. Bu zotning sheʼrlari gʻazal, ruboiy, qasida, madhiya, marsiya, pandu-hikmat, hasbi hol (ahvol bayoni), mazammat (birovni haq-nohaq yomonlab aytilgan gap, malomat, ta’na), hajv hamda chistoy janrlarida yozilgan. - “Tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Faxriddin YERNAZAROV