Umar Xayyom haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz? Umar Xayyom (18-may 1048 yil - 4-dekabr 1131 yil) - mashhur fors olimi, shoir, matematik, astronom, fizik, tabib va faylasuf bo‘lgan. Umar Xayyom Isfaxon rasadxonasi ishlariga rahbarlik qilib, matematika, astronomiya sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan. Uning matematika, falakiyotshunoslik, falsafaga oid bir qancha asarlari va kashfiyotlari ma’lum. Umar Xayyom ilmiy asosda yulduz va sayyoralar harakatini o‘rganib, yulduzlar jadvali (zij), 1079-yilda yangi isloh qilingan taqvim (kalendar) tuzgan. Bu taqvim Yevropada undan 500 yil keyin joriy qilingan Grigoriy taqvimidan ham aniqroq boʻlgan. - “Tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Faxriddin YERNAZAROV