O‘zbek xalqi tarixida shunday buyuk shaxslar borki, ularning nomi nafaqat bir xalq yoki bir hudud bilan, balki butun jahon sivilizatsiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ana shunday ulug‘ siymolardan biri — Zahiriddin Muhammad Boburdir. Bobur shaxsi o‘zida bir necha fazilatlarni mujassam etgan noyob tarixiy hodisadir: u zabardast sarkarda, dono davlat arbobi, nozik didli shoir, iste’dodli yozuvchi, tarixchi va geograf olim sifatida mashhurdir. Uning hayoti tinimsiz kurashlar, siyosiy to‘qnashuvlar, g‘alaba va mag‘lubiyatlar, hijrat va safarlardan iborat bo‘lsa-da, u har qanday vaziyatda ham ilm va ijodni tark etmagan. - Toshkent islom instituti talabasi Komiljon ABDUJALILIY