islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Fevral 16, 2026

Day

Shoh qalbidagi sog‘inch dostoni

Zahiriddin Muhammad Boburning lirik merosi — bu shunchaki she’riy to‘plam emas, balki buyuk bir hukmdorning musofirlikda chekkan ruhiy iztiroblari, vatan ishqida yongan qalbining chin dostonidir. Uning ijodida vatan sog‘inchi va g‘urbat mavzusi bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, bu tuyg‘ular shoir hayotining so‘nggi damigacha unga hamroh bo‘lgan. ​Zahiriddin Muhammad Bobur dunyo tarixida ham shohlik, ham shoirlik rutbasini birdek yuksak darajaga ko‘targan nodir shaxslardan biridir. Biroq uning taqdiri ziddiyatlarga boy: u Hindistonda ulkan saltanat barpo etdi, mislsiz boylikka ega bo‘ldi, ammo ko‘ngli hamisha ona yurti — Movarounnahr sori talpindi. Bobur ijodidagi vatan mavzusi uning shaxsiy fojeasi va ruhiy qiyofasining eng yorqin ko‘zgusidir. - Toshkent islom instituti talabasi Biloliddin IBROHIMJONOV